Sinflar nazariyasi.
F.Kene o’zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch
sinfga ajratib ko’rsatib beradi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli
sinf - bu qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan
barcha kishilar, dehqon va
fermerlar ham kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. «Unumsiz» sinf - bular
xunarmandlar, ishchilar,
savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya’ni dehqonchilikdan
boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta’minlaydilar, o’z
iste’moliga qanchalik mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular
jamiyat uchun foydali, ammo o’zining ham, jamiyatning
ham boyligini
ko’paytirmaydi, shu ma’noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi er egalari, unga qirol va
ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z
paytida erlarni o’zlashtirgan, erning unumdorligini oshirgan.
Mulkdorlar tomonidan
olinadigan daromad - bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in’om. Albatta,
jamiyatning sinflarga bunday bo’linishi noto’g’ridir. A.Smit fiziokratlarning bu
boradagi ko’z qarashini kinoyali ravishda shunday deydi: agar ularning mantig’iga
amal kilsak, unda faqat ikki farzand ko’radigan har qanday nikohni unumsiz deb tan
olish kerak bo’ladi.
57
Kapital nazariyasi.
Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to’g’risidagi birinchi chuqur nazariy
tushunchani F.Kene ilgari surdi. Merkantilistlar kapitalni
pul bilan bir narsa deb
hisoblagan bo’lsalar, F.Kene fikriga ko’ra «pul unumsiz boylik bo’lib, u hech narsa
ishlab chiqarmaydi». Uning atamasi bo’yicha qishloq xo’jaligi qurollari, qurilishlari,
mollari, hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab
chiqarish tsikllarida
foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (Hozirgi zamon
atamasi bo’yicha - asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish tsiklida ishlatiladigan urug’lik,
em-xashak, ishchilarning mehnat haqi va boshqalarni u «har yillik avanslar»ga kiritdi
(Hozirgi zamon atamasi buyicha - aylanma kapital). Ammo F.Kenening xizmati faqat
kapitalni ishlab chiqarishdagi roliga qarab uni asosiy
va aylanma kapitallarga
bo’lishdangina iborat emas. Undan tashqari, u aylanma kapital bilan birga asosiy
kapital ham xarakatda bo’lishini ishonarli qilib isbotlab berdi.
Dostları ilə paylaş: