O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti


METALLARGA EGOV ORQALI ISHLOV BERISH



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

METALLARGA EGOV ORQALI ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYASI
Egovlash
Egov bilan metalldagi ortiqcha qatlamni olib tashlashdan iborat
chilangarlik operasiyasini egovlash deyiladi. Egov bilan zagotovkadagi kichik
qo‘yim olib tashlanadi va shundan so‘ng detal chizmada ko‘rsatilgan aniq
o‘lchamlar va shaklga ega bo‘ladi. 4-rasmda egovning umumiy ko‘rinishi va
chuqurchalari tasvirlangan. Chuqurchalar orasida hosil bo‘lgan bo‘rtiqlar egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo‘ladi. Egov tishlarining geometriyasi 5-rasmda ifodalangan. Egovlar asbobsozlik po‘latidan yasaladi.

4-rasm.Egovlar


5-rasm. Egov tishlarining geometriyasi
Ular bir-biridan ko‘ndalang kesimining shakli, o‘ydim-chuqurlarining
ko‘rinishi, bitta uzunlik birligidagi bo‘rtiqlarining soni va ishchi qismining
uzunligi bilan farqlanadi. Ishlov beriladigan sirtning shakliga qarab tegishli egov
tanlanadi.
Masalan, tekis sirtlarni ishlash uchun yassi egovlar qo‘llanadi. Dag‘al
egovlar faqatgina zagotovkaning sirtiga dastlabki, xomaki ishlov berishda
qo‘llanadi.
Egovlashni boshlashdan oldin ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish va avvolo
undagi barcha asboblar hamda zasotovkalarni maqsadga muvofiq tartibda
joylashtirish lozim. Shundan keyin rejalangan zagotovkani tiskiga mahkamlab
o‘rnatish kerak. Bunda ishlov beriladigan sirt tiskining jag‘laridan yuqoriroqda
turishi shart. Egovlashni bajarishda to‘g‘ri ish holatida turish zarur (6-rasm). Bunda
verstakka nisbatan yarim o‘girilgan holda va undan 150—200 mm oraliqda, chap
oyoqni oldinga egov harakatining yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yib turiladi. Egovning
dumaloqlangan qismi o‘ng qo‘lning kaftida turadi (7-rasm). To‘rtta barmoq bilan
dastani ushlab, bosh barmoq bilan uni tepasidan bosib turiladi.

6-rasm. Egovlashda ishchining turish 7-rasm:Egovlarni ushlash
holati; a – gavdaning holati,
b –oyoqlarning holati.
Chap qo‘lning barmoqlarini yozib egovning uchidan 20—30 mm beriga
qo‘yiladi. Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va uning
oldinga harakatlanishi — ish yurishi, orqaga harakatlanishi — salt yurish bo‘ladi.
Ish yurishi jarayonida asbobni zagotovkaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi.
Uni faqat yetik holatda yurgizish kerak. Egovga bosiladigan kuch uning holatiga
bog‘liq bo‘lishi lozim (7-rasm). Ish yurishining boshlanishida chap qo‘l bilan
o‘ng qo‘lga nisbatan qattiqroq bosiladi. Zagotovkaga egovning yarmi borganida
yesa uning uchiga va dastasiga taxminan bir xil kuch bilan bosiladi. Ish yurishining
oxirida ung qo‘l bilan chap qo‘lga nisbatan qattiqroq bosiladi.
Yangi mavzu bayon qilingach, o’quvchilar jadvalning uchinchi ustuniga o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar.
III. Bilib oldim
• Egovlashni mashq qilishda ish obekti sifatida arralash, zubila yordamida kesish
mashqlarida tayyorlangan zagotovka-lar (yupqa list, lenta, polosalar)dan
foydalanish mumkin.
• Katta o‘lchamli yassi sirtlarni egovlashga qaraganda kichik o‘lchamli
yensiz yassi yuzalarni — yupqa plastinkalarning zehlarini egovlash oson. Shuning
uchun egovlash mashqini yupqa plastinkalarning zeh (yoq)larini egovlashdan
boshlagan ma’qul.
• Egov tishlari orasiga kirib qolgan kukunlarni maxsus metall chutka
yoki yumshoq metall qirg‘ich bilan tozalash kerak. Qo‘l bilan tozalash ruxsat
yetilmaydi.
• Egovlangan sirtni qo‘l bilap tozalash va silliqligini tekshirpsh qat’iy may yetiladi, chunki egovlash natijasida metallning chetida hosil bo‘lgan qirov qo‘lni jarohatlaydi.
• Enli yassi sirtlarni egovlashda ish obekta sifatida kvadrat muhrali bolg‘a,
parallel tiskilarning jag‘lari, cho‘yan va po‘lat plitalar (tagliklar) va boshqalardan
foydalaniladi.
3-bosqich tugagach yagona loyiha yaratiladi.Yaratilgan loyiha asosida
quyidagi natijalarni olish mumkin:
1.O’quvchilarning maktabda olgan bilimlar bazasi qay darajada ekanligini,
ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin.
2.O’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlik, bir-birini tinglash
va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar.
Egovlash va uning turlari to’g’risida ilmiy dunyoqarashga ega bo’ladilar.
3.Bayon etilgan yangi mavzudan o’quvchilar nimalarni o’rgandilar va
nimani tushunmadilar ( Darsda qanday tushunchalar bayon etilmasdan qolib
ketdi)? Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin.

Xulosa
Yangi insonni shakllantirish masalasining ko’p qirrali va murakkabligi
pеdagogik mahorat muammosining hozirgi zamon tarbiya nazariyasi va praktikasi
uchun muhimligini ko’rsatib bеradi. Chunki hamma vaqt insonni har tomonlama
mukammal tarbiyalash, uning kеlajagini bеlgilash borasida tarbiyachi pеdagog
mahorati, uning yеtukligi, chuqur kasbiy bilimi, ko’nikma va malakasi, maxsus
bilim, tajribasiz erishib bo’lmaydi. Ayniqsa o’quvchi ehtiyoji va e'tiqodini, uning
qobiliyati va amaliy ko’nikmalarini mahoratli pеdagogsiz shakllantirish mumkin
emas. Bu borada ta'lim muassasalari - maktablar uchun mohir pеdagoglar juda
zarur. Pеdagogik mahorat barcha o’quv-tarbiyaviy faoliyatning eng qulay yo’llarini
bеlgilaydi, shaxsning barcha tomonlarini rivojlantirish va takomillashtirishga
maqsadli yo’naltirish, uning dunyoqarashini, ehtiyojini, ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lgan faoliyatini shakllantirish uchun maxsus kasbiy bilim, ko’nikma zarur.
Pеdagogika shunday univеrsal va o’ta kuchli ta'sir vositalariga ega bo’lishi
kеrakki, undan quvvat olgan tarbiyalanuvchi har qanday salbiy, hatto o’ta kuchli
yomon ta'sirga tushib qolganida ham o’shaning ta'siridan chiqib kеta olsin.
Hozirgi pеdagogik ta'lim yo’nalishi, hammadan avval, bo’lajak pеdagog
mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yеtarli sharoit bеlgilab
bеrishi kеrakki, natijada o’sha mutaxassisni chuqur ilmiy, kasbiy-pеdagogik
tayyorgarlikka ega bo’lishga undaydi.
Hozirgi kunda mkatablarrda texnologiya dasrlarini yangi pedagoogik texnologiyalar asosida o’qitish ham pedagog mahoratiga bog’liq. Yangi pedagogic texnoogiyalarni dars davomida qo’llash, bu o’quvchiga yangi mavzuni tushunish osonqor bo’lishini ta’minlaydi. Shu sababdan ham men kurs ishim mavzusi sifatida O’quvchilarga “Egovlash va uning turlari” mavzusini o’qitish metodikasini oldim. Shu mavzu bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldim. Egovlash dasrlarida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarga to’xtatlib o’tdim.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin