O’rganish metodi.
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining metodologik maslagi (platformasi) ni uning
tomonidan ishlab chiqilgan tabiiy tartib to’g’risidagi kontseptsiya tashkil etadi.
Uningcha, mazkur kontseptsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy
manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni
to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning jismoniy va ma’naviy
qonunlari
hisoblanadi. Tabiiy tartib tabiatda, tirik organizmda, hayvonot dung’sida mavjud
bo’lgan tabiiy qonunlar bilan boshqarilib turiladi. F.Kenening g’zishicha,
tabiiy
tartibning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy
manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan
sharoitda bo’ladi. Ana shunda dung’ o’z-o’zidan harakatlanadi.
Shu bilan birga
F.Kene ogohlantirib o’tadi: «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan g’ki yirik er egalari
vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan
ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi,
millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib
chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan beboshlikni keltirib
chiqarishi mumkin». U, yuqori davlat hokimiyati tabiiy tartib qonunlarini yaxshi
biladigan, o’qimishli bir shaxs ko’lida bo’lishini maqsadga muvofiq deb hisoblagan.
Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot.
F.Kenening nazariy merosida uning sof mahsulot (xozir uni milliy daromad
deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning fikriga ko’ra, sof
mahsulotning manbai er va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band
bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof mahsulot)
ko’payishi ishlab chiqarish jarag’ni bilan bog’liq bo’lgan «er in’omidir». Shu boisdan
davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’jaligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik
qilishi kerak. F.Kene «Dehqonlar kambag’al bo’lsa qirollik kambag’al bo’ladi,
qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi» deb,
hukumatni ishontirishga
harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogar va xunarmandlar
qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va
o’zgartirish bilan shug’ullanadi. Shuning uchun savdo va sanoat «unumsiz»
hisoblanadi. U erdagi tovarning o’sgan qiymati
faqatgina savdo va sanoat
xarajatlarini qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda
ko’paymaydi. Keyinchalik A.Smit fiziokratlarning sanoatning «unumsizligi»
to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham boylik yaratilishini ko’rsatib
beradi.
F.Kene merkantilistlarning boylik savdoda yaratiladi degan tezisini tanqid
qildi.
Uning tasdiqlashicha, muomalada tovarlarning ayirboshlanishi ekvivalentli
bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda
qiymatning hech qanday o’sishi sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik
hisoblagan, unga faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan.
Shunga muvofiq,
uningcha, davlatning boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishining rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: