O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə34/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

Ish haqi nazariyasi. 

Xuddi fiziokratlarga o’xshab, A.Tyurgoning tasdiqlashicha, dehqon barcha


ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi; u o’z erida barcha
hunarmandlarning ish haqini yaratadi. Ish haqiga nisbatan ko’proq ishlab chiqaruvchi
yagona mehnat - bu dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda,
millatning boyligi deb, eng avvalo, erni va undan olinadigan «sof daromadni»
hisobladi.
60 


A.Tyurgo ish haqini, F.Kene kabi, yashash vositalari minimumiga bog’lab


tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda ish haqining yashash vositalari
minimumiga kelib taqalish mexanizmini ochib bermoqchi bo’ldi. Ish haqini
ishchining hag’ti uchun zarur bo’lgan yashash vositalari minimumi darajasiga
pasaytiruvchi bunday mexanizm, uning fikricha, mehnatga bo’lgan talabning mehnat
taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o’rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi
hisoblanadi.

Sinflar nazariyasi. 

A.Tyurgo F.Kenega o’xshab, jamiyatni uch sinfga ajaratadi: unumli sinf


(qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan kishilar); unumsiz sinf (sanoat
va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va xizmat ko’rsatish sohasida band
bo’lgan kishilar); er egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar g’ki ish
bilan band bo’lganlar» deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki razryadga
bo’lib ko’rsatadi, ya’ni avans beruvchi tadbirkorlar g’ki kapitalistlar va ish haqi
oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga, olimning tasdiqlashicha, aynan unumsiz sinf
«ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o’z ichiga oladi.

Qiymat, pul va foiz nazariyalari. 

A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil kildi. Uning bu sohadagi fikrlari o’ziga


xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo
tovarning almashuv qiymati va bahosi sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi
bilan aniqlanishi to’g’risidagi g’oyani, ya’ni foydalilik g’oyasini ilgari surdi.
Keyinchalik bu g’oya zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy rol
o’ynadi.
A.Tyurgo pulni o’z mohiyatiga ko’ra tovarlar dung’sidagi bir tovar sifatida
ta’riflab, ayniqsa «oltin va kumushni, boshqa har qanday materialga nisbatan moneta
(tanga) xizmatini o’tashga yaroqli», deb hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo’lib
yaralgan, uning ustiga har qanday kelishuv va qonunlardan qat’iy nazar hamma
uchun umumiy moneta bo’lib qoladi. Uning fikricha pul, ya’ni oltin va
kumushning bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o’zgarib turiladi, balki
bir-biriga bo’lgan nisbati, kam g’ki ko’pligiga qarab ham o’zgarib turadi. A.Tyurgo
qog’oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning miqdoriga mos
kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari to’g’risidagi qoidani
dalillar bilan isbotlab berdi.
A.Tyurgo iqtisodig’tda protektsionizm sig’satining salbiy tomonini ko’rsatib
berdi. Uning fikricha «olish va sotishdagi umumiy erkinlik, bir tomondan, sotuvchiga
ishlab chiqarishni rag’batlantiruvchi narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi
tovarni eng past bahoda sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan pulni o’simi
bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan nasixatgo’ylar bid’atlarini qoraladi.
Uning ta’kidlashicha, qarz beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli
61 


uchun olishi mumkin bo’lgan daromadni yo’qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni


samarali ishlatib ancha foyda ko’rishi mumkin. Ko’rinib turibdiki qarz beruvchi qarz
oluvchiga ozor etkazag’tgani yo’q, aksincha birinchisining pulidan ikkinchisi foyda
ko’rayapti. Ana shu foyda qarz oluvchini foiz to’lash sharti bilan qarz olishga
undovchi asosiy kuch hisoblanadi. U foizni foydadan to’laydi. Demak, A.Tyurgoning
fikriga ko’ra, bunday «kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham
manfaatdor. Joriy foizga kelsak, A.Tyurgo bo’yicha, u bozorda kapitalning ko’p g’ki
kamligini ko’rsatuvchi termometr vazifasini o’taydi, xususan foizning past bo’lishi -
bu kapital ko’pligi natijasidir.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin