O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

Instruktaj
Instruktaj deyilganda mehnat faoliyati usullarining tushuntirish va kursatish anglanadi. Bu usullar shu faoliyatlarini tug`ri va xavfsiz bajarish bo`yicha tasavvur xosil qilishga va o`quvchilarning amaliy faoliyatlarini tug`ri yo`naltirishga qaratiladi.
Instruktaj darsning bir qismi (elementi)dir. Instruktaj jarayonida bir nechta ta`lim metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlar mehnat usullarini namoyish qilish va ularni bajarish qoidalarini tushuntirish; texnik masalalarni quyish o`quvchilar o`qituvchi topshirig`ini qay darajada tushunganliklarini aniqlaydigan suhbat ; bunda metodlar o`zaro chambarchas birikadi, uning kombinatsiyasi sistema hosil qiladi.
Instruktajga quyidagi talablar quyiladi.

  1. Instruktaj jarayonida ta`limning xilma-xil metod va usullaridan unumli foydalanish;

  2. Instruktaj mazmunini o`qituvchi tomonidan aniklash. Agar o`qituvchining o`quvchilar oldiga kuygan topshirig`i ularga tushunarli bulmasa, o`quvchilar uni bajarish sharoitini ko`pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar. SHuning uchun o`qituvchining xar bir talabi asoslanishi kerak.

  3. Instruktajning to`laligi va instruktajni qismlarga ajratish. Mehnat topshirig`i qiyinligi va u qaysi sanada bajarilayotganligiga qarab instruktaj butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib borish lozim.

  4. Instruktaj yordamida o`quvchilar uz faoliyatini nazorat qila olsinlar. Bu talabni bajarmay, o`quvchilarning mustaqilligiga erishib bo`lmaydi. Mustaqillik esa o`quvchilarda amaliy mehnat va kunikma, malakalarini xosil qilishda muxim axamiyatga ega.

Instruktaj uch xil bo`ladi : kirish, joriy, yakuniy.
YAngi operatsiyasini o’rganish bo`yicha kirish instruktaji bo`ladi. Mehnat usullarini normal va sekinlashtirilgan xolda bajarish qoidalarini namoyish qilish; o`z-o`zini nazorat qilish belgilarini; anik mehnat vazifasini quyishni uz ichiga oladi.
Kirish instruktajidan o`quvchilar operatsiyaning ayrim qismlarini: asbobni ushlash, ish xolatida turish, sur`atni egallash va xokazolarni urganish bilan boglik xarakatlarni bajarishga xarakat qiladilar. Xar bir urganilayotgan element oldingisini urnini olmay, balki unga qushilib borishi, bir-biriga bog`lanishi, yagona zanjir xosil qilishi zarur bo`ladi.
Mehnat usullarini bajarshdagi xatolarni tuzatish bo`yicha joriy instruktaj olib boriladi. Bunda o`quvchilar ishni to`xtatib, xatoga yul quygan o`quvchilarning ishiga e`tibor berib, unda notug`ri ishlaganligining sababini tekshirib borishni talab qiladi. SHu asosda xamma o`quvchilar bilan suxbat utkaziladi. Sung o`qituvchi hulosa qilib tug`ri usullarni kursatishi, xatoga yul quygan o`quvchining usullarni xotirada tiklashi, shunda ishni davom ettirishga ruxsat berishdan iborat bqladi.
YAkunlovchi instruktaj sifatli bajarilgan va brak qilingan buyumlarni namoyish qilish, o`quvchilar ishining umumiy xarakteristikasini, o`quvchilar yul quygan xatolar taxlilini, o`quvchilar ishini baxolashni o`z ichiga oladi.
Mashqlar
Mehnat ta`limi jarayonida xar bir yangi operatsiyani qisqa muddatli mashqdan boshlash maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu mashqlarni shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy mashqlarni bajarish jarayonida o`quvchilar xar xil buyumlar tayyorlaydilar, mehnat usulida va xarakatlarini baxolash bo`yicha mashq qilishni davom ettiradilar. SHu urinni tashkil qilishga, sababli sozlash, dastlabki mehnat usullari va xarakatlarini uzlashtirishga kunikma va malakalarni takomillashtirishga doir mashqlar bir-biridan kura fark qiladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin