70
8. Investitsiyalarga ta’sir etuvchi omillarni tushuntiring?
9. Investitsiya grafigi qanday ko’rinishga ega bo’laldi?
10.Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalar o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
Mavzuga oid masalalar
1.Faraz qilaylik iqtisodiyotda iste’mol quyidagi tenglama bilan berilgan
S=55+0.73Ud
Bu erda daromad (Ud
) 500 mlrd. so’mga teng.
Ushbu shartlar asosida iste’mol va jamg’armaga bo’lgan
chegaraviy
moyillikni, iste’mol va jamg’arma miqdorlarini, iste’mol va jamg’armaga bo’lgan
o’rtacha moyillikni aniqlang.
* * *
2. Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalangan
iste’mol xarajatlari (S)=2300
investitsiya xarajatlari (I)=700
davlat xarajatlari (G)=800
davlat transfertlari (TR)=100
davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash (N)=100
soliqlar (T)=800
Xususiy va davlat jamg’armalarini aniqlang.
* * *
3.Davlat xaridlari G = 50, transfert to’lovlari TR = 10, davlat qarzi bo’yicha
foiz stavkasi R =10% (davlat qarzi D = 20), soliq tushumlari T = 40. Byudjet
kamomadi mavjudmi, yo’qmi?