O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə13/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

3.5.3. Kapsula

Ba'zi bakteriyalar uglevodlarga boy va azot kam bo`lgan muhitda o`sish vaqtida shilimshiq, hujayra atrofida joylashgan qatlam - kapsula hosil qiladi. Bu xususiyatga ayrim kasallik tug`diruvchi bakteriyalar, saprofitlardan esa Bacillus polymyxa, Azotobacter chroococcum va boshqalar ega.


Kapsulalar ko`pincha gel konsistensiyada bo`lib, mikroskop ostida tirik hujayralarda yaxshi ko`rinmaydi. Kapsulalarni aniqlash uchun bo`yashning turli usullaridan foydalaniladi. Suyuq tush (tush bilan distillangan suv 1:10 nisbatda) yordamida "negativ" bo`yash (negativ kontrastlash) usuli yaxshi natija beradi. Unga 3-5 sutkalik azotsiz Eshbi muhitida o`stirilgan Azotobacter chroococcum kulturasining biomassasi solinadi. Ehtiyotlik bilan aralashtiriladi va qoplag`ich oyna bilan yopilib, kuzatiladi. Preparatning umumiy qora fonida Azotobacter chroococcum hujayralarini o`rab turgan rangsiz yirik kapsulalar ko`rinadi.

Sporali kapsula hosil qiluvchi Bacillus sp. bakteriyalarining yosh kulturasidan yuqoridagidek preparat tayyorlanadi. Mikroskop ostida preparatning qora fonida Bacillus sp. ning tayoqchasimon hujayralarini o`rab turgan rangsiz kapsulalar ko`rinadi.


Sporalarni Burri-Gins usulida bo`yab ko`rish mumkin. Buning uchun Bacillus polymyxadan maxsus oyna yordamida tushda (1:10) surtma tayyorlanadi. Surtma quritilib, alangada 5-6 marta fiksirlanadi. So`ng 1 - 2 min davomida suvli fuksin bilan bo`yaladi. Suv bilan yuviladi, xavoda quritiladi, mikroskopda ko`riladi. Bunda qora fonda qizil ho`jayralarni o`rab turgan rangsiz yirik kapsulalar ko`riladi.


3.5.4. Nukleoid

Yorug` maydonli mikroskopda nukleoid qiyin ko`riladi. Uni ko`rish uchun hujayraga dastlab ribonukleaza yoki xlorid kislotasi bilan ishlov beriladi. So`ng ishqoriy bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Proteus vulgaris, Azotobacter chroococcum, Bacillus megaterium, Bacillus mycoides, Bacillus subtilis larda nukleoid ravshan ko`riladi. Buning uchun buyum oynasida bir sutkali bakteriyalardan surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi va 2 - 3 minut davomida osmiy kislotasining 2% li eritmasi bug`ida fiksirlanadi. Shu maqsadda Petri likopchasi tagiga 2 - 3 tomchi fiksator tomizilib, uning tepasiga buyum oynasidagi surtma o`rnatiladi. Fiksatsiya vaqti tugagach, preparat 2-3 minut davomida 1n. HCl eritmasi bo`lgan stakanga solinadi. Bunda ribosomal RNK gidrolizlanadi. Stakan 600S li suv hammomida saqlanadi. Gidrolizdan so`ng preparat tez suv bilan yuvilgach, 15 minut davomida formalinning 1% li eritmasiga solinadi, yana yuviladi va 1-2 minut davomida ishqoriy fuksinning 0,1-1,0% suvli eritmasi bilan bo`yaladi. Preparat yuvilib quritilgach immersiya moyi bilan ko`riladi. Sitoplazma pushti rang, nukleoid qizil rangda bo`ladi.





Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin