O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish yo’nalishi 191-gurux talabasi Yusupbayeva Shahnozaxonning Mehmonxona xo’jaligida innovatsiya



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə3/10
tarix17.03.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#53914
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ysh

Turistik mehmonxona. Bunday mehmonxonaning vazifasi bo’lib, turistlarga zarur bo’lgan xizmatlarni ishlab shiqish, ularda dam olish va xordiq chiqarish ushun sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Ishshan kishilar ushun mehmonxona. Ushbu mehmonxonalarning vazifasi bo`lib, biznesmenlarga ish va dam olish ushun zaruriy shart sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Kongress mehmonxonasi. U kongress-markazlar tarkibiga kiradi yoki o`zi turli kongress shora-tadbirlarini o`tkazish ushun imkoniyatlarga ega.

Kurort mehmonxonasi. U balniologik yoki iqlimiy markazlarda davolanish-sog’lomlashtirish xizmatlaridan foydalanish ushun mijozlarga imkoniyat yaratadi.

Sport mehmonxonasi. Ularga misol bo`lib, tog’ chang’isi markazlari, shuningdek yirik sport inshootlaridagi mehmonxonalar hisoblanadi.

Klub mehmonxonalari. Bu turli klub yoki jamiyatlarga tegishli bo’lgan kishik mehmonxonalardir.

Tranzit mehmonxona. Ular minimum qulayliklar va xizmatlarning juda sheklangan soniga ega. Asosan bu ovqatlanish va yotish joylari.

Har bir mehmonxona mijozlarni jalb qilish va ularni saqlash ushun ma’lum standartlar va xizmat ko’rsatish sharoitlarini kafolatlashi lozim. Ular tushinarli va jozibador bo’lishi lozim. Ushbu standartlar tasnif tizimi bilan biriktiriladi. Ular ta’luqli davlat organlari yoki tadbirkorlik assotsiatsiyalari tomonidan ishlab chiqiladi.

O’zining xususiyatiga ko’ra o’ziga xos xizmatlarni ko’rsata turib, mehmonxonalar mamlakat aholisi chet el fuqorolariga xizmat ko’rsatish sohasida muhim rol o’ynaydi. Ya’ni ularga vaqtinchalik turar joy va maishiy xizmatlar ko’rsatadi. Ushbu maqsadlarda moddiy-texnika vositalari bo’lgan binolar, asbob-uskunalar, anjomlar ekspluatatsiya qilinadi. Bu jarayonda (ishlab shiqarish va sotish) birlashadi, ya’ni xizmat ko’rsatish xizmatlarni ishlab shiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Bunday xususiyat mehmonxonalarning o’ziga xos ish ritmini ko’zda tutadi.

Mehmonxona bozori o’ziga xos xususiyatlarga ega, mehmonxona xizmatlari – oddiy tovar hisoblanmaydi. Mehmonxona nomerini sotish paytida joyidan ko’chirib bo’lmaydi. Haqiqatda nomer emas, balki uni ma’lum vaqtga egallash huquqi sotiladi. Mehmondo’stlik industriyasi ushun oddiy bo’lgan ko’pchilik holatlarda, xizmatlarni taklif etish, uni ko’rsatadigan va oladiganlarning bo’lishini taqazo etadi.

Mehmonxona faoliyatining boshqa aspekti shundan iboratki, nafaqat xizmatchilar, balki mijozlar ham xizmatlar ko’rsatilishi mumkin bo’lgan majburiy sharoitlarni bilishlari shart. Bu borada ko’pincha bilmagan mehmonlar va xizmatshilar o’rtasida anglashunmovchiliklar sodir bo’ladi. Mehmonxona xizmatlarini tashkil etuvshi menejerlar nafaqat o’z xodimlarini, balki mijozlarni ham boshqarishi lozimdir. Mehmondo’stlik industriyasining bunday o’ziga xos xususiyatlari, xizmatlar manbaasining xizmat ob’ektidan ajralmasligida o’z aksini topadi.

Bunday o’zgaruvshanlikning bir qansha sabablari bor. Birinshidan, bu turdagi xizmatlar bir vaqtning o’zida ko’rsatiladi va qabul qilinadi, natijada ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatlarini cheklaydi. Talabning vaqtinchalik barqaror bo’lmasligi, talab yuqori bo’lgan davrlarda xizmatlar sifatini saqlash muammosini vujudga keltiradi. Ko’pshilik narsa xizmatlarni ko’rsatish chog’idagi holatga bog’liq. Bir odamning o’zi bugun sizga yaxshi xizmat ko’rsatadi, ertasiga yomon, bunday xizmat ko’rsatishning sabablari turli xil bo’lishi mumkin: yomon kayfiyat, kasallik, oilaviy sharoit, undagi muammolar. Xizmatlar sifatidagi o’zgaruvchanlik – bu xizmatlar industriyasiga mijozlar tomonidan aytiladigan norozichiliklarning asosiy sababidir.

Xizmatlarni taxlab bo’lmaydi. Ekspluatatsiya natijalarini saqlash va jamg’arish imkoniyatlariga ega bo’lmagandan keyin, mehmonxonalar o’z ishida joriy talabga bog’liq bo’lishadilar. Shu sababli ular doimiy ravishda faoliyat yuritishga majburdirlar.

Mehmonxona xizmatlarining xususiyati bo’lib, ularni taqdim etish tezligi hisoblanadi. Mehmonxona servisining o’ziga xos xususiyati sekin harakatni yoqtirmaydi. Mehmonxonadagi biror bir operatsiya mijozlarning vaqtini olmasliga kerak. Mehmonxona xizmatlariga talab notekis va mavsumiy tavsifga ega, shu sababli mehmonxonalar odamlar ko’p keladigan vaqtga hisoblangan asosiy fondlarning kerakli rezervlariga ega bo’lishlari lozim. Mehmonxonalar boshqa shaharlik va shet ellik mehmonlarga xizmat ko’rsatishi sababli, ular tomonidan nafaqat turar joy, balki maishiy tavsifdagi qo’shimsha xizmatlarning kompleksi ko’rsatilishi lozim.

Mehmonxona xizmatlarini taqdim etishning shartlaridan biri bo’lib, ularning xavsizligi hisoblanadi. Taqdim etilayotgan xizmatlar insonlarning sog’lig’ini saqlash, ularning mulklari xavfsizligini ta'minlash qoidalariga mos kelishi lozim. Undan tashqari atrof muhitga zarar etkazmasligi kerak.

Mehmonxona-restoran servisida band bo’lgan xizmat ko’rsatish xodimlari birinchi darajali rol o’ynaydi. Ular tomonidan xizmat ko’rsatish muammolarining qay darajada yechilishidan, mijoz taklif qilinayotgan xizmatlardan qoniqishi bevosita bog’liq bo’ladi. Mehmonxona-restoran xizmat ko’rsatishni muvofaqqiyatli tashkil etish, korxonaning har bir xodimini mijoz to’g’risida o’ylashga majbur qiladi. Mehmonxona biznesi bo’yicha dunyoga ma’lum marketing mutaxassislari ta’kidlashadilarki, “servis darajasi pasayadi, qachonki xizmatchilar mehmonga emas, balki o’zlarining bevosita boshliqlariga yoqishga harakat qilishsalar. Bu odatda shu bilan tugaydiki, siz ko’proq mijozdan uzoqlashib borasiz”. Hozirgi kunda mijoz-holat egasidir. Uning ehtiyojlarini qondirish-har qanday biznesning birinshi darajali maqsadidir.

Inson omiliga katta e’tiborning muhim sababi bo’lib, ushbu sohadagi texnologik jarayonlarning mexanizatsiya va avtomatlashtirish darajasining pastligidir. Insonni xizmat ko’rsatish tizimidan shetlashtirish imkonining bo’lmasligi va xizmatlarga bo’lgan talabning xususiyatlari, ushbu sohadagi mehnat qiymatining oshishiga olib keladi. Ushbu sabablarning inkor qilinishi va mehmonxona shtatlarini komplektlashga professional bo’lmagan yondoshish, sovet davridagi mehmonxona servisini tanqid va kalaka qilish ushun sabab bo`ldi. Mehmonxona biznesi sohasida ishlovshi shaxslar xizmatlar samaradorligini keskin oshirishlari mumkin, qashonki kasb xususiyatlarining ayrim tavsiflarini inobatga olishsalar. Ular quyidagilardan iborat:

mumkin bo’lgan mijozlarni materiallari (reklama

plakatlari,bukletlar) bilan ta’minlash. Ular taklif etilayotgan xizmatlar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi;

korxonaning firmali jihozlanishi. Bu zamonaviy mehmonxona

xizmatlari bozorida raqobatshilar bilan muvofaqqiyatli kurash olib borish ushun zarur;

barsha xizmat ko’rsatuvshi xodimlarning firmali kiyim;

mehmonxona xodimlari-tovarning eng muhim qismi va bozorgata’sir ko’rsatuvchi marketing vositasi;

mijozlarga yaxshi xizmat ko’rsatishni taqdirlash sharotilarini

yaratish ishlarisha doimiy e’tibor (korporatsiya ishidagi marketing);

sutkaning xohlagan paytida kafolatlangan yuqori sifatli xizmatko’rsatish.

Innovatsiya va innovatsion faoliyat an’anaviy tarzda ilmiy-texniktaraqqiyot yo’nalishi va ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog’liq jarayon sifatida tushuniladi. Biroq, “innovatsiya” tushunshasining ma’no va mazmuni ancha keng. Innovatsiyalar sohasi keng ko’lamli bo’lib, u nafaqat ilmiy-texnik ishlanmalar va ixtirolardan amaliy foydalanishni, balki mahsulot, xizmat ko’rsatish jarayonlaridagi, marketing, tashkilotshilikdagi o’zgarishlarni ham qamrab oladi. Innovatsion rivojlanishning yaqqol omili, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki xizmat turini

yaratish, texnologik jarayonlar, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga yo’naltirilgan yangi xizmatlar va yondashuvlar turkumi sifatida gavdalanadi. Zamonaviy talqindagi “innovatsiya” atamasini Y.Shumpeter birinshi bo’lib qo`llab, innovatsiya – bu yangi materiallar va komponentlardan foydalanish, yangi jarayonlarning joriy etilishi, yangi bozorlarning ochilishi, yangi tashkiliy shakllarning joriy qilinishiga asoslangan barsha uslublarning yangisha birikuvi va tijoratlashuvidan iborat hosila funksiyalarining jiddiy o’zgarishidir, degan xulosaga keladi.

Darhaqiqat innovatsiya – bu bozordagi yangi mahsulot, yangi xizmat yoki xatti-harakat bo’lib, u iste’molshini jalb qiladi5. Uning

ehtiyojlarini qondirish va shu bilan bir vaqtda tadbirkorga daromad keltirish maqsadiga ega.

“Raqobatbardoshlik” raqobatning natijaviy mahsuli bo’lib, iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda turizm va mehmonxona sohasida tezda va qisqa muddatlarda yuzaga keladi. Shuning uchun, ushbu sohada raqobatdan cho’chimaslik, ikkilanmaslik talab qilinadi, chunki birinchidan, turizm bozoridagi raqobat natijalari bo’yicha qisqa vaqtda bo’lajak rejaning maqsadi va vazifasini belgilab olish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Ikkinchidan, mehmonxonadagi xizmatlar sifatini iqtisodiyotning moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohalariga tenglashtirganda qisqa vaqtda yaxshilash, oshirish mumkin. Shuningdek, yangi turistik xizmatlarning reklamasini ham tezlikda turizm bozoriga taklif qilish imkoniyatlari ham mavjud bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy muvaffaqiyati ularning qanchalik raqobat qonuni va uning ko’rinishlarini o’rganganlari, raqobat kurashiga tayyor ekanliklariga bog’liq bo’ladi.

Hozirgi paytda “raqobatbardoshlik” mohiyatini chuqurroq anglash uchun turli mualliflar ta’riflarini ko’rib chiqamiz.

Mamlakatimiz va xorij iqtisodchi olimlarining fikrlarini tahlil qilib, raqobatbardoshlikning takomillashgan ta’rifini keltiramiz: “raqobatbardoshlik” - bu ma’lum bir bozorda tovar yoki xizmatlarning iste’molchi ehtiyojini qondira olishi darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik tovarning (xizmatning) farq qiluvchi jihatlari bilan emas, balki haridni amalga oshirayotgan mijozlar uchun uning qoniqarliligi bilan aniqlanadi.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin