O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


-rasm. Aktiv S va Dning turli xil ulushlaridan tashkil topgan sarmoyalar uchun kutilgan qaytim va standart og’ish



Yüklə 4,09 Mb.
səhifə133/146
tarix16.12.2023
ölçüsü4,09 Mb.
#183563
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146
“Moliya” kafedrasi

20.2-rasm. Aktiv S va Dning turli xil ulushlaridan tashkil topgan sarmoyalar uchun kutilgan qaytim va standart og’ish




Amalga oshirish mumkin bo‘lgan va samarali investitsiyalar. Amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiya berilgan aktivlar orqali investor tuza olaydigan investitsiyadir. 20.2-rasmda berilgan investitsiyalarni hammasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalardir. Ushbu investitsiyalar kollektsiyasi amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar kolleksiyasi deyiladi. Faqatgina ikkita aktivdan tashkil topgan investitsiyada ham amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimi grafigi egri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi va u turli xil kutilgan qaytim va standart og‘ish kombinatsiyalarini ko‘rsatadi ikkita aktivlar uchun. 20.2-rasmda biz aktiv C va D uchun amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimini ko‘rsatdik.
Amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyaga solishtirganda, samarali investitsiya bu o‘sha amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar tizimidagi risk ko‘rsatkichida eng katta kutilgan qaytilga ega investitsiyadir. Samarali investitsiya kam-tafovutli investitsiya ham deyiladi. Har bir risk darajasida samarali investitsiya mavjud. Samarali investitsiyalar kolleksiyasi samarali tizim deyiladi.

20.3-rasm. Investitsiya samarasi
Yuqoridagi rasmda biz amalga oshirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar ichidan samaralilarini ko‘rsatdik.C va D aktivlarining kombinatsiyalaridan tashkil topgan risk-qaytim tizimidagi samarali investitsiya 3-5 qismlarda ko‘rinadi. Ushbu investitsiyalar berilgan risk darajasida kattaroq kutilgan qaytimni beradi. E’tibor bering 1-2 lar samarali investitsiyalar tizimiga kiritlmadi. CHunki hattoki 3da ham ikkisidan ham ko‘p kutilgan qaytim va kam risk mavjud.
Biz ko‘rishimiz mumkinki 4-investitsiyada 1-dan ko‘ra kattaroq kutilgan qaytim va kamroq risk mavjud. Aniqki, egri chiziqning butun 1-3 qismi samarali emas. Barcha berilgan investitsiyalar kombinatsiyalarida 3-5 risk-qaytim tizimida kattaroq qaytim va teng risk, yoki teng qaytim kamroq risk kuzatildi, yoki ikkisi ham. Ba’zi investitsiyada risk kamroq yoki qaytim kattaroq, shuning uchun 3-5 investitsiyalar samaralidir va ular 1-2 ni birorta qiymat bo‘yicha kattalgidan foydaliroq. Masalan, 4-investitsiya 1-investitsiyadan va 3-investitsiya 1 va 2 investitsiyaning ikkisidan ham foydaliroq.
20.4-rasmda 2tadan ko‘p bo‘lgan aktivlardan tashkil topgan amalga oshirsa bo‘laydigan va samarali investitsiyalar tizimini keltirib o‘tdik. Bunda, amalga oshirsa bo‘laydigan investitsiya tizimi egri chiziq emas, balkim yuzadir. CHunki 2ta aktivli investitsiya tizimidan farqli o‘laroq, ko‘p aktivli investitsiya tizimida risk- qaytim tizimini bir necha egri chiziqdan ko‘ra bitta belgilangan yuzada tasvirlasa bo‘ladi. SHunga qaramasdan, samarali investitsiya tizimi II va III egri chiziqlarda berilgan. Ushbu rasmdan belgilangan yuzadagi investitsiya tizimidan ko‘ra samarali investitsiya tizimini ustunligini ko‘rish juda oson.


Yüklə 4,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin