2.3. O’ZBEKISTONDA MEXMONXONA XO’JALIGIDA INNOVATSIYALARNI QO’LLASH ORQALI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING XALQARO TAJRIBASI
Kompaniyalarning turli rezervlash tizimlari bilan ishlash ko`p yillik tajribasi elektron rezervlash tizimidan foydalanishga o’tgan o’rta mehmonxona mazkur tizim orqali har oyda qo’shimsha tarzda bir nesha o’ntadan bir nesha yuztagasha buyurtma olishini ko’rsatadi.
Tarixan bu tizimlar aviashiptalarni rezervlash tizimi sifatida yaratilgan edi. Hozirda bu funktsiyadan tashqari barcha tizimlar mehmonxonalardagi joylarni rezervlashtirish, ijaraga avtomobillar, turli tomoshalarga chiptalar va h.k. buyurtma qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda jahonda to’rtta dunyo miqyosida rezervlash tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galileo, Sabre va Vorldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko’prog’ini qamrab olgan.
1.1-jadval. Dunyoning etakshi global distrib’yutor tizimi raqamlarda
“Amadeus” tizimining hozirgi davrdagi holati. “Amadeus” etakshi GDS (global disribyutor tizim) tizim bo’lib, turistik xizmatlar etkazib beruvchilar (aviakompaniyalar, mehmonxonalar, avtomobillarni prokatga berish kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari va boshqalar) ni real vaqt rejimida resurslarga kirishni ta’minlaydi va bu resurslarni 139 mamlakat turistik agentliklari o’rtasida taqsimlaydi. “Amadeus” tizimi 751 aviakompaniyalar resurslariga kira oladi (Rossiyada 11 ta), bu jahon bozorida muntazam aviayo’lovchi tashishning 95 % dan ko’prog`ini tashkil qiladi. Shuningdek, u 322 mehmonxonalar zanjiriga birlashgan. 52731 mehmonxonalar, 48 avtomobillarni prokatga berish kompaniyalari turoperatorlar mahsulotlari, temiryo’llar, kemalar va sug’urta kompaniyalar bilan ishlashiga imkon beradi.
O’z taraqqiyoti boshlanishida Evropa bronlashtirish tizimida afazlligini ko’rsatgan “Amadeus” keyinchalik o’ziga xos tarzda Amerika bozoriga yorib kirdi va bronlashtirishning “Sustem One” kompyuter tizimi bilan qurollanish unga ana shunday imkoniyat eshigini ochdi.
“Amadeus” tizimi Yevropa va Janubiy Amerikada, shuningdek Afrika va Osiyo mamlakatlarida mustahkam o’rinni egallaydi. Turistik agentliklarning ko’proq terminallar soni va aviakompaniyalarning aviabiletlarini sotish idoralari (225 549) “Amadeus” tizimiga ulangan (1.1-jadval).
“Amadeus” – eng katta tizimlardan biri 36 mln. dan ziyod sayohatchilar kelmasdan turib har kuni undan foydalanishadi va 11 mingga yaqin turagentlar ularga servis taqdim etadi.
“Amadeus” nufuzi shundaki, uning mahsulotlari o’tirish o’rinlarini rezervlashtirishdan tortib, avtomatik amalga oshirishgacha bo’lgan hisob-kitoblarini doimiy ravishda axborot tablosida keng aks ettiradi. “Amadeus” orqali turagentlar so’rov bilan 100 turoperatorlardan istaganiga – deyarli asosiy ishtirokchilarning barchasiga murojaat qila oladilar. “Amadeus” turgan joydagi turagentlikka kelgan sayohatchi xizmatlarning to’liq paketini olishi mumkin. Unga aviauchishni bronlashtirish, mehmonxona, avtomobil prokati kiritilgan. “Amadeus” ularning tipi bo’yicha to’liq axborot taqdim etgan holda nomerlar mavjudligini, arzondan tortib qimmat turadigan narxlargacha ko’rsatadi. Bundan tashqari tasdiqlangan bronlashtirishni, bronlangan nomer narxi o’zgarmasligini kafolatlaydi. Ularni agentlik maxsus narxlarida 51 mingdan ko’proq mehmonxonalarga sotilishini ta’minlaydi.
“Amadeus” da “global terminallar” tizimi mavjud. Ular bevosita ma’muriyat funktsiyalarini amalga oshiradigan tarmoqlarga ham ulangan.
“Amadeus” tizimining bosh vazifasi quyidagilar hisoblanadi:
turistik xizmatlar etkazib beruvchilarga avia temiryo’l biletlari,
otellar, avtomobil prokati va boshqa sotishning ishonchli, samarali xizmatlarini taklif etish;
abonentga kuchli boshqaruv va marketing, raqobatbardosh vadaromadli usulni taklif qilish;
mahalliy va xalqaro etkazib beruvchilarga kirishga
ko’maklashish, faoliyat boshqaruvini ta’minlash va firma moliyaviy ishlarini yuritishda yordam berish;
aviakompaniyalar va turagentlarga bir vaqtning o’zida ularning
idoralaridagi tizimlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish;
texnik aloqa vositalari bilan global xizmat ko’rsatishni
ta’minlash va boshqa tizimlar bilan ittifoqini yo’lga qo’yish.
“Galileo” tizimlarining yangi imkoniyatlari. Bronlashtirishning xalqaro kompyuter tizimi “Galileo International”, “The Galileo Kompany Ltd” kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bu kompaniyaga 1987 yil iyulda “British Airvays”, “Svissair”, “KLM” va “Kovia” aviakopaniyalari tomonidan asos solingan. O’sha yili avgustda ta’sischilarga “Alitalia” va “Austrian Airlines” qo’shildilar. 1987 yil oktyabrda ta’sischilar tarkibiga “Air Linqus” va “Tap Air Portuqal” kirdilar.
1988 yilda ularga “Sabena” va “Olympik Airvays” ning qo’shilishi bilan kompaniya ta’sischilari tarkibini shakllantirish yakunlanadi.
“Galileo” va “Apollo” tizimlari bazalarida dunyodagi barsha bronlashtirishning uchdan bir qismi amalga oshirilayapti.
“Galileo International” da 3 mingga yaqin menejerlar, dasturshilar va operatorlar band. Ma’lumotlarni ishlash markazi Denverdan uncha uzoq bo’lmagan Kolorodo shtati AQShda joylashgan. U yilning 365 kuni davomida sutkasiga 24 soat faoliyat ko’rsatadi. Har kuni 200 mln. dan ziyod xabarlarni qayta ishlaydi.
“Galilieo” xizmatidan jahonning 107 tadan ko’p mamlakatlararo turagentlari foydalanadilar. “Galilieo” turfirmalari axborotlarga kirishnita’minlaydi va yo’l-yo’lakay turistik xizmatlar turlarini bron qilishga imkon beradi. “Galilieo International” dasturi ishtirokchilari haqida axborot (jadvallar, mavjud o’rinlar, tariflar va boshqa)lar 100 dan ortiq mamlakatlardagi obunachilarga jo’natiladi.
“Galilieo” nafaqat agentliklar ushun yuqori sifatli mahsulotga ega. “Travel Point” dasturi oddiyligi va ixchamligi bilan mutlaqo tayyorlanmagan odamga ham u yoki bu turistik xizmatni bronlashtirish imkonini beradi. Korporativ mijozning shaxsiy kompyuteriga yoki masalan, ko’p ushuvchi yo’lovchi kompyuteriga o’rnatilishi mumkin. Shu yo’l bilan firma telefon qo’ng’iroqlari, muzokaralar, ma’lumotlar berish va boshqalardan xolos bo’lib, vaqtni sezilarli tejaydi. Foydalanuvshi o’z navbatida “SITA” tarmog’i orqali to’g’ridan-to’g’ri “Galilieo” kompyuter markazi bilan bog’lanib, zarur variantni izlash va bronlashni amalga oshirish imkoniga ega bo’ladi. Bron dasturi o’rnatgan distribyutor – firmada birkitilgan va mijoz o’z biletini undan oladi.
“Galilieo” tizimi (NVS) butun mamlakat bo’yicha bronlashtirishning elektron onlayn tizimi qaldirg’ochi hisoblanadi va ushbu tizimdan foydalanib faoliyat ko’rsatadi. NVS servis turagent va turistni mahsulotlar va xizmatlar haqidagi axborotlar bilan ta’minlaydi.
Bronlashtirish jarayonning avtomatlashtirilishi, buyurtmani kuzatadigan xizmatlar, turli tashkilot va agentlar o’rtasida aloqani quvvatlash, o’qitish va bevosita xabarlar almashinishni tezkorligini ta’minlaydi.
“Vorldspan Gatevay Plus” (internetga darvoza) mahsuloti Vindovs – versiyasi “Gatevay Plus” barcha standart imkoniyatlaridan foydalanishdan tashqari, turagentlarga “X25-Vorldspan” sistemasidaInternetga olis ulanishlarni amalga oshirish, shuningdek idoralar o’rtasida fayllar almashish tizimi va elektron pochta bilan ishlash imkonini beradi. Barcha foydalanuvchilar uchun markazlashgan ma’muriyatchilik ta’minlanadi. “Vorldspan” Internet uchun boshqa mahsulotni – “Internet Boolinq Enqine” ni ham taklif qiladi. Turagentlik internetda mijoz tashrif buyuradigan o’z sahifasini ochadi. Unda mijozning o’zi mustaqil ravishda taklif etilayotgan xizmatlardan foydalaniladi.
“Vorldspan”ning Internet uchun yana bir ishlanmasi “Dates Destinations” dasturidir. U turagentlar mijozlari ushun onlayn bronlashtirish imkonini beradi. Dastur turagentliklarni bozorda harakatlanish vositasi hisoblanadi. Mazkur mahsulot ularning potensial mijozlari davrasini kengaytiradi. Shunki u orqli mijoz istalgan vaqtda, dunyoning istalgan nuqtasiga kirib bora oladi va foydalanish ham oddiy.
“Vorldspan Net” dasturi ushun Internet aloqa kanali sifatida foydalaniladi. Turagentliklar uncha katta bo’lmagan bronlashtirish hajmi bilan bu dasturdan foydalanishlari mumkin. “Vorldspan Net” versiyasiga ulanish ushun Internetga kirish imkoni bo’lsa kifoya. Elektron tijoratning kelajagi kattaligiga hozir hech kim shubha qilmaydi. “Vorldspan” esa yetakchilardan biri hisoblanadi. “Galilieo International” kompaniyasi yanada ilgarilab ketdi va o’zining telekommunikatsion “Quantitade” sho’ba kompaniyasini yaratdi. Maqsadi – barcha mamlakatlardagi mijozlarga arzon va sifatli aloqa xizmati ko’rsatish, shuningdek Internet standart protokollari bo’yicha ham.
Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o’rnatilgan. Bu tizimlar “oltin to’rtlik” deb atalishi bejizemas. Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo’shilish arafasida turgan tizimlarga tegishli.
Har bir GDS, dunyo miqyosidagi tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida amal qiladi. Masalan, “Amadeus” va “Galileo” eng avvalo Yevropada, Sabre va Vorldspan esa – Amerikada faoliyat ko’rsatadi. SAHARA tizimi MDH mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida tarqalgan.
Inter-Kontinental, Radisson va boshqa mehmonxona tarmoqlariga kiruvchi mehmonxonalar uchun GDS bilan ishlash markazlashtirilgan tartibda tashkil etiladi va mehmonxona tarmog’i marketing strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil mehmonxonalar ushun dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlashning bir variantlari mavjud:
bir yoki bir neshta bronlash tizimlarining terminallarini o’zida
o’rnatish va mustaqil ishlash;
bunday xizmatlar ko’rsatishga ixtisoslashgan vositashi
kompaniya bilan shartnoma tuzish;
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik
turoperator bilan shartnoma tuzish.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant bilan aniq mos keladi. Birdan-bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil etilishidadir. Turoperator ushun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator skidkasi(komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15-30% va undan ko’proq bo’ladi. O’z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini to’laydi, rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy to’lovlarni amalga oshiradi.
Axborot tarqatish muqobil kanallari jadal rivojlanishi natijasida mehmonxonalar sohasida dunyo miqyosida rezervlash tizimlari o’zining avvalgi mavqeini asta-sekin yo’qotib bormoqda. Jahon Internet kompyuter tarmog’i bu “yangi to’lqin”ning sardoridir. Buni bronlash tizimlarining o’zi ham e’tirof etmoqda. Bu ularni Internet bilan birlashishga va o’z Internet-serverlarini tuzishga rag’batlantirmoqda. Bunda GDSdagi axborotga kirish va mehmonxonalarni bronlashtirish Internet-serverlar orqali ta’minlanadi. Bugungi kunda SAHARA tizimidan tashqari, barsha GDS shunday imkoniyatlarga ega.
Mehmonxonalar ushun Internet tarmog’ining imkoniyatlari faqat GDS bilan hamkorlikda ishlashdan iborat emas. Internetdan foydalanishda mehmonxonalar erishadigan asosiy ustunlik qamrab olinadigan mijozlar doirasining kengligi (yer yuzi aholisining 100 mln.dan ko’prog’i) va GDSga qaraganda arzonroq ustama xarajatlardadir.
Hozirning o’zidayoq Internet dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlarining jiddiy raqibiga aylandi. Internet orqali ishlash dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari ishidan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:
GDSda mehmonxona faqat bir marta, Internetda esa – istalgan
serverlarda istalgan miqdorda ko’rsatilishi mumkin;
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan o’z ishi uchun
mehmonxonalardan vositachilik haqi oladigan professional turagentlar ishlaydi, Internetdan esa arzon mehmonxona topishga harakat qilayotgan jismoniy shaxslar foydalanadi. Bunda hech qanday agentlik komissiyasi to’lanmaydi. Internetga kirish imkoniyatiga ega bo’lish va unda o’z sahifasini tashkil etish dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlaridan foydalanish huquqini qo’lga kiritishga qaraganda oson va arzonroq bo’lib, bunga istalgan mehmonxonaning qurbi etadi. Ammo, Internet -markazlashtirilmagan muhit. Agar Toshkent mehmonxonasi o’zi haqida axborotni istalgan GDSga kiritsa, uni Toshkent mehmonxonalari ro’yxatini ko’zdan kechirgan har bir turagent ko’radi.
Internetda buning batamom teskarisi: muayyan mehmonxona sahifasi tashkil etilganidan keyin u haqda deyarli hech kim xabar topmaydi. Internetning istalgan foydalanuvchisi o’ziga mehmonxona tanlamoqchi bo’lganida yuqorida zikr etilgan mehmonxona sahifasini topishi uchun uni turli axborot qidirish tizimlari, ma’lumotnomalar, kataloglarda ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha uzoq va mashaqqatli ish olib borish, bannerli reklamaga katta mablag’lar sarflash va boshqa shunga o’xshash sa’y-harakatlar talab etiladi.
Internetdan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u xalqaro va shaharlararo so’zlashuvlarga xarajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi.
Turistik biznesda Internet tarmog’ining qo’llanilishi bir necha yo’nalishlarga ajratiladi. Shuni aytish kerakki, internetda reklama sohasi tobora ommaviylashib borayapti. Yirik turoperatorlar va turagentliklar Veb-sahifalari va shaxsiy serverlar bilan unga faol kirib borishayapti.
Olis mamlakatlar, ekzotik sayohatlar va turistik xizmatlarga narxlar haqidagi axborotlarni istalgan qidiruv tizimi orqali Internetdan topishlari mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, elektron tijorat elektron segmentlardan ko’proq ko’zga tashlanadigan qismlardan biri bo’lib, u haqiqatdan ko’p aspektlarga ega. Bu agentliklar va mijozlarni yanada kengroq qamrab oladi, menejment tarmoqlaridan esa keng foydalanadi. Sotish bo’limlarini yangi, unumdorroq ish darajasiga ko’taradi. U olis boshqaruv tizimi ishlarini yo’lga qo’yadi. Turli darajadagi menejmentlarni bog’laydi, hisob-kitoblar tizimiga o’zgartirishlar kiritadi. Eng yaxshi takliflar bilan provayderlar topadi. Mijozlar servis sohalarini kengaytiradi.
Internet bu maqsadlar ushun ideal vositalar taqdim etadi. Shu uchun uning xizmatlari bahosi global va mahalliy bozorlarda bir xil. An’anaviy marketing operatsiyalari byudjetlari bevosita geografik qamrovga proporsional (bosish va tarqatish qiymati ko’payishi evaziga), Internet uchun esa geografik omillarning ahamiyati yo’q: uning xizmatlari bahosi Veb – saytlarga qansha odam tashrif buyurganiga bog’liq emas. Shuni ta’kidlash kerakki, Internetning multmediya vositalari turizm va sayohatning olg’a harakatlanishiga beqiyos imkoniyatlar eshigini oshadi.
Har qanday kompaniya Veb saytga ega bo’la turib, uning resurslariga murojaat qiluvshi shaxs turagent yoki potensial sayyoh bo’lishini istaydi. Ammo ularni Internetda qiziquvchilardan farqlash oson emas.
Indivudial va ish yuzasidan safarga jo’nayotganlar uchun muhiminarsa narx emas balki, tez ko’rsatiladigan sifatli xizmatdir. Shuning ushun ham tegishli turagentlar Internet texnologiyalarni egallash ushun raqobatni avj oldiradilar. Bunday agentliklar mijozlari va menejerlari tursaytlar bo’yicha tinimsiz “Sayohat” qiladilar.
Internetda turistik industriyaning minglab kompaniyalari xususiy sektorlari ishtirok etadi. Ular bu tejamli taqsimlash kanali orqali dunyodagi barcha iste’molchilarda ishonch hosil qiladilar.
Eng mashhur qidiruv direktoriyasi – Vohoo! Shuni nazarda tutish kerakki, bu direktoriya redaktorlari uning sahifalariga tushadigan saytlarga nisbatan saylov siyosatini o’tkazadilar. Tarmoqda Vohoo! Ro’yxatidagiga qaraganda turisttik saytlar ansha ko’p. Turistik industriyaga taaluqli bo’lgan Veb – saytlar umumiy sonining sanog’iga yetish qiyin. Lekin, ular 250 mingga yaqinligini taxmin qilish mumkin.
Internet – texnologiya turizmni rivojlantirishda ulkan qiziqishlar uyg’otadi. U quyidagi imkoniyatlarga ega:
axborotlar va mahsulotlar taklifini dunyo bo’yicha nisbatan
arzon narxda ko’proq odamlarga etkazadi;
an’anaviy matbuot nashrlariga nisbatan ansha yuqori sifatli
axborotlarni taqdim etadi;
iste’molchilarga mahsulotlarni engilroq va oddiy usullarga -
bronlashtirishni ta’minlaydi;
ishlab chiqarish va axborot tarqatishda katta tejamkorlik beradi.
Onlayn – bronlashtirishning asosiy xorijiy turistik saytlari. Mazkur bo’limda ayrim qiziqarli xorijiy saytlar va axborot texnologiyalari qisqacha harakterlanadi.
Birinchi misol sifatida Ispaniyaning “TourSpain” http://www.tourspain. es/turespai/markol.htm veb – saytini ko’rib chiqamiz, u haqiqatdan bunga munosib. U foydalanishda juda oddiy: har bir sahifasida uy sahifasiga tayanilgan va bo’limlar ko’rsatkichiga ega. Saytda reja yoki qidiruv tizimidan foydalanib har qanday ma’lumotni osongina topishi mumkin. Buning ushun har bir sahifada qidiruv yoki reja tizimi keltirilgan. Bu xususiyat tashrif buyuruvchiga kerakli ma’lumotni tez topishga yordam beradi.
“TourSpain” Internetda 1998 yil 1 yanvarda paydo bo’ldi. Uni yaratishdan bosh maqsad – jahon auditoriyasiga mamlakat bo’ylab kam xarajatlar bilan katta hajmdagi maxsus turistik axborotlarni etkazishdir.
Elektron turistik agentligi Internet tarmog’ida 1996 yil bahorida “Sabre Interaktive” va “Vorldviev Systems” kompaniyalarining harakatlari bilan paydo boldi. “Travelokity” agentligi kompleks xizmatlar tugunidan birida oldindan biletlarga, otellarga, avtomobillarga, kema sayohatiga, turli turistik markazlar haqida axborot berish, sayohat qiluvshilar o’z taasurotlarini baham ko’radigan bo’limlarga, shuningdek turistik anjomlar elektron magazinga buyurtmalar berish maqsadida tashkil etildi. Qurilgan qidiruv tizimi, masalan, narx bo’yicha otel topish, joylashgan o’rni, ma’lum tarmoqqa tegishligi haqida axborot olish imkonini beradi.
XULOSA
Dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanishi turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo’lgan bir nechatarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari turizmning rivojlanishi yana bir katta muammo bo’lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog’liq bo’lgan xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishshi joylarning oshilishiga yordam beradi. Turizm sohasini rivojlanishi o’z navbatida mehmonxona xizmatlarini sifatini o’sishini ham talab qiladi. Buning uchun esa mehmonxonalarda innovatsiyalarni qo’llash orqali raqobatbardoshligini oshirish zaruratini qo’ydi.
Bizningcha, mehmonxona – kechayu-kunduz, uch smenada, yigirma to’rt soat davomida murakkab texnologik jarayonlar sodir bo’luvchi korxona bo’lib, u erda taklif etiladigan xizmatlar turistlar uchun eng avvalo qulay va xavfsiz bo’lishi kerak. Mehmonxona individual va jamoaviy joylashtirish vositasi sifatida jihozlangan aniq nomerlar soniga hamda kategoriyasiga qarab xizmatlar yig’indisini taklif qiluvchi korxona hisoblanadi.
Mamlakatimizda mehmonxona xizmatlarining raqobatbardoshligini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha ko’rib chiqishimiz mumkin:
iqtisodiy – xizmatlarning iste’mol narxi, qiymatida namoyon
bo’ladi;
tashkiliy – xizmatlarning taklif etish sharoitlarini tavsiflaydi;
tasnifiy– xizmatlarning ma’lum bir turga mansubligini bildiradi; me’yoriy– xizmatlarning aniq bir standartlar, qoidalarga
muvofiqligini ko’rsatadi;
konstruktiv– xizmatlarning texnik ustunliklarini namoyish etadi;
ijtimoiy – xizmatlarning shaxsiy, ijtimoiy guruh va umuman
jamiyatning o’ziga xosligiga muvofiqligini ko’rsatadi;
ergonomik– xizmatlarning inson organizmi va ruhiyatixossalariga muvofiqligini ko’rsatadi.
Shuningdek, “Amadeus” nufuzi shundaki, uning mahsulotlari
o’tirish o’rinlarini rezervlashtirishdan tortib, avtomatik amalga oshirishgacha bo’lgan hisob-kitoblarini doimiy ravishda axborot tablosida keng aks ettiradi. “Amadeus” orqali turagentlar so’rov bilan 100 turoperatorlardan istaganiga – deyarli asosiy ishtirokchilarning barchasiga murojaat qila oladilar. “Amadeus” turgan joydagi turagentlikka kelgan sayohatchi xizmatlarning to’liq paketini olishi mumkin. Unga aviauchishni bronlashtirish, mehmonxona, avtomobil prokati kiritilgan. “Amadeus” ularning tipi bo’yicha to’liq axborot taqdim etgan holda nomerlar mavjudligini, arzondan tortib qimmat turadigan narxlargacha ko’rsatadi. Bundan tashqari tasdiqlangan bronlashtirishni, bronlangan nomer narxi o’zgarmasligini kafolatlaydi. Ularni agentlik maxsus narxlarida 51 mingdan ko’proq mehmonxonalarga sotilishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga “Galilieo” tizimi (NVS) butun mamlakat bo’yicha bronlashtirishning elektron onlayn tizimi qaldirg’ochi hisoblanadi va ushbu tizimdan foydalanib faoliyat ko’rsatadi. O’zbekistonRespublikasihududidagimehmonxonalarni “Galilieo” bronlashtirishningelektrononlayntizimigao’tishkerak.
|