O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/110
tarix31.12.2021
ölçüsü1,93 Mb.
#49997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV 
 
(1920-1988)  Farg„ona  viloyati  Qo„qon  shahrida 
tug„ilgan.  1942-yilda  O„rta  Osiyo  Davlat  univer-
sitetining 
(hozirgi 
O„zMU) 
fizika-matematika 
fakultetini  tomomlagan.  1942‒1944-yillarda  harbiy 
xizmatda    injener-sinoptik  vazifasida  bo„lgan.  1944‒
1947-yillarda  O„zR  FA  matematika  institutida 
akademik 
V.N.Romanovskiy 
ilmiy 
rahbarligida 
aspiranturani  o„tagan  va  “Ermitning  ko„p  o„lchovli 
polinomlari”  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini 
yoqlagan.  Bu  ilmiy  tadqiqot  ishida  Ermit  ko„phadlarining  matematik 
statistikadagi tatbiqi bilan bog„liq masalalar ko„rilgan. S.H.Sirojiddinov 
1946‒1949-yillarda  O„rta  Osiyo  Davlat  universitetida  dotsent,  O„zFA 
matematika  institutida  katta  ilmiy  xodim  bo„lib  ishladi.  1949‒1952- 
yillarda  nufuzli  ilmiy  markazlardan  biri  hisoblangan  Rossiyadagi 
V.A.Steklov  nomli  matematika  institutida  A.N.Kolmogorov  ilmiy 


 
20 
rahbarligida  doktoranturani  o„tadi  va  1953-yili  shu  institutda “Bir  jinsli 
Markov zanjirlari uchun limit teoremalar” mavzusida doktorlik dissertat-
siyasini  himoya  qildi.  Bu  dissertatsiyaga  B.V.Gnedenko,  Yu.V.Minnik 
va  M.V.Smirnov  kabi  taniqli  akademiklar  opponentlik  vazifasini  baja-
rishgan.  S.H.Sirojiddinovning  doktorlik  dissertatsiyasida  birinchi  bo„lib 
bog„liqsiz  tasodifiy  miqdorlar  uchun  markaziy  limit  teoremalardagi 
qoldiq  hadning  nolga  intilishi  tartibi  bir  jinsli  Markov  zanjirlari  uchun  
ham  bir  xil  bo„lishligi  isbot  qilinganligi  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik statistika fanida katta yangiliklardan biri bo„ldi. Shuningdek, 
bu  natijalarni  olishda  oddiy  Markov  zanjirlari  uchun  A.N.Kolmogorov 
tomonidan isbotlangan ko„p o„lchovli lokal teoremaning qoldiq hadining 
asimtotik  yoyilmasi  topildi.  Bu  natijalarni  olishda  S.H.Sirojiddinov 
stoxastik  matritsalarni  spektral  nazariyasini  kashf  etdi  va  uni  analitik 
metod  ‒  xarakteristik  funksiyalar  metodi  bilan  moslashtirdi. 
S.H.Sirojiddinovning matematik statistikaga bag„ishlangan ishlari ishlab 
chiqarish  mahsulotlarini  nazorat  qilish  metodlariga  bag„ishlangan. 
1953‒1957-yillarda  Moskva  Davlat  universitetida  professor  vazifasida 
ishlagan  paytlarida  tayyor  mahsulotlar  sifatini  statistik  usullar  bilan 
nazorat 
qilish, 
diskret 
taqsimotlarni 
o„rta  qiymatlari  uchun 
“siljimaydigan”  statistik  baholar  topish  masalalari  bilan  shug„ullanib, 
katta  natijalarga  erishdi.  Akademiklar  V.I.Romanovskiy  (1879-1954), 
T.A.Sarimsoqov  (1915-1995),  S.H.Sirojiddinovlarning  (1920-1988) 
sa‟y-harakatlari  natijasida  O„zbekistonda  matematika  sohasida  yetakchi 
ilmiy  maktab  barpo  etildi.  Bu  maktab  bag„rida  matematikaning  turli 
ilmiy  yo„nalishlari,  shu  jumladan,  zamonaviy  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik  statistika  rivojiga  bebaho  hissa  qo„shgan  olimlarning  butun 
bir  guruhi  tarbiya  topdi.  Ayniqsa,  akademik  S.H.Sirojiddinovning 
zamonaviy  matematikaning  yangi  yo„nalishlarini  rivojlantirishda,  yosh 
talantli matematiklarni tanlash va tarbiyalash, O„zbekistonda matematik 
ta‟limni takomillashtirish va rivojlantirishdagi katta xizmatlarini alohida 
ta‟kidlash  joiz.  Uning  rahbarligida  va  bevosita  ishtirokida  ehtimollar 
nazariyasi  va  matematik  statistika  fani  hamda  O„rta  Osiyo  matematika 
tarixi  ustida  keng  miqyosda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borildi,  bu  sohalarda 
bajarilgan  ishlar  mamlakatimiz  va  xorij  mutaxassislarining  diqqatiga 
sazovor  bo„ldi.  Xorijlik  S.A.Ayvazyan,  M.L.Meshalkin  kabi  yetuk 
mutaxassislar  S.H.Sirojiddinovning  bevosita  shogirdlari  hisoblanadi.  U, 
O„zbekiston  ehtimolliklar  nazariyasi  va  matematik  statistika  fanini 
hamda  matematika  tarixini  o„rganish  sohasidagi  yetakchi  ilmiy 
markazlardan  biriga  aylanishiga  o„zining  betinim  mehnati,  faoliyati 


 
21 
bilan  salmoqli  hissa  qo„shdi.  S.H.Sirojiddinov  tashabbusi  bilan 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining,  jumladan: o„zaro 
bog„liq  tasodifiy  miqdorlarni  qo„shish  nazariyasi;  tasodifiy  jarayonlar 
(xususan,  tarmoqlanuvchi  jarayonlar,  ommaviy  xizmat  qo„rsatish 
sxemalari,  statsionar  jarayonlarning  ektremal  masalalari);  statistik 
baholarning  asimtotik  xossalari  kabi  zamonaviy  yo„nalishlarda  ilmiy 
tadqiqotlar  olib  borildi.  S.H.Sirojiddinov  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik  statistika  fani  bo„yicha  ilmiy  mutaxassislarni  tayyorlashga 
ham katta e‟tibor berdi, uning rahbarligida 10 dan ortiq doktorlik va 60 
dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, shuningdek, u 120 
dan  ortiq  ilmiy  maqolalar,  5  ta  monografiya,  2  ta  o„zbek  tilida  nashr 
etilgan  darsliklar  (“Kompleks  o„zgaruvchining  funksiyalari”,  “Ehtimol-
lar nazariyasi va matematik statistika”) va bir necha o„quv qo„llanmalar 
muallifi, ko„pgina ilmiy asarlar muharriridir.  S.H.Sirojiddinov samarali 
ilmiy-pedagogik faoliyatini jamoat va tashkiliy ishlar bilan qo„shib olib 
bordi.  U  1956-yil  O„zRFA  haqiqiy    a‟zosi,  1957‒1960  va  1962‒1967-
yillarda  O„zR  FA  ning  V.I.Romanovskiy  nomli  matematika  instituti 
direktori, 1967‒1970-yillarda ToshDU (hozirgi O„zMU)  rektori, 1970‒
1983-yillarda  O„zR  FA  Vitse  prezidenti,  1983‒1987-yillarda  ToshDU 
rektori  vazifalarida  xizmat  qildi.  1986-yili  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik  statistika  fani  bo„yicha  Xalqaro  Bernulli  jamiyatining  1-
kongressi Toshkentda bo„lib o„tgani va unda akademik S.H.Sirojiddinov 
tashkiliy  qo„mita  raisi  vazifasini  bajarganligini  faxr-iftixor  bilan 
eslaymiz.  Olim  1956-yilda  Moskva  matematiklar  jamiyatining 
a‟zoligiga,  1966-yilda  ehtimollar  nazariyasi  va  matematik  statistika 
sohasida  dunyo  miqyosida  tan  olingan  mutaxassis  sifatida  Xalqaro 
statistika  institutining  a‟zoligiga  saylandi.  S.H.Sirojiddinov  ilm-fanga 
qo„shgan  katta  hissasi  uchun  hamda  yuqori  malakali  matematik 
mutaxassislarni tayyorlashda yuksak xizmatlari, samarali ilmiy, ijtimoiy 
faoliyati uchun O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi (1970-y.) va 
Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofoti (1973-y.) hamda bir qancha 
ordenlar, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.  

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin