O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

Laboratoriya tajribalari
Laboratoriya tajribalarini o`quvchilar ustaxonalardagi mashg`ulotlarda ishlov beriladigan materiallar, asboblarning tuzilishi, jixozlar va boshqalar bilan tanishish maqsadida bajariladi. Bu tajribalarga laboratoriya ishlari formasida taxlil kilinadi.
Laboratoriya ishlarini qiyinligi o`quvchilar yoshiga va mavjud moddiy bazasiga qarab xar xil bo`ladi. Masalan: yog`ochni namlik va qattiqlikka sinash o`quvchilarning qo`lidan keladi. Laboratoriya ishlari xozirgi zamon asboblari va moslamalaridan foydalanish ma`qo`l. Ishlarni bajarishda eng muximi o`quvchilarni fan asoslari bo`yicha olgan bilimlaridan foydalanishdir. Agar laboratoriya ishlari unumli mehnat bilan bog`lik bo`lsa, o`quvchilarning kizikishlari ortadi. Masalan o`quvchilar mazkur metalni qattiqligini shunchaki topish emas, balki yasaladigan detal uchun tegishli kattalikdagi zagatovka tanlashni xam topish maqsadga muvofiqdir.
Laboratoriya ishlari praktikum shaklida tashkil etiladi, ularni frontal yo`l bilan o`tkazish xam mumkin. Praktikum ish shaklidagi laboratoriya ishlaridagi o`quvchilar zvenolarga bulinadi. Zvenodagi o`quvchilar soni tegishli jixozlar va laboratoriya tajribalariga qarab aniqlanadi. Laboratoriya ishlari murakkabligiga qarab o`quvchilarning og`zaki kursatma yoki ishlaridan asboblarning tuzulishi, ishning maqsadi va ish tartibi ifodalanadigan yozma instruktsiyalar bo`yicha utkazish mumkin.

3. “Egov va uning turlari” mavzusini o’qitish metodikasi
Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.” usulining texnologiyani o’qitishdagi ahamiyati
Maktablarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi
bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib
yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo
o’quvchilarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya
qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib
borish kerak. Texnologiya fani−eksperimental fan. Texnologiyani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin.
Bugungi zamon texnologiya o’qituvchisi esa o’quvchilarga texnologiya fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yerishib chiqsin. O’qituvchi
o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogik
texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu
dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi.
Interfaol metodlardan biri “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi
bo’lib, uni fizika darsida qo’llashda yaxshi natijaga erishish mumkin.
“Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi. Bu metod orqali muayyan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash va o’qituvchining o’quvchilarning nimalarga qiziqishlari, mavzuni o’zlashtirish darajalarini bilib olishga imkon beradi.
Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan ommaviy yoki guruhli
ishlash mumkin. Guruh shaklida tashkil etilganda mashg’ulot yakunida har bir
guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyati quyidagi
ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin:
1.Har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida bu guruhlarning munosabatlari
loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi.
2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi
tomonidan berilgan topshiriqni bajaradi.
Dars jarayoni bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan
quyidagi sxema asosida tashkil etiladi Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat.

1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha
tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
2-bosqich.O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga
bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
3-bosqich.O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar bilan batafsil
tanishtiriladi.
Maktablarda o’quvchiarga o’tiladigan “Egovlash va uning turlari”
nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik.
Yangi mavzuni bayon qilishdan avval sinflardagi o’quvchilardan guruhchalar
tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi.
Bu bosqichda o’quvchilarning “Egovlash va uning turlari” mavzusi bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. O’quvchilar jadvalning 1-ustunini to’ldiradilar. Ya’ni o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsa-da, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik.
I.Bilaman.
• Egovlarning tishlari maxsus zubila bilan kertib yoki frezalash yo‘li bilan
hosil qilinadi.
• Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli Egovlarda
tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70—80° bo‘ladi;
•  Egovlar ko‘ndalang kesimlariga qarab: yassi (to‘g‘ri to‘rtburchaklik),
kvadrat, uchburchaklik, romb, dumaloq, yarim dumaloq shakllarda bo‘ladi.
• Egovlanadigan sirtlarning shakliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga
qarab unga mos egov tanlanadi.
II.Bilishni xohlayman.
• Xomaki materiallarni egovlab silliqlash;
• Egov turlari;
• Egovlar qanday materiallardan tayyorlanadi?
• Qanday materiallarni egovlamaslik kerak?
Shundan so’ng uchinchi bosqich boshlanadi.
3-bosqich. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi.Yangi mavzu bo’yicha materiallar tarqatiladi.Dars qiziqarli va tushunarli o’tishi uchun o’qituvchi ko’rgazmali materiallar namoyish etishi mumkin.
Mavzuga oid ma’lumot: Egovlar Arralash va zubila yordamida qirqish yo‘li bilan buyum va detal uchun tayyorlangan xomaki metall materiallarning zehlarnni tekislash, sirtlarini silliqlash yo‘li bilan aniq o‘lchamga va talab yetilgan shaklga keltirish maqsadida turli xil Egovlar ishlatiladi.
Bolg‘alash va quyish yo‘li bilan tayyorlangan buyumlarning sirtini silliqlash
va aniq o‘lchamga keltirishda ham egovlashdan keng foydalaniladi. Egovlar
tishlariga qarab: yirik tishli, mayda tishli, mayin tishli egovlarga bo‘linadi.
Yirik tishli Egovlar (1 sm uzunligida 10—12 qator tishlalari bo‘ladi)
sirtlardan 0,5—0,6 mm gacha qalinlikdal qiriidi olish yo‘li bilan xomaki ishlov
berishda ishlatiladi. Bu Egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,2—0,5
mm dan oshmaydi. Mayda tishli Egovlar (1 sm uzunligida 16—24 qator tishlari
bo‘ladi) sirtlardan 0,1—0,3 mm gacha qirindi olish yo‘li bilan toza ishlov berishda
ishlatiladi. Bu Egovlar bilan ishlangan sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0D5 mm ga
yetib boradi. Mayin tishli Egovlar (1 sm uzunligida 24—40 qator tishlari bo‘ladi)
0,01—0,02 mm gacha qirindi olish yo‘li bilan aniqligi 0,01—0,005 mm gacha
bo‘lgan sirtlar hosil qilishda ishlatiladi.

1-rasm. Egovlar.
Egovlarning tishlari maxsus zubila bilan kertib yoki frezalash yo‘li bilan
hosil qilinadi. Tishlar bir qatorli yoki ikki qatorli bo‘ladi. Bir qator tishli Egovlarda
tishlarning qiyalik burchagi yon tekislikka nisbatan 70—80° bo‘ladi; bu Egovlar
yumshoq metallar (mis, alyuminiy, babbit va boshqalar)ni egovlash uchun
mo‘ljallangan ikki qator tishli Egovlarning tishlari bir-biri bilan kesishgan bo‘lib,
birinchi qatordagi tishlarning qiyaligi 55—60°, ikkinchi qatordagisi 70—80° burchak hosil qilib joylashtirilgan. Bunday Egovlar yumshoq hamda qattiq metallarni egovlashda ishlatiladi.
Egovlar ko‘ndalang kesimlariga qarab: yassi (to‘g‘ri to‘rtburchaklik),
kvadrat, uchburchaklik, romb, dumaloq, yarim dumaloq shakllarda bo‘ladi.
Egovlanadigan sirtlarning shakliga, uning xomaki yoki toza ishlanishiga
qarab unga mos egov tanlanadi. Xomaki materiallarni egovlab silliqlash va aniq o‘lchamga keltirishda dastlab yirik tishli Egovlar ishlatiladi. Ular bilan sirtlarning aniqligi 0,2—0,5 mm gacha keltirilib, so‘ngra mayda tishli Egovlar bilan egovlashga o‘tiladi va sirtlarning aniqlik darajasi 0,02—0,1 mm ga keltiriladi. Talab yetilishiga qarab mayin tishli Egovlar bilan egovlanadi, shaberlab sirtlarning silliqligi, aniqlik darajasi orttiriladi. Egovlar U13 va U13A markali uglerodli asbobsozlik po‘latlaridan, ba’zan SHX15 yoki 13X markali legirlangan asbobsozlik po‘latlaridan 100, 125, 150, 200, 250, 300, 350 va 400 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi, ularga tish chiqarilgandan so‘ng termik ishlov beriladi. Egovlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (2.10-rasm): ish qismi, uchi, qirra, yoq, bandi (quyruq), dasta.

2-rasm. Egovning asosiy qismlari.
Ular zarang, qayrag‘och, qayin,chinor,yong‘oq kabi yog‘ochlardan yoki
presslangan qog‘oz, plastmassalardan tayyorlangan dastalar bilan dastalanadi.
Presslangan qog‘oz va plastmassalar yorilmasligi bilan yog‘ochlardan farq qiladi.
Dastasiz Egovlar ishlatilmaydi. Dastalar yorilmagan, darz ketmagan, butoqsiz, sirti
silliq, aliflangan yoki laklangan bo‘lishi kerak. Dastaning uzunligi va yo‘g‘onligi
egovning o‘lchamiga mos bo‘lishi kerak. Egovni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim.
1.-Egovlarni biror buyumga urmaslik kerak. Bu — tishlarning ishdan
chiqishiga sabab bo‘ladi.
2.-Egovlarni bir-biri ustiga qo‘ymaslik, ularni yog‘och tagliklarga terib
qo‘yish kerak.
3.-Qattiq metallarni yoki toblangan detallarni egovlamaslik kerak, chunki
egov o‘tmaslanadi.
4.-Egovga va egovlanadigan sirtga moy yoki boshqa moyli moddalar
tegmasligi kerak. Moylangan egov egovlamaydi, balki sirpanib ketadi. SHuning
uchun Egovlarni qo‘l bilan artmaslik kerak, chunki qo‘lda moy pardasi bo‘ladi. Moyli qirindi egov tishlari orasiga kirib uni o‘tmaslab qo‘yadi.
5.-Egov zanglab qolmasligi uchun uni nam ta’siridan sallash kerak.
6.-Egovlarning tezda ishdan chiqmasligining oldini olish uchun zanglagan
sirtlarni egovlashdan yeldin tozalash kerak. Sirtlar zangdan sim chutka bilan
tozalanadi
7.-Yumshoq va qovushoq metallarni egovlashda egov tishlari orasiga qiriidi
to‘lib qolmasligining oldini olish uchun ishdan oldin Egovlarga bo‘r surtib oliiadi
(alyuminiyni egovlashda stearin surtiladi)
8.-Egovlarni doimo tozalab turish kerak. Zgollash vaqtida
qirindi tiqilib qolmasligi uchun egovni uchi bilan dastgohga tez-tez urib turiladi.
9.-Egovlar sim chutka yoki alyuminiy, jez va boshka yumshok metalldan
tayyorlangan kirgich bilan kirib tozalanadi.

3-rasm. Egovlash usullari.
Egovlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
a) egovlangan sirtlarning tozaligini qo‘l bilan siypalab
tekshirish;
b) dastadan ushlab egovni detal yoki tiskiga urib qotirish; bunday
hollarda dasta yorilishi va egovning quyrug‘i qo‘lni shikastlashi mumkin;
v) buyum sirtidagi kukunlarni puflab yoki qo‘l bilan tozalash.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin