3-MAVZU. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI.
Reja:
1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy – iqtisodiy asoslari – birinchi
iqtisodiy maktab ekanligi.
2. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mazmuni.
3. Iqtisodiy g’oyalarining rivojlanishida merkantilizmning roli.
Muammoli savollar:
Natural xo’jalik munosabatlarining siqib chiqarilishining asl sababi nimadag’
Bozor iqtisodiyotiga bo’lgan birinchi ilmiy qarash tizimi nima deb ataladig’ Boylik
manbai muomala deb talqin qilish sababi nimadag’ Merkantilizm ta’limotidan
hozirigi davrda foydalanish mumkinmig’ Pul balansi bilan savdo balansining farqi
nimadag’
1. Merkantilizmning nazariy va metodologik xususiyatlari
Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan
siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi.
Bu davr iqtisodiy adabiyotda odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm
(italiyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan - savdogar ma’nosini anglatadi), bu
bozor (kapitalistik) iqtisodiyotga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir.
Merkantilizm tarafdorlari boylikning kelib chiqish manbai savdoda,
mamlakatning boyligi to’plangan pul bilan o’lchanadi degan fikrni ilgari suradilar.
Merkantilizmni ikki oqimga: dastlabki va so’nggi merkantilizmga ajratiladi.
Dastlabki merkantilizm vakillari davlatning kuch-qudrati pulda, shunga qarab
a.olining turmush tarzi shakllanadi deb ko’rsatishadi. Demak, pulni qonuniy yo’l
bilan ko’paytirish kerak. Davlat esa qimmatbaho metallarni chetga chiqarmaslikka,
importni cheklashga harakat qilishi, chetdan pul kirib kelishini rag’batlantirish kerak
degan g’oyani ilgari suradilar, so’nggi merkantilistlar esa aktiv savdo balansiga
erishish, ya’ni ko’proq sotib, olishni targ’ib etadilar. Bu
oqimning namoyandalari Vil
Staffird, Tomos Men, Antuan Minkreten, Jon Lou, Gaspor Skaruffi va boshqalarning
nomlari tarixda qolgan.
1
Merkantilizm eng avvalo davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning
amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining
maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas,
balki hukumatga amaliy
maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini
qo’llab quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
1
D.Tojiboeva, Iqtisodiyot nazariyasi. T., «O’qituvchi» nashriyoti, 2002. 9-10 betlar.
39
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash printsiplari quyidagilar bilan
xarakterlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni
tartiblash; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish;
import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash;
eksportni,
ayniqsa tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini
ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi
aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, halq
farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb
kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV
asrga kelib vaziyat keskin
o’zgardi. Avvalo natural-xo’jalik tuzumining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining
o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa yangi erlarning ochilishi, buyuk
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi
navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Noekvivalent savdo tufayli
metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib
jamiyatning boyishida savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantilizm
qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga
muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-
quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek «qo’shningni quritsang»
go’yoki millat boy bo’ladi kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantilizm
bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy
tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy – metodologik xususiyatlarga ega.
Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantilistlar:
- tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala
sohasini tekshirishni afzal
ko’rdilar, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda;
- tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi
ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini
sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan
ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar;
- pulning paydo bo’lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar,
pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar;
- pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy
xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog’lab talqin qildilar;
- mehnat taklifining oshishini
yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi
zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar;
- iqtisodiy o’sishni davlatning tashqi savdoni tartiblashi va savdo balansida ijobiy
saldoga erishish tufayli mamlakat pul boyligining ko’payishi natijasi sifatida
qaradilar.
Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy
adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivojlanishidagi ikki bosqich - dastlabki va
rivojlangan bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga
bo’linish dastlabki va keyingi merkantilistlarning aktiv
savdo balansiga erishish
yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: