O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə3/9
tarix03.11.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#67255
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Egovlash va uning turlari KURS ISHI

Fanni o’qitishdan maqsadi - talabalarni boshlang’ich sinflarda мehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifalari - Boshlang’ich maktablarda "Mehnat va uni o’qitish metodikasi" fanining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Daviat ta’lim standartlari talabi bo’yicha amaliy bilim berish.
- Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanidan talabalar mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadini, o’quvchilarining bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni texnologiyasini, asosiy o’quv vositalari darslik, o’quv qullanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash metodikasini, mehnat fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni bilishi kerak.
- O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari, dars ishlanmasida o’quv jarayonini (o’quv materiali unga mos metod, vosita va o’qitish shaklini tanlab) rivojlantirish, dastur, darslik, metodik qo’llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish, o’zlari qiziqqan yo’nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv ishi tarzida), turli jarayonlarni bajaruvchi turli xom-ashyolar bilan ishlovchi ishchilarning ish xususiyatlari haqida ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- Turli xom-ashyoga ishlov berishda asboblardan unumli foydalana olish, tayyorlanadigan (yasaladigan) buyumlar chizmasini shartli tasvirini o’qiy olish, yasaladigan buyumlar andozasi, chizmasini tuza olish, texnika xavsizligi qoidalarini bilish, mehnat tozaligi va madaniyatiga amal qilish malakalariga ega bo’lishlari kerak.Texnologiya ta’limi metodikasi fani pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog’liq. Texnologiya ta’limi metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona till, matematika, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bog’lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish asosida ularni ilmiy tekshirish ishlarini, ya’ni eksperementga, to’garak ishlariga, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarni o’rganish va ommalashtirishga, referatlar, ma’ruzalar, kurs ishlari va nihoyat bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish bilan materialni muammolar bo’yicha o’rganish tavsiya etiladi.
Talabalarning fanni o'zlashtirish jarayonida darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, Grafaproektor yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik vositalarda foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, ta'limiy vositalarni va ta'limiy o'yinlarni ta'Iim jarayoniga tadbiq etish muhim ta'limiy ahamiyatga ega.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin