O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


-    O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/110
tarix31.12.2021
ölçüsü1,93 Mb.
#49997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2-
   O‘zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
fani 
 
O„rta  Osiyo  xalqlari  madaniyati  tarixida  ro„y 
bergan  yirik  voqealardan  biri  Toshkent  Davlat 
univeritetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy univer-
siteti) tashkil etilishidir. Bu nufuzli universitet turli 
davrlarda  turlicha  atalgan:  1918-yilda  Turkiston 
xalq  dorilfununi,  1919-yilda  Turkiston  Davlat 
dorilfununi, 1920-yildan 1954-yilgacha O„rta Osiyo 
Davlat  dorilfununi,  1954-yildan  1960-yilgacha 
O„rta  Osiyo  Davlat  universiteti,  1960-yildan  1995-yilgacha  Toshkent 
Davlat  universiteti,  1995-yildan  2000-yilgacha  Mirzo  Ulug„bek  nomli 
Toshkent davlat universiteti, 2000-yildan boshlab Mirzo Ulug„bek nomli 
O„zbekiston  Milliy  universiteti.  Bu  universitetning  O„zbekistonda 
matematika ta‟limi va fanining taraqqiyotiga hamda davlat uchun yetuk 


 
15 
mutaxassislar  tayyorlash  yo„lidagi  hissasi  beqiyosdir.  Bu  nufuzli 
universitetning 
Fizika-matematika 
fakulteti 
tarixi 
1918-yildan 
boshlanadi.  Fakultetda  o„sha  paytda  yagona  Matematika  kafedrasi 
mavjud bo„lib, bu kafedra V.I.Romanovskiy rahbarligida 1935-yilgacha 
fizika-matematika  va  boshqa  fakultetlarda  barcha  umumiy  va  maxsus 
matematika  kurslarini  o„qishni  ta‟minladi.  Fakultetda  mavjud  yagona 
matematika  kafedrasi  asosida  1935-yilda  3ta:  ehtimollar  nazariyasi  va 
matematik statistika,  matematik analiz, umumiy  matematika kafedralari 
tashkil qilindi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga 
1944-yilgacha  O„zbekiston  “ehtimolliklar  nazariyasi  va  matematik 
statistika”  fanining  asoschisi  buyuk  olim,  pedagog    V.I.Romanovskiy 
rahbarlik  qildi.  O„zbekistonda  oliy  matematika  ta‟limining  vujudga 
kelishi va dunyoning yirik ilmiy markazlaridagidek darajaga ko„tarilishi, 
Toshkentda  yashab,  ijod  qilgan  mashhur  olim,  ajoyib  pedagog, 
akademik Vsevolod Ivanovich Romanovskiy nomi bilan bog„liqdir. 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin