operatsiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini
beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan
bir xil bo’lgan emas.
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul
muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo’lsada
milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar.
Bundan
tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan; «ixtiyoriy
ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltirib chiqaruvchi yoki
«yalqovlik», yoki «axloqiy buzuqlik» hisoblangan.
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining o’ziga xos
xususiyatlarini keltirib chiqardi, ayniqsa uning o’rnini klassik siyosiy iqtisod olgan
rivojlangan
Evropa mamlakatlarida, eng avvalo, Angliya va Frantsiyada.
Xususan, Frantsiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol
protektsionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura
tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga
don chiqarishni
man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer
xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Frantsiya ichki
bozori, uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan, «torligi»
oqibatda aynan shu
vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada frantsuz merkantilizmi kolbertizm deb atala
boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos frantsuz maktabi esa
fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi.
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki,
Frantsiyaga nisbatan
ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning
protektsionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda Ost-Indiya kompaniyasi
rahbarlaridan biri – Tomas Men nomi bilan bog’lab tushuntiriladi.
Shu narsa ham
ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida
eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus,
J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX
asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim antimerkantilistik
chora
tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira
boshladi.
Dostları ilə paylaş: