350
Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga
1970 – yillarda o‘sha paytlarda yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz
yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U boshqa hech
kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining
hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin
Records 1992–yilda Thorn-EMI kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga
sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan 200 dan
ortiq boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe, bu Buyuk
Britaniyadagi uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson
shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va xizmatlarni bog‘laydilar
(samolyotlar,
poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar,
musiqali yozuvlar, mobil telefonlar,
avtomobillar, vinolar, kitoblar,
hattoki, to‘y liboslari ham). Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham
yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori narxlardaligi,
sifatliligi, innovatsiyalari, a’lo
kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni
«ko‘zini o‘ynata olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun
bozorlarda qoniqarsiz talablarni, to‘lov qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va
uncha faol bo‘lmagan raqobat qidirmoqda. «Biz
ularni topganimizdan
keyin Virginga raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish
imkoniyatlari tug‘iladi. Biz xaridorlarga ishonch, innovatsiya va
do‘stona munosabatlar yetmagan joylarda ularni yetkazib beramiz», -
deydi R.Brenson.
1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda,
u shaxsan Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusini
kezib chiqar ekan,
hamma ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga ham
ulgurgan edi. 2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat
ko‘rsatishi e’lon qilindi. 2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi
bilan yuqori texnologik elektron qurilmalar seriyasi chiqarilishi
munosabati bilan R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi –
bu Nyu-
Yorkdagi tungi klublardan birining sahnasi edi. Yaqinda Virgin Volvo
bilan hamkorlikda tanlov e’lon qildi va uning bosh mukofoti
Brensonning yangi «Virgin Galactic» kosmik kemasida kosmik parvoz
bo‘ladi. Public Relations sohasidagi ushbu hamma faoliyat «Virgin»
brendini haqiqiy baholash, Missiya:
reklamaning maqsadi qanday; Pul: u
qanday pul mablag‘larini iste’mol qiladi (talab qiladi); xabar: qaysi
reklama xabarlarini xaridorgacha yetkazish kerak; Media: axborotlarni
tarqatishning qaysi vositalari harakatlantirilishi zarur; Baholash: reklama
natijalarini
qanday baholash zarur; kabi savollarg javob topadi.
Dostları ilə paylaş: