O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti


Mehnat ta`limi darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llanishi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

2. Mehnat ta`limi darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llanishi
Texnologiya ta`limi ko`rsatmalilik o`quv jarayonini tashkil qilish imkonini beradi, chunki mehnat ta`limining mazmuni texnik jarayonlar va ob`ektlar bilan boglikdir.
Xar bir darsda ko`rsatmalilikdan ob`ektlarning, jarayonlarining o`zidan, ularning modellari va shartli tasvirlaridan keng foydalaniladi. Masalan, mehnat operatsiyalarini o`rgatishda o`qituvchi o`quvchilarga materiallarga ishlov beradigan asboblarni tarqatadi va ularni bu asboblarni konstruktsiyasi bilan tanishtiradi. Bu xolda asbob tarqatma material bo`lib xizmat qiladi.
O`quvchilarga asbobning uzidan tashaqari uni modelini xam namoyish qilishi mumkin. Buning uchun parma, keskich, shtangentserqo`l’, mikrometr va boshqa kesuvchi xamda ulchovli asboblarning modellaridan keng foydalaniladi. mashinasozlik elementlarini urganishda qo`lda yasalgan modellarni qo`llash xam kifoya qiladi.
Maktablar uchun tipaviy o`quv ko’rsatmalari, qo`llanmalar va o`quv jihozlari ruyxatiga mahkamlash, zanjirli, chervyakli va tishli uzatmalar, qo`lachokli mexanizmlar, friktsion redukterlarning modellari kiradi. Xar bir maktab turli yog`ochlar, fanera, listli metall, simlar, sortli metallar kollektsiyalariga ega bulish lozim. Bu kollektsiyalarni o`quvchilar kuchi Bilan xam tashkil etish mumkin.
Namoyish qilish metodining xususiyati, ko`pincha o`quv materiallariga illyustratsiya sifatidagina emas, balki uni uzi bilim manbasi bulib, ko`p xollarda esa kunikma va malakalarni shakllantirish usuli bulib xizmat qiladi. Masalan, elektr dvigatel, jixozlar, asboblar va boshqa moslamalar bir vaqtning uzida xizmat qiladi.
Uchinchi xususiyati tasvirlash (texnologik karta va boshqalar) ning rolidan kelib chiqadi. O`qituvchi chizmalardan foydalanib o`quvchilarga grafik bilim va malakalarni egallab olishlarida yordam beradi.
Kursatmalilikdan foydalanish samaradorligini oshirishning muxim vositalaridan biri kinofil’mlarni namoyish qilishdir.
Masalan : quyish va bosim bilan ishlov berishni tushuntirishda plakatlar yordamida urganish o`quvchilarda tegishli jixozlar va texnologiya xaqida to`la tasavvur qila olmaydi. Hamma maktablarda quyuvchilik metallurgiya ishlab chiqarishga ekskursiya qilish imkoniga ega emas. Bunda kino yordam beradi.
Ustaxonadagi mehnat ta`limi mashg`ulotlarida qisqa metrajli (10-15 minutli) fil’mlar yoki ayrim parchalarni kursatish maqsadga muvofiqdir. Namoyish qilish o`qituvchining tushuntirishi, suxbati bilan qushib olib borilishi lozim.
Fil’mni namoyish qilishda quyidagilarga rioya qilish lozim:

  1. Kinofil’mni namoyish qilishdan oldin tushuntirish (idrok qilishga yo`naltirish). Agar fil’mda ancha qiyin masalalar ifodalansa, kadrlarda esa kichik detallar uchrasa, o`quvchilarni o`quv kinofil’mini masalan, metallarning tuzilishi va ularning qotishmalari xaqidagi fil’mni kurishga tayyorlash kerak.

  2. Fil’mda parcha kursatishning fil’mning va o`quv materialining mazmunini tushuntirish (suxbat) bilan olib borish, 10 minutli kino parcha namoyish qilishdan boshlanadi, sung plakat modeldan foydalanib o`qitishni davom ettiradi.

  3. Namoyish qilish tushuntirishlar bilan olib boriladi. Diktor teksti mavzuga xamma vaqt mos kelavermasligi mumkin, shunda fil’mni sharxlash zaruriyati tugiladi.

Texnologiya ko’nikma va malakalarning shakllantirishning didaktik asoslari:
Texnologiya ko’nikma va malakalarni shakllantirish, mehnat ta`limi metodikasida juda muxim urin tutadi. Uni asosiy insstruktaj va mashqlar tashkil qiladi.
Texnoloiya, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishning hozirgi qo`llanilayotgan metodikasi juda muxim urin tutadi. Unda o`qish jarayoni o`qituvchining mehnat usullarini namoyish etishi va o`quvchilarning unga taklid qilishi asosida tashkil topadi.
Ko’unikma va malakalarni shakllantirishda ilg`or tajribalar kuyidagi shartlarni e`tiborga olinishi nazarda tutiladi.

  1. Tekshirishning aniqligi, uning maqsadi va bajarish usullari ;

  2. O`quvchilarda zarur bilimlarni mavjud bulishi ;

  3. Ta`lim metodi va ularning shakllanayotgan kunikma va malakalarining xususiyatlariga mosligi ;

  4. Instruktajni moslash ;

  5. Mashqlarning etarli mikdorida bulishi ;

  6. O`quvchilarning faoliyatini uz vaqtida va ob`ektiv baxolash.

  7. O`quvchilar faoliyatining aktiv xarakterida.

Instruktaj va mashqlarga o`qitish metodlari sifatida quyiladigan xozirgi talablarni tug`ri tushuntirmoq uchun mehnat ta`limi jarayonida onglilik va aktivlik problemasi fiziologiya, psixologiya va pedagogikaning xozirgi yutuqlari asosida kurib chiqish zarur.
Texnologiya kunikma va malakalarni shakllantirish jarayonida o`quvchilarning ongliligi faoliyatining dastlabki asosida tayanadi. U esa o`z navbatida faoliyat tarziga, ya`ni faoliyati qanday va qaysi tartibda bajarish xaqidagi tasavvurga tayanadi.
Fiziologlarning ta`kidlashicha boshqa odamning xarakterini idrok qilish jarayonida sub`ektda obraz xosil bo`ladi, u taqlid qilib o`lchovli bulib xizmat qiladi. Bu obraz o`quvchilarning xarakterlarini belgilaydi. «O`lchov» bilan qilinayotgan xarakter aynan bir hil bulgunicha bu xarakterlarni «O`lchov»ga o`xshatish yo`naltiradi.
Pedagogik nuqtai nazardan ta`lim mehnat jarayonining boshqa jarayonlariga nisbatan afzalligi shundan iboratki, ular ko`p jixatdan ob`ektiv kuzatishga ega o`lchashga bo`ysinadi.
Kunikma va malakalarni shakllantirishda o`z-o`zini kontrol qilish muxim axamiyatga ega bulib ta`limda aloxida e`tibor beriladi.
O`z-o`zini kontrol qilishni samaradorligini oshirish va faoliyat obrazini ob`ektlashtiruvchi maxsus texnik vositalar yordamida erishiladi. Buning uchun turli trenajerlardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda mehnat ta`limida o`quv-texnik xujjatlardan foydalanishga xam katta axamiyat berilmokda. CHizma grafik instruktsiyalarning bir necha asosiy formalarini qo`llashning maqsadga muvofiqligi maxsus tekshirish amaliyotlarida isbotlangan.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin