O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 191-gurux talabasi Yusupbayeva Shahnozaxonning Mehmonxona xo’jaligida innovatsiya



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/10
tarix17.03.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#53914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ysh

II. ASOSIY QISM

2.1. INNOVATSIYALARNI QO’LLASH ORQALI MEHMONXONA XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mehmonxonalarda innovatsiyalarni qo’llash orqali raqobatbardoshligini oshirish turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatdan eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. SHuningdek, bu iqtisodiy munosabatlar tizimida murakkab va muammoli eng muhim nazariy tushuncha bo’lib, mehmonxonalarda taklif etiladigan xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bevosita bog’liqdir.

Mehmonxonalarda innovatsiyalarni qo’llash orqali raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari O’zbekistonda ham rivojlantirish bilan bog’liq echimini topish lozim bo’lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda “mehmonxona” va “innovatsiya”larning ahamiyatini, innovatsiyalarni qo’llash orqali mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning o’ziga xos xususiyatlarini, mehmonxona xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribalarini O’zbekistonda tatbiq etish, mamlakatimizda turizmni rivojlanishi va uni memonxonalar raqobatbardoshligini oshirishga ta’siri etuvchi omillarni aniqlash, mehmonxonalar raqobatbardoshligini oshirish ko’rsatkichlarini tahlil qilish, mehmonxona xo’jaligida avtomatlashtirilgan axborot tizimidan

O’zbekiston Respublikasida turizmini rivojlantirish uchun qulay makonlardan biri bo’lib, bu zaminda islom dini ulamolarining orom topgan maskanlari hisoblanadi.Ularning joylardagi obod qilinayotgan maqbaralari, ziyoratgohlari, hozirgi davr avlodlari va ziyoratchilari uchun ham ma’naviy ozuqa, ham tarbiya beradigan muqaddas dargoh sifatida yanada qadrlanmoqda.

2016 yildan bugungi kungacha turizm sohasiga oid 40 taga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko’paytirish va mehmonlarga nisbatan ko’rsatilayotgan mehmonxona xizmatlari sifati hamda raqobatbardoshligini oshirishning asosi hisoblanadi. Mamlakatimizda oxirgi so’nggi yillar mobaynida turizm sohasiga bo’lgan e’tibor va nazorat kuchaygani, turizm sohasining yangi istiqbollari keng ochilib, turli yo’nalishlarda namunaviy loyihalar amalga oshirilayotganligi sababli yurtimizga kelib ketayotgan sayyohlarning soni kundan-kunga ortib borayotganligini guvohi bo’lmoqdamiz. Masalan, 2018 yilning mart oyi holatiga ko’ra, MDH davlatlaridan 413539 nafar sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2019 yilning mart oyi holatiga ko’ra 518666 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko’rsatkichning o’sish koeffitsienti 25,4 % ni tashkil qilgan. Uzoq xorij davlatlaridan kelgan sayyohlarning ko’rsatkichi esa 2018 yilning mart oyi holatiga ko’ra 27595 nafar sayyoh kelgan bo’lsa, 2019 yilning mart oyi holatiga ko’ra 30788 nafar sayyoh tashrif buyurgan.Bu ko’rsatkichning o’sish koeffitsienti 11,6%ni tashkil qilgan. Keltirilgan ko’rsatkichdagi raqamlarning umumiy natijasini hisoblaganimizda, 2018 yilnig mart oyi holatiga ko’ra 441134 nafar sayyoh, 2019 yilnig mart oyi holatiga ko’ra 549454 nafar sayyoh tashrif buyurgan.

O’tkazilgan xalqaro tadqiqotlar natijasiga ko’ra, ziyorat turizmi bo’yicha sayohat qiluvchilar soni yildan-yilga o’sib borgan. Bunga misol 2017 yili musulmon sayyohlarning soni 131 million kishini tashkil etgan bo’lib, undan keladigan jami daromad 142 milliard dollarga etgan. Bu shuni ko’rsatadiki, mazkur turdagi turizm sohasi eng tez rivojlanadigan xalqaro turizm industriyasining segmenti hisoblanadi3.

Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo’lgan bir nesha tarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari turizmning rivojlanishi yana bir katta muammo bo’lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishshi joylarning oshilishiga yordam beradi. Shu bilan birga mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan, qishloq xo’jalik mahsulotlarini, mahalliy sanoat mahsulotlarini va milliy hunarmandshilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi.

Turizm ko’pgina mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo’lib, u mahalliy aholi bandligini, mehmonxonalarni to’ldirish, restoran, tomosha tadbirlari, chet el valyutasining kelib tushishini ta’minlaydi. Turizmning ishki iqtisodiy tabiati turist tashrif buyurgan mamlakatda o’z mablag’ini, albatta sarflab ketishini taqozo etadi. Turizm mahalliy turistik resurslar ekspluatatsiyasiga asoslanadi va buning evaziga shu mintaqa yoki mamlakat foyda olishi kerak bo’ladi.

Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shakllangan bo’lsada, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u “XX asr fenomeni” nomini oldi.

Bugungi kunda xizmat ko’rsatish tushunshasi bo’yisha ko’p ta’riflar mavjud. Jumladan, F.Kotler“xizmat - bir tomon ikkinshi tomonga taklif etishi mumkin bo’lgan, asosan sezilmaydigan va biror narsaga egalik hissini bermaydigan istalgan shora-tadbirlar yoki harakatli foyda”, - deb hisoblaydi.

S.I.Ojegov rus tili lug’atida: “xizmat - bu naf keltirish yoki boshqa bir kishiga maishiy qulaylik yaratish harakati ”, - deb ta’riflaydi.

R.A.Fatxutdinov esa, “xizmat - bu bajaruvshi va iste’molshining o’zaro, kelishilgan faoliyati bo’lib, bajaruvchining iste’molshi ehtiyojlarini qondirishdagi faoliyati natijasidir”, - deb ta’riflagan.

Mamlakatimiz olimlaridan J.M.Qurbonov “xizmat - jamiyatda bo’ladigan maxsus harakat, uning bajarilishida albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala tomonga ham manfaat keltirishi kerak”, - deb ta’riflaydi.

E.S.Fayziyev xizmatga quyidagi ta’rifni bergan: “xizmat - bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o’zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo’ladi...”.

Demak, xizmat - bu bir kishining ikkinshi kishi ushun qiladigan ma’lum ishi, deb tushuniladi. Xizmatlarni iste’molshi bilan muloqotda bo’lish darajasiga qarab ham tasniflash mumkin. Agar xizmatlarni taklif etuvshi xodimning iste’molshi bilan muloqoti yaqin bo’lsa, xodimning xizmatni sifatli bajarishi ushun zaruriy texnik tayyorgarligidan tashqari, uni yana shaxslararo munosabatlar borasida ham o’qitish zarurati paydo bo’ladi. Shunki, xizmatlar sifati bir xil bo’lgan taqdirda iste’molshi u bilan yaxshi munosabatda, xushmuomila bo’lgan taklif etuvshini tanlaydi. Xizmat tovardan farq qiladi, shu bilan birga o’zida tovar kabi o’z narxi va qiymatiga ega bo’ladi.

Joylashtirish vositasi deganda tunash ushun muntazam yoki onda-sonda joy beriladigan har qanday ob’ekt tushuniladi va u turistik industriyaning asosini tashkil qiladi. Yangi joylashtirish maskanlarini qurish turistik yo’nalishlarni o’ziga rom etishini sezilarli oshiradi. Turistik oqimlarni ko’paytiradi. Yuksak darajada servis xizmati ko’rsatish joylashtirishda shuningdek turizmning ruhiyat aspektlaridan hisoblanadi, qaysikim turistlarni u yoki bu mamlakatga sayohatga kelishini tashkil qilishda yuqori darajada qoniqtiradi.

Mehmonxona industriyasi iqtisodiy faoliyat turi sifatida o’zida mehmonxona xizmati ko’rsatish va mehmonxonalar kempinglar, motellar, o’quvshilar va talabalar yotoqxonalarida qisqa muddatli yashashni tashkil etishni mujassamlashtirgan. Ushbu faoliyatga restoranlar xizmati ham kiradi. Mehmonxona xizmatlariga barsha asosiy ta’riflar amal qiladi, qaysikim ma’lum darajada ularni turistik xizmatlar va umuman xizmatlar bilan oshno qiladi. Biroq ular ham o’ziga xos xususiyatiga ega.

Mehmonxona industriyasi tarixida birinshi “Mehmonxona” so’zi XVIII asrda paydo bo’ldi. Fransiyada dastlabki mehmonxonalar “ko’p xonali bino” deb atalgan. Undagi xonalar bir oyga, bir haftaga, hatto bir kunga ijaraga berilgan. Tez orada bu atama Amerikada ham keng tarqalgandi. U yerda ko’pshilik tavernlar tezda “mehmonxona” deb atala boshlagan. Bu egalarning fikrisha, ularga yevropasha (fransuzsha) ko’rk bag’ishlagan AQSh mehmonxonalarni texnik jihatdan jihozlash sohasida ko’pshilik yangiliklarning vatani deb hisoblanadi. Mehmonxonalarga bo’lgan ehtiyoj bu mamlakatda emigrantlar, ya’ni boshqa mamlakatlardan doimiy yashash ushun kelgan aholining bir qoplami to’xtovsiz oqib kelishi bois juda katta bo’lgan. Ularni vaqtinsha joylashishga zarurat sezgani tufayli mehmonxona biznesining gurkirab rivojlanishiga, unga talabni keskin oshishiga imkon yaratgan.

Bizningcha, mehmonxona – kechayu-kunduz, uch smenada, yigirma to’rt soat davomida murakkab texnologik jarayonlar sodir bo’luvchi korxona bo’lib, u erda taklif etiladigan xizmatlar turistlar uchun eng avvalo qulay va xavfsiz bo’lishi kerak. Mehmonxona individual va jamoaviy joylashtirish vositasi sifatida jihozlangan aniq nomerlar soniga hamda kategoriyasiga qarab xizmatlar yig’indisini taklif qiluvchi korxona hisoblanadi.

Xizmatlar sohasining katta tarmog’i bo`lib, mehmonxona xo’jaligi hisoblanadi. Odatda mehmonxona xo’jaligiga mehmonxonalarga kelganlar uchun yotoqxonalar, motellar, kempinglar kiradi.

Mehmonxonalar ishlarining asosiy ko’rsatkishlari bo’lib, bir vaqtning o’zida ularning joylashtirish imkoniyatlari va bir yilda ishlatilgan koyka-sutkalar soni hisoblanadi.

Bir vaqtning o’zida joylashtirish barsha nomerlar va umumiy xonalarda o’rnatilgan doimiy krovatlar soni bo’yicha aniqlanadi. Kalendar koyka-sutkalar soni mehmonxonadagi koykalar sonini ushbu davrdagi kunlar soniga ko’paytirish orqali hisoblanadi.

Mehmonxonalardan foydalanish koeffitsienti haqiqiy taqdim etilgan koyka-sutkalar asosida belgilanadi. Ma'lum vaqtga mehmonxonalar zagruzka koeffitsientini aniqlashda, zagruzkaga ta’sir ko`rsatuvshi omillar inobatga olinadi.

Hozirgi kunda har qanday mehmonxona talabning universalligini hisoblay olmaydi. Mehmonxona xizmatlari bozorining katta segmentlanishi bir emas, balki bir nesha maqsadli segmentlarga mo’ljalni olishni taqazo etadi. Mehmonxona korxonalarining katta ixtisoslashishi kuzatilmoqda. Ulardan quyidagilarni ajratish mumkin.




Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin