Mavzu: O’quvchilarga “Egovlash va uning turlari” mavzusini o’qitish metodikasi
Topshirdi: Razzoqov I.
Qabul qildi: Qurbonov U.
Baholash: _______________
Urganch-2021
Mundarija:
I.Kirish……………………………………………………………………………2 II.Asosiy qism. 1. Texnologiya fanini o’qitishning maqsad va vazifalari.…….....…………...……4
2. Mehnat ta`limi darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llanishi………..……7
3. “Egovlash va uning turlari” mavzusini o’qitish metodikasi……………………15
III.Xulosa…………………………………………………………………………25 IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….…..26
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil, har tamonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur bo‘lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur kabi fazilatlarni shakllantirish zarur. Buyuk allomalarimiz qilgan og‘zaki va yozma ijodiyot avloddanavlodga o‘tib kelayotgan iymon, e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatdagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
Yuqori sinf o‘quvchilarini mehnatga o‘rgatishning asosiy maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini, ya’ni bajariladigan ishlarning elementlari (egovlash, metallarga ishlov berish, parmalash)ni bajarib ko’rish bilan boshlaydilar.
Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi
tegishini ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga
o‘rganadi.
Topshirilgan ishga mas’uliyat hissini va mehnatdagi intizomni
tarbiyalash, o‘qitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi,
salomatlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat
izchilligini amalga oshiradi.
Maktablarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo
bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi
hamda joylashtirish tartibiga, ish joyini to‘gri jihozlashga,
materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish
harakatlarini me’yori va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi
tadbirlarga, ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya
qilishga va nihoyat narsani chiroyli qilib bezashga talab qilib
borish kerak.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda kurs ishi mavzuyimga O’quvchilarga “Egovlash va unin turlari”ni o’qitish metodikasi mavzusini tanladim. Va kurs ishini yozish mobaynida mavzuni to’liq bayon qilisga harakat qildim.