O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Biznes va tadbirkorlik” kafedrasi


VII BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA



Yüklə 2,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#165338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
makroiqtisodiyot

VII BOB. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA 
MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 
 
7.1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar 
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning 
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. 
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab 
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning 
o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. 
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar 
miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy 
zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va 
investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi 
dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. 
Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan 
o’zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib 
kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi : E=S+ I +G+Xn ko’rinishiga ega. 
Dekmak uning grafigi iste’mol funktsiyasi (S= a+b x (U-T) ) grafigiga nisbatan
I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo’lib, 
uning funktsiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega:
Xn = g – m’Y 
Bu erda :g – avtonom sof eksport; 
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. 
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini 
bunga sabab bo’lgan daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY 


72 
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o’zgarishi; 
ΔY - daromadlarning o’zgarishi. 
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda 
iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan 
xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu 
mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki 
tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq 
bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan 
sof eksport (Xn) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus 
ishorasi bilan belgilanadi. 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini 
soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga 
bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar 
miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng 
deb olinadi. 

Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin