22
TURSUN ABDURAHIMOVICH AZLAROV
1938-yilda Toshkent shahrida tug„ilgan. 1955-yilda
o„rta maktabni a‟lo baholarga tamomlab, 1955-yili
ToshDUga (hozirgi O„zMU) matematika ixtisosligi
bo„yicha o„qishga qabul qilindi va 1960-yili oliygohni
imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1960‒1963-yillarda
ToshDU da akademik S.H.Sirojiddinov rahbarligida
aspiranturani
o„tadi va 1963-yili “Lokal limit
teoremalarda tekis baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qildi. 1963‒1970-yillarda ToshDU da katta o„qituvchi, dotsent,
1970‒1972-yillarda O„zRFA matematika institutida katta ilmiy xodim,
1972‒1985-yillarda shu institutning bo„lim mudiri, 1985-yildan ToshDU
amaliy matematika va mexanika fakulteti umumiy matematika kafed-
rasining mudiri vazifalarida xizmat qildi. 1973-yil S.H.Sirojiddinov
rahbarligida “Ommaviy xizmat ko„rsatishning matematik nazariyasi
bo„yicha tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va
1974-yilda unga professor unvoni berildi. T.A.Azlarov ehtimollar na-
zariyasining limitik teoremalariga, ommaviy xizmat ko„rsatishning ma-
tematik nazariyasi va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar
bilan yaqinlashtirish nazariyasiga bag„ishlangan salmoqli ilmiy tadqiqot-
larini olib bordi. Markov zanjirlari uchun statistik masalalar va shunga
bog„liq amaliy masalalar bo„yicha katta natijalarni qo„lga kiritdi.
T.A.Azlarov, ilm-fanning rivojlanishiga va tatbiqlanishiga qo„shgan kat-
ta hissasi hamda yuqori malakali matematik mutaxassislarni tayyor-
lashdagi beminnat xizmatlari, samarali ilmiy faoliyati uchun, Abu
Rayxon Beruniy nomli davlat mukofotiga (1973-y.) sazovor bo„ldi.
Dostları ilə paylaş: