Xivchinlarni Lyoffler usulida bo`yash
Bo`yash uchun 12 - 16 soatli kulturadan foydalaniladi. Hujayralar ilmoq bilan asta olinib, probirkadagi sterillangan suvga solinadi. Tayyorlangan suspenziyadan 3 - 4 kichik yog`sizlantirilgan buyum oynasiga tomiziladi. Tomchilar oynada tez yoyilib, tez qurishi shart. Qurigan surtma yuzasiga protrava quyiladi. Protrava qurib qolmasligi kerak. 15 minut o`tgach protrava distillangan suv bilan yuviladi va preparat 5 minut davomida Silning suyultirilgan fuksini bilan surtma eritmaga botirilgan holda bo`yaladi. So`ngra preparat suv bilan yuvilib, quritiladi va immersion tizim bilan ko`riladi. Bunda xivchinlarning joylashishiga, ularning soniga, uzunligiga e'tibor qilinadi.
Adabiyotlar
Борисов Л.Б. Руководство к лабораторным занятиям по микробиологии. М.. Медицина, 1984.
Гусев М.В., Минеев Л.А. Микробиология. М.: Изд-во МГУ, 2005, 33-34. С. 62-69.
Егоров К.С. Руководство к практическим занятиям по микробиологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 59-60.
Хоулт Дж. Краткий определитель бактерий Берги. М.: “Мир” 1980, С. 286.
Шлегель Г. Общая микробиология. М.: “Мир” 1987, С. 72-74.
4. TUPROQ MIKROPEYZAJINI O`RGANISH
Mikroorganizmlarning turli morfologik formalarini bilishda toza kulturalardan tashqari to`g`ridan to`g`ri tabiiy sharoitda kuzatish usullarini ham tatbiq qilsa bo`ladi. Bu usullar qatoriga Rossi-Xolodniyning shisha yuzasida o`sish metodi kiradi. Bu usul asosan dala sharoitida qo`llaniladi, ammo uni laboratoriya sharoitida ham bajarish mumkin. Buning uchun quyidagilar kerak bo`ladi: tuproq namunasi, chinni likopcha, tuproq namunalari olish uchun texnik tarozi, shpatel, pinset, havoncha, 1 - 2 mm li g`alvir, kolbada sterillangan suv, 2 ta buyum oynasi.
O`rganilayotgan tuproqdan 230-250 grami havonchaga solinadi, pinset bilan mexanik aralashmalar olib tashlanadi. Tuproqni tarqatib yubormasdan asta maydalab, g`alvirdan o`tkaziladi. So`ng suv bilan namlanadi (to`la namlikdan 60% gacha bo`lishi kerak). To`la namlik hajmi deb, tuproq to`yinganda saqlanib qoladigan suvning miqdoriga aytiladi. Masalan, 100 g bo`z tuproq 37 g gacha suvni o`zida saqlab qoladi. Buni to`la namlik hajmining 100% deb qabul qilinadi. To`la namlikdan 60% esa quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
ml
Agar 250 gr tuproq olinsa, nazariya bo`yicha 60% namlik hosil qilish uchun 55,5 ml suv qo`shilishi lozim. Amalda tuproqni namlash asta-sekin bo`ladi. Bunda butun yuzani 10 ml suv tomizib namlanadi, so`ngra 5 ml dan tomiziladi. Har bir namlashdan keyin tuproqni yaxshilab chinni belkurakcha bilan yoki shpatel bilan aralashtiriladi. Tuproqning namligi shunday holatda bo`lishi kerakki, unda uning tashqi ko`rinishi mayda qumoq-qumoq, yaxshi strukturalangan, yumshoq va nam bo`ladi. Bunday tuproqqa, odatda, o`simlik urug`i ekiladi. Tayyorlangan tuproq Kox likopchasiga solinadi va unga pinset yordamida 2 ta buyum oyna tik joylashtiriladi, uzun tomoni bilan pastga qaratiladi. Oynachalar oralig`i 2 - 2,5 sm, tuproq esa ularga zich yopishgan bo`lishi kerak. Kox likopchasini qopqoq bilan bekitib, ustiga kim tomonidan va qachon bajarilganligi yozib qo`yiladi. Kox likopchasining tuproq va oynachalar bilan birga og`irligini aniqlab, xona haroratida qalpoq tagiga qo`yiladi. Daftarga yoki albomga tuproqning og`irligi, tuproqning qisqa tavsifi yoziladi. Oynachalar tuproqda 3 hafta saqlanadi. Bu orada har hafta likopcha og`irligi o`lchanib, tuproq holatiga qarab suv bilan namlanadi. Shu orada, ya'ni oynachalar tuproqda turganda, ularning usti tuproq kolloidlari bilan qoplanadi. Buning hisobiga mikroorganizmlar ko`payadi. Natijada oynachalarni tuproq bakteriyalari, zamburug` va boshqa organizmlar o`sib qoplaydi. 3 hafta o`tgach, tuproq Kox likopchalaridan toza yaltiroq qog`ozning varag`iga olinadi. Ehtiyotkorlik bilan pinset yordamida, ustini qirqib yubormasdan oynachalar olinadi, yopishib qolgan tuproq qoldiqlaridan silkitib olinadi. Bitta oynaning yuzi surtma sifatida foydalaniladi, ikkinchisi esa tuproq qoldiqlaridan tozalanadi. Surtmani flambirlab fiksirlanadi, sovutiladi va uzoq vaqt nordon karbolli eritrozin bilan engil isitilib bo`yaladi. Shuningdek genitsian-violet bilan 2-3 min bo`yalganda ham yaxshi natija beradi. Bo`yalgandan keyin preparat yuviladi. Quritiladi va mikroskopda kamida 10 ta ko`rish maydoni ko`riladi. Bunda mikroorganizmlarning turli-tuman shakllariga, ularning o`zaro bog`lanish xususiyatiga, bakteriyalarning zamburug` gifalari ustida hosil qilgan to`plamlari va shu kabilar tabiiy holatda kuzatiladi. Hamma kuzatishlar albomda 10 -12 ta rasmda tasvirlanadi.
Adabiyotlar
Звягинцев Д.Г. Методы почвенной микробиологии и биохимии. М.: Изд-во МГУ, 1980, С. 26-27.
Красильников Н.А. Методы изучения почвенных микроорганизмов и их метаболитов. М.: Изд-во МГУ, 1960. С. 30-31.
Dostları ilə paylaş: |