59
shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar
oldini olishning barcha
imkoniyatlaridan foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo‗lmasin va u qay darajada katta bo‗lmasin,
barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat
bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va
obyektivlik bilan etishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Sotsiologlar tadqiqotlarining ko‗rsatishicha, "ruhiy iqlim" yaxshi bo‗lgan
hamda intizom ancha yuqori bo‗lgan joyda faqat iqtisodiy ko‗rsatkichlar
yuksak
emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o‗z mehnatidan katta
qoniqish olayotgani ko‗zga tashlanib turadi.
Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba‘zi
jihatlarini
yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi
sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo‗lishi mumkin. Jamoa a‘zolarining
prinsipialligi hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak
faolligi va tashabbusi tufayli yuzaga keladi. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar
turli sabablarga ko‗ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:
-mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklarni;
-haq to‗lashning takomillashtirilmagani;
-yomon mehnat sharoitlarini;
-mehnat haqidagi qonunlarni buzishni;
-rahbarlikning qoniqarsiz saviyasini;
-o‗zaro munosabatlar madaniyatining past
saviyasini va hokazolarni
ko‗rsatish mumkin.
Jamoa a‘zolari orasida nizolarning ko‗pchiligi quyidagi sabablar tufayli sodir
bo‗ladi. Nizo sabablari
1. Resurslarni taqsimlashdagi adolatsizlik.
2. Vazifalarning — o‗zaro bog‗likligi.
3. Maqsadlardagi har xillik.
4. Erkinlik, mustaqillik va o‗z qadrini bilishdagi har xillik.
5. Manmanlik, qaysarlik.
6. Kommunikatsiya — o‗zaro aloqaning qoniqarsizligi.
3. Turizm va mehmonxona xo‗jaligi boshqaruvida nizolarning asosiy turlari.
Nizolarning asosan to‗rt xili ko‗p uchrab turadi.
Низо хиллари
Ички шахсий
низо
шахслараро
низо
Шахс ва гурух
уртасида низо
Гурухлараро
низо
* очик низолар
* конструктив низолар
* ёпик низолар
* деструктив низолар
* объектив низолар
* симметрик низолар
* субъектив низолар
* асимметрик низолар
Dostları ilə paylaş: