O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/110
tarix31.12.2021
ölçüsü1,93 Mb.
#49997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 


 
17 
TOSHMUHAMMAD ALIYEVICH SARIMSOQOV 
 
(1915-1995)  Andijon  viloyati  Shahrixon  shahrida 
tug„ilgan.  Uning  bolalik  yillari  Qo„qon  shahrida 
o„tgan. O„rta ma‟lumotni Qo„qon shahridagi maktabda 
olgan.  1931-yilda  O„rta  Osiyo  Davlat  universitetining 
(hozirgi 
O„zMU)  fizika-matematika  fakultetiga 
o„qishga qabul qilinib, uni 1936-yilda tamomlagan va 
ehtimollar 
nazariyasi 
va 
matematik 
statistika 
kafedrasiga  aspiranturaga  qoldirilgan,  shu  davrda 
fizika-matematika  fakultetida  assistentlik  vazifasini 
ham  bajargan.  T.A.Sarimsoqov  akademik  V.I.Romanovskiy  ilmiy 
rahbarligida  1938-yili  “Ikkinchi  tartibli  differensial  tenglamalar 
integrallarining  ildizlari  taqsimoti  va  algebraik  tenglamalarning 
asimtotik taqsimoti” mavzusida nomzodlik disertatsiyasini himoya qildi 
va  shu  yili  unga  dotsentlik  ilmiy  unvoni  berildi.  1939‒1941-yillarda 
matematika  kafedrasi  mudiri  va  fizika-matematika  fakulteti  dekani 
muovini,  1941‒1942-yillarda  harbiy  xizmatda  harbiy  meteorolog 
vazifasida  xizmat  qilgan.  Shu  bilan  birga,  akademik  V.I.Romanovskiy 
rahbarligida  1942-yilda  “Mumkin  bo„lgan  holatlari  sanoqli  bir  jinsli 
tasodifiy  jarayonlar  nazariyasiga  doir”  mavzusida  doktorlik  dissertat-
siyasini  yoqladi  va  T.A.Sarimsoqovga  professor  ilmiy  unvoni  berildi. 
Olim  birinchilar  qatorida  1943-yilda  tashkil  topgan  O„zbekiston  Fanlar 
Akademiyasining haqiqiy a‟zosi etib saylandi. 1943‒1946-yillarda O„zR 
FA  ning  Vitse-prezidenti,  1946‒1952-yillarda  O„zR  FAning  prezidenti, 
1943-1944,  1952‒1958-yillarda  O„rta  Osiyo  davlat  universitetining 
(hozirgi  O„zMU)  rektori,  1959‒1960-yillarda  O„zR  Oliy  va  O„rta 
maxsus  ta‟lim  vazirligida  bo„lim  boshlig„i,  1960‒1970-yillarda  O„zR 
Oliy  va  O„rta  maxsus  ta‟lim  vaziri,  1971‒1983-yillarda  ToshDU 
(hozirgi  O„zMU)  rektori,  1983-yildan  keyin  kafedra  mudiri  kabi  bir 
qancha  lavozimlarda  xizmat  qilgan.  T.A.Sarimsoqov  serqirra  olim, 
mahoratli pedagog sifatida mamlakatimiz va chet el matematika jamoat-
chiligi  orasida  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika,  matematik 
analiz,  funksional  analiz,  umumiy  topologiya  va  ularning  tatbiqlari 
sohasidagi  keng  qamrovli  tatqiqotlar  muallifi  sifatida  tanildi.  U  – 
O„zbekistonda  matematikaning  asosiy  yo„nalishlaridan  biri  bo„lgan 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida 
tan  olingan  mutaxassis,  olim.  Ehtimollar  nazariyasi  bilan  shug„ul-
lanuvchi  o„zbekistonlik  olimlarning  an‟anaviy  yo„nalishlaridan  biri  ‒ 


 
18 
Markov  zanjirlari  va  jarayonlari,  tasodifiy  miqdorlar  yig„indisi  uchun 
limitik  teoremalar,  matematik  statistikaning  parametrik  masalalari  va 
statistik  usullarning  tatbiqidir.  T.A.Sarimsoqov  Markov  zanjirlari 
nazariyasini  rivojlantirishga  katta  hissa  qo„shib,  limitik  teoremalarni 
Markov  zanjirlari  sxemasi  bo„yicha  tekshirishda  muhim  natijalarni 
qo„lga  kiritdi.  V.I.Romanovskiyning  Markov  zanjirlarini  matritsa  usuli 
bilan  o„rganish  metodlarini  kengaytirib  umumlashtirishni  va  ularning 
holatlari  cheksiz  (sanoqli  yoki  kontinium)  to„plamni  tashkil  qilgan 
tasodifiy  Markov  jarayonlarini 
o„rganishga  tatbiqlari  haqidagi 
muammolar  T.A.Sarimsoqovning  asosiy  ilmiy  mavzusi  bo„lgan. 
Holatlari  uzluksiz  to„plam  bo„lgan  Markov  zanjirlari  uchun  ehtimollar 
nazariyasining  asosiy  limit  teoremalari  ‒  markaziy  limit  teorema  va 
takroriy  logarifm  qonunlari  uchun  o„rinli  bo„lgan  muammolar 
T.A.Sarimsoqov  tomonidan  ilk  bor  o„rganilgan.  Bu  muammolarni 
yechish  jarayonida 

  asrning  birinchi  yarmida  L.Fredgolm  yaratgan 
integral tenglamalar nazariyasini ehtimollar nazariyasi uchun o„ziga xos 
ko„rinishda  talqin  etish  mumkinligi  isbotlandi.  Bu  ilmiy  tadqiqotlar 
holatlari  kontinium  to„plamlar  bo„lgan  Markov  jarayonlarini  o„rganish 
uchun  “integral  tenglamalar  metodi”  ni  yuzaga  kelishiga  olib  keldi. 
T.A.Sarimsoqovning  ilmiy  izlanishlari  negizida  Markov  jarayonlarini 
o„rganish  va  ularni  tatbiq  etish  sohalari  bo„yicha  yangi  istiqbolli  ilmiy 
yo„nalishlar yuzaga keldi. Bu tadqiqotlar uning rahbarligida va bevosita 
ishtirokida 
taniqli 
matematiklar 
S.V.Nagaev, 
T.A.Azlarov, 
T.L.Malevich,  Sh.Q.Formanov,  M.U.G„ofurov  va  boshqalar  tomonidan 
olib borildi, davom ettirildi, rivojlantirildi. Shuningdek, T.A.Sarimsoqov 
rahbarligida  abstrakt  fazolarda  ehtimollar  taqsimoti  tushunchalari  bilan 
bog„liq  yangi  matematik  obyektlarni  o„rganish  ishlari  olib  borildi.  Bu 
yo„nalishda  funksional  analiz  fani  uchun  muhim  bo„lgan  “topologik 
yarim  maydonlar”  nazariyasi  yaratildi.  Ehtimollar  nazariyasidan  farqli 
ravishda, bu ehtimollar fazolarida elementar hodisa, tasodiy miqdor kabi 
tushunchalarga  aniq  ma‟no  beradigan  fizik  tushunchalarini  topish 
imkoniyati  yuzaga  keldi.  T.A.Sarimsoqov  tomonidan  nazariy  fizika 
fanidagi  muayyan  masalalarda  uchraydigan  jarayonlarning  Gilbert 
fazolari  uchun  “kvant  ehtimolliklar”  ning  matematik  modellari 
mukammal o„rganildi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga 
oid  “Основы  теории  Марковских  процессов”.  (M.,1954)  hamda 
“Введение  в  квантовую  теорию  вероятностей”.  (T.,  Fan,  307  bet) 
nomli  monografiyalar  muallifi.    T.A.Sarimsoqov  ilmiy  kadrlar 
tayyorlashga katta ahamiyat beradi. Uning rahbarligida 50 dan ortiq fan 


 
19 
nomzodlari  va  bir  qancha  fan  doktorlari  tayyorlangan.  U  S.H.Siro-
jiddinov,  S.V.Nagaev,  M.Ya.Antonovskiy,  Yo.Qo„chqorov,  Sh.Ayupov 
va  boshqa  yirik  olimlarning  ilmiy  ijodlariga  katta  ta‟sir  ko„rsatgan.  
T.A.Sarimsoqov  fan  va  oliy  ta‟lim  sohasida  katta  tashkilotchi  bo„lib, 
O„zR  FA  ni  tashkil  qiluvchilardan  biri  bo„lgan.  Uning  bevosita 
tashabbusi  va  aktiv  ishtiroki  bilan  matematikaning  turli  sohalariga  doir 
bir  qancha  konferensiyalar,  seminarlar  va  simpoziumlar  o„tkazildi,  shu 
asnoda O„zbekistonda matematika fanining  taraqqiyotiga ko„maklashdi. 
T.A.Sarimsoqov  yirik  pedagog  edi,  ToshDU  (hozirgi  O„zMU)  ning  
matematika fakultetida  bir qator maxsus kurslardan ma‟ruzalar o„qigan, 
ilmiy seminarlarga rahbarlik qilgan, o„zbek tilida chop etilgan “Haqiqiy 
o„zgaruvchili  funksiyalar  nazariyasi”  “Funksional  analiz”  darsliklari,  5 
ta  monografiya  va  250  dan  ortiq  ilmiy  maqolalar  muallifi.  T.A.Sarim-
soqov  respublikada  taniqli  davlat  va  jamoat  arboblaridan  biri,  Beruniy 
nomidagi  Davlat  mukofoti  laureati,    bir  qancha  orden  va  medallar, 
Faxriy  yorliqlar  bilan  mukofotlangan,  O„zbekiston  Fanlar  akademiyasi 
akademigi,  O„zbekistonda  xizmat  ko„rsatgan  fan  va  texnika  arbobi, 
O„zbekistonda funksional analiz va topologiya maktabining asoschisi va  
ehtimollar  nazariyasining  tatbiqlari  sohasidagi  chuqur  tadqiqotlar 
muallifi  hamdir.  Shuningdek,  u  sinoptik  meteorologiya  sohasidagi 
tadqiqotlari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.  
 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin