O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

Kurs ishining maqsadi: O’quvchilarga “Egovlash va unin turlari”ni o’qitish metodikasi mavzusi bilan tanishishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi: O’quvchilarga “Egovlash va unin turlari”ni o’qitish metodikasini o’rganish va mavzuni o’qitish davomida pedagogik texnologiyalarni qo’llashni o’rganishdan iborat.
Kurs ishining tuzlishi: Kurs ishi kirish qismi, asosiy qism, 3 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar to’plamidan iborat.
II.Asosiy qism.
1. Texnologiya fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlardan biri bo’lib, fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beradi. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malaka va ko’nikma va malakalarni egallashlarini ta’minlaydi, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga tayyorlaydi.
Texnologiya ta’limining tarbiyaviy ahamiyati juda katta bo’lib, o’quvchilarda mehnatsevarlik, ma’suliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o’quvchilarning aqlie o’sishida eng muhim iroda va ahloqiy sifatlarnirig rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik tayyorlik, mehnat faoliyatining to’g’ri motivlari asosida tarbiyalaydi, shaxsning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo’lgan sifatlari shakllanashida yordam beradi. O’quvchilar o’rtasida yo’lga qo’yilgan o’zaro yordam esa, ularda do’stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi.
Metodika kursini o’rganish talabalarni kichik yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalashga doir masalalarni mustaqil va ongli hal etishga tayyorlash, shuningdek, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotni mustaqil o’rganishni davom ettirish uchun, yangi nashr etilgan metodik adabiyotlarni o’qish uchun, yozish tajribasini tarkibiy baholash va umumlashtirish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar bilan qurollantiradi.
Texnologiya ta’limi metodikasi kursini puxta o’zlashtirish nazariy materiallarni bilish bilan birga, talabalarning pedagogika amaliyoti davrida va Universitetni bitirgandan so’nggi ishlarda ko’nikma sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin