Qiymat nazariyasi.
U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy ko’z qarashi nafaqat
boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda, balki tovarlar
qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi
omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu boradagi uning tadqiqotlari
keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga
sabab bo’ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi
klassik iqtisodiy
maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib
oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi» hisoblanadi; kumush
qiymatiga tenglashtiriligan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi»
hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er
ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi aytganidek «Kemaning g’ki
kamzul
(syurtuk)ning qiymati qandaydir er miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga
teng, chunki har ikkalasi - kema ham, kamzul ham - er va inson mehnati bilan
yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi asosida sarfli mexanizm
yotadi.
Daromadlar nazariyasi.
Ishchilarning, pul kapitali va er egalarining daromadlari to’g’risida U.Petti
aytib o’tgan qoidalar keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy
izlanishlari uchun asos bo’lib xizmat qildi. U.Petti ishchining
daromadi sifatidagi ish
haqini mehnatning bahosi deb hisobladi va uning darajasini ishchining yashashi
uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi. U.Petti har bir ishchi
«yashash, mehnat qilish va ko’payishi uchun» kerakli narsani olsa bas, degan
xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan isbotlab bermoqchi bo’ldi: agar ishchiga
ko’rsatilgan minimumdan ikki baravar ko’p haq to’lansa u chog’da, ishchi ikki marta
kamroq
ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy berilganini
bildiradi. U.Pettining ish haqi to’g’risidagi mazkur qoidasi «klassik maktabning»
ko’pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan
keyin, D.Rikardo va T.Maltus ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab,
uni ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumi
bilan bog’lab tushuntirganlar.
U.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab
chiqarishga ketgan xarajatlar o’rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikri bo’yicha
renta qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va er uchaskasining
bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz U.Pettining
birinchilardan bo’lib differentsial renta tushunchasini ilgari so’rganligini ko’ramiz.
U.Petti er bahosi muammosini juda qiziq va nog’b tarzda hal etishga o’ringan.
Lekin u bu muammoni to’g’ri echa olmadi. Uning fikricha erni sotib oluvchi har yili
renta olish huquqini qo’lga kirituvchi shaxsdir. Shuning
uchun erning bahosi bir
51
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy
jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik
rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun
U.Petti rentani 21 yilga ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki uning tasdiqlashicha
faqat uch avlod vakillari: buva (50 g’sh), ug’il (28 g’sh) va nevara (7 g’sh) -
birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shuning uchun muayyan er uchastkasining
qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi usha
uch avlod kishilarining
birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak. Shu sababli erning qiymati ham
taxminan shuncha miqdordagi bir yillik renta summasiga teng.
Shu bilan birga uning er bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali
bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy
fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib
o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida
ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini
ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori
ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er egasi o’z uchastkasini undan
olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u
o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi
bo’lgan kapitalistga birdaniga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi.
U.Petti birinchilardan bo’lib raqamlarni, hisob-kitoblarni, statistik
ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini (iqtisodiy statistikani u «Sig’siy
arifmetika» deb atagan) keng
qo’lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini
va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta
e’tibor beriladi. Unda o’z davri uchun ancha aniq bo’lgan mamlakat milliy
boyligining hisoblari mavjud edi. Bu erda U.Petti boylik tarkibiga ishchi kuchini ham
kiritgan. U jamiyatning har xil ixtisoslikka bo’lgan ehtig’jini, jumladan zarur bo’lgan
tibbig’t xodimlarining sonini hisoblab chiqdi. Ushbu hisoblar tufayli U.Petti
har xil
ixtisoslik bo’yicha ikkita Angliya universitetida nechta talaba ta’lim olishi kerakligini
aniqlab berdi. Uning tomonidan boylikning asosiy ko’rinishi pul degan g’oya ham
inkor etildi. U.Pettining hisobi bo’yicha Angliyada pul miqdori uning jami
boyligining 3% dan ortmaydi. Haqiqatda milliy boylikning asosi - bu mol-mulk (er,
uy, transport vositalari, chorva va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: