Boylik va pul nazariyalari.
Merkantilistlardan farqli ravishda, U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli
metall va toshlar hamda pul boylik hisoblanadi,
balki mamlakatning eri, uylar,
kemalar, tovarlar va xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha
o’z fikrini rivojlantirib bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat boylikning otasi, er
esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o’rniga pul
jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi etmagan o’g’rilarni» esa
«qullikka»
mahkum etishni, ishlashga majbur qilishni tavsiya etadi. Bu
merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik, eng avvalo,
mehnat bilan yaratilishini
bildiradi, ya’ni xo’jalik hag’tidagi pulning «asosiy» rolini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib chetga pul chiqarishni ta’qiqlash bema’ni narsa
ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday hatti-harakati, uning fikri buyicha,
mamlakatga chetdan tovar keltirishni man etish bilan bir narsadir. U.Petti
bu fikrlari
bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatdi va muomala
uchun zarur bo’lgan pul miqdori to’g’risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish
etdi. Ammo shu bilan birga uning iqtisodig’tdagi pulning
rolini yuzaki tushunganligi
aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi haqiqatdan ham «pul o’z-
o’zidan boylik mazmunini anglatmasligini» ko’rsatdi, ikkinchi tomondan esa -
U.Petti va undan keyingi boshqa klassik
iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning muomala
vositasi sifatidagi
roliga qaratgan holda, tovar va pul bozorlari o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash vositasi sifatidagi
funktsiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan birga,
U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. Masalan,
u savdo va
savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi ishtirokini inkor etdi va hatto
savdogarlar sonini ancha kamaytirishni qattiq turib ma’qulladi. U.Petti savdogarlarni
davlatning «qonini» taqsimlash bilan shug’ullanuvchi «o’yinchilar»ga o’xshatadi. U
«qon» deganda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: