66
Shunday qilib, iste’molga chekli moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa,
jamg’armaga chekli moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki
iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va
jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient
ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MRS + MRS =100% yoki 1.
MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga
uchraydilar.
6.4. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
YaIMning ikkinchi komponenti bo’lgan investitsiyalarga to’xtalib o’tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu,
hali buyumlashmagan, lekin
ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga
ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan
aktivlar
hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish,
uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib
olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan
xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar
ham kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch
turga bo’linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga
investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz narxi ortib, ular
ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi.
67
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar
hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
I = e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya
xarajatlarining maksimal
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er,
foydali qazilma
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga
ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga
teng foiz stavkasi bilan
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi
R
I
0 e I
Dostları ilə paylaş: