O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 191-gurux talabasi Yusupbayeva Shahnozaxonning Mehmonxona xo’jaligida innovatsiya



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/10
tarix17.03.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#53914
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ysh





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish

yo’nalishi 191-gurux talabasi Yusupbayeva Shahnozaxonning Mehmonxona xo’jaligida innovatsiya

fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Mehmonxonalarda innovatsion bronlashtirish va rezervlash tizimlari.

Urganch-2022

REJA:


  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

    1. Mehmonxonalar uchun bron qilish.

    2. O’zbekistonda mexmonxona xo’jaligida innovatsiyalarni qo’llash orqali raqobatbardoshligini oshirishning xalqaro tajribasi.Rezervlash tizimlari

    3. Innovatsiyalarni qo’llash orqali mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning o’ziga xos xususiyatlari

  3. XULOSA

  4. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Mamlakatimizda turizm sohasiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda.

G’arb davlatlarida mehmonxona xo’jaliklarini boshqarish bo’yicha ko’p yillik tajriba yig’ilgan. Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o’rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o’ynaydi. Xodimlar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo’yilishi haqida tasavvurga ega bo’lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko’rsatishlarni talab qilish juda qiyin.

Keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasi hududlarida turizm sohasining rivojlanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Buni bizlar Samarqand viloyatida ro’yxatga olingan ommaviy joylashtirish vositalari sonining o’sishi orqali ham kuzatishimiz mumkin. Asrimizning o‘n yilligida xalqaro turizm sohasida ulkan sakrashlar ro‘y berdi.

U jahon iqtisodiyotining eng yirik va yuqori darajadagi serdaromadli sohalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda umumiy investitsiyalar hajmining 7 %, jahon savdo xizmatlarining uchdan biri, barcha soliq tushumlarining 5 % uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Xalqaro turizm iqtisodiyotning transport, aloqa, savdo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish kabi yetakchi sektorlariga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu tarmoq butun dunyodagi 250 mln. dan ziyod kishi bandligini ta’minlayapti. Bu degani jahondagi har bir sakkiz ishchining biri turizm sohasida band bo‘lmog’idadir.

Aynan mehmondo‘stlik industriyasining taassurot qoldiruvchi o‘sishi, turistik talab va takliflarning sifat jihatdan siljishi keyingi o‘n yilda xalqaro turizm rivojlanishini belgilab berdi. 1990-yillardan boshlab G‘arbiy Yevropa davlatlarining turistik talablarida yangi tendensiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular bir qator iqtisodiy va ijtimoiy tartiblar bilan shartlangan, shuningdek hozirgi zamon kishisining psixologiyasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘langan.

Turistik talablarning hozirgi zamon harakteri sub’ektiv omillar ta’sirida vujudga kelmoqda. Yangi qadriyatlar paydo bo‘lishi bilan inson ruhiyatida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayapti. Ular quyidagi hodisalar bilan shartlangan:

shaxsning o‘z jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari – o‘zligini anglash va

bevosita uni yuzaga chiqarish, erkinroq bo‘lish;

boshqa individual, ijtimoiy guruhlar va muassasalar bilan munosabatni

qayta ko‘rib chiqish;

atrof-muhit va tabiatga bo‘lgan boshqacha munosabatni shakllantirish.

Xalqaro turistik bozor o‘sishi turizmda xizmat yetkazib beruvchilarga talablarning oshirilishini taqozo qiladi. Bu borada mehmonxona industriyasini tadqiq qilish quyidagilarni ko‘rsatadi:

mehmonxonalar kompyuterlashtirish va safarlarni bronlashtirishda

hozirgizamontexnologiyalaridanfoydalanishdarajasibo‘yichaaviatransportvaturizmindustriyasiningboshqasektorlaridanorqadaqolishdadavometadi;

mehmonxonalarning soliq salmog‘i ko‘payadi va soliqlar umumiy

hajmida turizm ulushi keyingi o‘n yilda 10,4 dan 11 % ga oshadi;

turizm targ‘ibotiga hukumat harajatlari ortadi;

mehmonxona industriyasi o‘z daromadlarini hisoblash usulinio‘zgartiradi: bir nomer daromadidan – bir mijozdan daromadga;

Yevropaning barcha mehmonxonalaridan faqat 30 % mehmonxonazanjiriga kiradi;

mehmonxona industriyasida kompaniyalarning qo‘shilish jarayonlarikuchayadi, tashqi investitsiyalar va franshiz shartnomalari miqdori ko‘chayishi kuzatiladi;

«Yashil» mehmonxona bo‘lish foydali va qulaylikka aylanadi, ya’niatrof-muhit muhofazasiga e’tiborni oshiradi. Ma’lumki, ko‘pchilik insentiv turizm vkongreslar tashkilotchilari mehmonxonani tanlar ekanlar, birinchi o‘rinda atrof-muxit ekologiyasiga katta ahamiyat berishadi.

Region (mintaqa)ga turistlarni jalb etishning eng muhim shartlaridan biri mehmonxonalar shinamligini oshirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashhisoblanadi. Har qanday axborotni jo‘natish uchun har bir nomerga global tarmoqqa ulangan videotelefon va kompyuter o‘rnatiladi. Mehmonxona-muzeylar ommaviyligi ortadi, ya’ni shinamligi bo‘yicha jahon standartlariga muvofiq keladigan eski xususiy mehmonxonalar bor, ammo ular qadimiy betakror xayratomiz go‘zalliklarini saqlab qolgan.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin