42
inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish
keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib
daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan
holda eski
pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli,u qisqa
muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya siyosatining yana
bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (
graduallash ) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p
marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini
pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani
asta sekinlik bilan
pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish
sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan
variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul
daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishini muvofiqlashtirishni ( adaptiv
siyosat) ko’zda tutadi.
Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish
hukumat
tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul
ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga
bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.
Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’ri
soliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq
stavkalarini
pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish,
davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash
tadbirlari hisoblanadi.
43
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu
turini tanlash inflyatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bog’liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni
ta’minlashi kerak:
-
samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
-
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini;
-
“inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik.
Dostları ilə paylaş: