45
V BOB. YALPI TALAB - YALPI TAKLIF MODELI
5.1. Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga
narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni
tadqiq qilish, nima
uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi
davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-
AS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish
uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa
bir qancha modellar AD-AS
modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo’jaliklari,
korxonalar, xukumat va chet ellik
xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda
ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar
yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni
quyidagicha tasvirlash
mumkin:
AD =S+I+G+X
n
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi
bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma
ko’rinishida tasvirlash mumkin (5- chizma). 5- chizmadan ko’rinib turibdiki, talab
egri chizig’i doimo pastga va o’ngga suriladi. Nima uchun?