O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə18/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

5. HAVO MIKROORGANIZMLARI

Havo turli - tuman mikroorganizmlarga boy tabiiy muhitdir. Ularni aniqlash uchun har xil, oddiy va murakkab usullardan foydalaniladi. Oddiy usullarga Koxning "cho`kish" usuli kiradi. Bu usul bo`yicha qattiq ozuqa muhitli Petri likopchasi 5 minut davomida ma'lum xonada - o`quv auditoriyasida, koridorda, oshxonada, ochiq havoda va boshqa joylarda ochiladi. Bu muddat ichida mikroorganizm hujayralari ozuqa muhiti ustiga tushadi. Petri likopchasining qopqog`i yopiladi va qopqoq ustiga kim, qachon, qaerda tajriba o`tkazganligi yozib qo`yiladi. So`ng termostatda 28-300 S da o`stiriladi va 7 kundan keyin tahlil qilinadi.


Qulay sharoitda ozuqa muhitga tushgan hujayralar ko`payadi va ko`zga ko`rinuvchi to`plamlar - koloniyalar hosil qiladi. Har bir koloniya bir hujayradan hosil bo`lgan deb hisoblaniladi.
Mikroorganizmlarning koloniyalari shakllari, rangi, kattaligi, konsistensiyasi, optik xususiyatiga ko`ra turli tumandir. Havo mikroorganizmlarini tahlil qilish vaqtida, avvalo, koloniyalarning umumiy soni hisoblanadi va uning asosida havoning tarkibiy mikrob soni Omelanskiy tenglamasi bo`yicha aniqlanadi:



bunda:
x - 1 m3havodagi mikroblar soni,


a - likopchadagi koloniyalar soni,
S - likopcha yuzi, sm2 (78,5),
t - vaqt, likopcha qancha ochiq turgan vaqti, min.,
5 - Omelanskiy hisobi bo`yicha belgilangan vaqt,
10 - 5 min davomida hujayrada o`tirib qolgan havo hajmi, litr hisobida,
100 - cho`kish yuz bergan yuza, sm2 hisobida,
1000 - tekshiriladigan havo hajmi, litr hisobida

Olingan natijalar jadval bilan solishtirilib havoning tozaligi belgilanadi.


Havo tozaligining bakteriologik ko`rsatkichi


(G.N. Chistovich bo`yicha, 1968)



Xonalar

Mikrob soni

Jarrohlik xonasining holati:
Ishdan oldingi
Jarrohlik tugagandan so`ng

500 gacha


1000 gacha

Tug`ruqxona

1500 dan ko`p bo`lishi mumkin emas

Yangi tug`ilgan chaqaloqlar xonasi

-“-“-

Kasalxonalarning havosi
yozda
qishda

3500 dan kam


5000 dan kam



Turar joylar havosi:
yozda
qishda

1500 gacha


4500 gacha

Tajribadan so`ng differensial hisob o`tkaziladi va o`sib chiqqan mikroorganizmlar: zamburug`, bakteriyalar tasvirlanadi, eng xarakterli bakteriya koloniyalaridan (pushti, sariq, rangsiz) "ezilgan tomchi" usulida preparatlar tayyorlab, mikroskopda ko`riladi. Kuzatishlar ko`rsatadiki, ko`pincha havoda turli sharsimon: pigmentli mikrokokklar, sarsinalar va boshqalar uchraydi.


Adabiyotlar





  1. Borisov L.B. Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po mikrobiologii. M., Medicina, 1984, C. 85.

  2. Zikov M.N. Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po mikrobiologii, immunologii i virusologii. M., Medicina, 1977, C. 82-85.

  3. Omelyanskiy V.L. Prakticheskoe rukovodstvo po mikrobiologii M. -L.: Izd-vo AN SSSR 1940. C. 322-324




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin