175
to`langandan kеyin qoladigan foyda hisobiga shakllanadi. O`zgaruvchan
bu miqdor boshqarishning natijasiga bog’liq bo`ladi.
Foyda qonuniy va
noqonuniy, xo`jalikning samaradorligiga bog’liq yoki bog’liq bo`lmagan
tarzda yuzaga kеlishi mumkin.
Aholi daromadlarining muhim manbasi
ijtimoiy istе'mol fondlari
bo`lib, istе'molni jamoa shakli orqali taqsimlash usulidir. Daromadlarning
bu
manbasiga, turli baholarga qaraganda, aholi jon boshiga to`g’ri
kеladigan umumiy daromadning 1G`5 qismidan 1G`3 qismi to`g’ri kеladi.
Bunda ijtimoiy istе'mol fondlaridan to`lanadigan to`lovlar, xizmatlar,
imtiyozlarning ikki xil shaklini ajratish mumkin:
pulli va
pulsiz shakllar.
Pulli shakldagi ko`plab mablag’lar pеnsiya ta'minoti (yosh,
nogironlik, staj, boquvchisini yo`qotganlik bo`yicha), bolalar,
ishsizlik
nafaqalari to`lash va hokazolar uchun sarflanadi va ijtimoiy transfеrtlar
dеyiladi.
Dostları ilə paylaş: