O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə11/36
tarix01.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#170652
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Microbiologiyadan amaliy va laboratoriya kullanma

3.4. Gram usulida bo`yash

Mikrobiologiya amaliyotida bakteriya hujayralarini Gram bo`yicha differentsial bo`yash usuli keng tarqalgandir.


Bu usulda bo`yash 1884 yili daniyalik olim X. Gram tomonidan kiritilgan va o`sha davrdan boshlab diagnostika belgisi sifatida ishlatiladi. Bakteriyalar grammusbat (Gram+) grammanfiy (Gram-) deb farqlanadi. Grammusbat bakteriyalarni gensianviolet bo`yog`i bilan bo`yab, ba'zi moddalar bilan ishlov berib (protravlivanie), so`ngra 960 etanol bilan ishlov berilsa, binafsha rang saqlanib qoladi. Grammanfiy bakteriyalarda esa, gensianviolet bilan bo`yalsa ham, etanol ta'sir etganda rangsizlanib qoladi. Ularni qo`shimcha birorta bo`yoq masalan, fuksin bilan bo`yash mumkin. Shunday qilib, Gram usulida bo`yashning bosqichlarini amalga oshirgandan so`ng, grammusbat bakteriyalar binafsha rangga, grammanfiylari esa - qizil rangga bo`yaladi.
Qator mualliflarning tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, Gram+ va Gram- bakteriyalar faqatgina bo`yashda farqlanmasdan, balki ba'zi antibiotiklarni (penitsillinga) ta'siriga, sulfamid preparatlarini, lizotsimni, proteolitik fermentlarni va boshqalarni ta'sirlariga bo`lgan sezgirliklariga qarab ham farqlanadi. Yana aniqlanishicha, Grammusbat bakteriyalar 1% Na0H da erimaydi. Grammanfiy bakteriyalar esa to`la erib ketadi.
Hozirgi vaqtda ko`pgina mualliflar Gram bo`yicha bo`yalgan bakteriyalarni bu xususiyatlarini hujayra devorini molekulyar qurilishi va kimyoviy tuzilishiga bog`lashmoqda.

Gram usulida bo`yash sxemasi:


1. Saccharomyces serevisiae (Achitqilar) - (Grammusbat);
2. Pseudomonas melochlora - (Grammanfiy);
3. Tadqiqot qilanadigan kultura - (Gram X)

Odatda Gram usulida bo`yaladigan hujayralar yosh, ko`pincha bir sutkalik kulturalar bo`ladi, chunki bo`yoqni tutib qolish ma'lum darajada bakteriyani fiziologiya holatiga ham bog`liq bo`ladi.


Gram usulida bo`yash quyidagicha bo`ladi. Moysizlantirilgan buyum oynasida 3 ta surtma tayyorlanadi - markazda tekshiriladigan kultura, chapda va o`ngda - nazorat kulturalar. Bitta kultura Gram+ va boshqasi Gram- bo`lishi kerak
Tadqiqot qilinadigan kultura sifatida Petri likopchalarida o`stirilgan havo mikroorganizmlarini ishlatish mumkin.
Surtmalarni juda ham yupqa qilib tayyorlash kerakki, ular oyna yuzasida bir tekis tarqalgan bo`lsinlar. Preparat issiqlik yordamida havoda quritiladi, alangada fiksirlanadi va sovitiladi. So`ngra ikki minut davomida gensianviolet bilan bo`yaladi. Buning uchun surtmaga gensianviolet bo`yog`i shimdirilgan qog`oz yopiladi. Bo`yash vaqti tugagandan so`ng bo`yoqli qog`oz olib tashlanadi va suv bilan yuvmasdanoq yodni kaliy yodli suvdagi eritmasi bo`lgan Lugol eritmasi bilan ikki minut davomida ishlov beriladi. Lugol eritmasi tashlanib, surtma suv bilan yuviladi va filtr qog`ozi bilan quritiladi. So`ngra esa mas'uliyatli ish qilinadi: preparat qisqa muddat 96 gradusli etanol bilan 30 sekunddan to 1 minutgacha rangsizlantiralidi. Tezda suv bilan yuviladi va qaytadan 2 minut davomida fuksin bo`yog`i bilan bo`yaladi, suv bilan yuvib tashlangandan so`ng filtr qog`ozi bilan quritiladi va immersiya tizimida mikroskopda ko`riladi. Agar preparat to`g`ri bo`yalgan bo`lsa grammusbat mikroorganizmlar (Gram+) binafsha, grammanfiylar (Gram-) qizil rangda bo`yaladi.
Bakteriyalarni 1% Na0H ga nisbatan munosabatlarini buyum oynasida tekshirsa ham bo`ladi. Buyum oynasiga uchta ishqor tomchisi tomiziladi. Har bir tomchiga ilmoq bilan kontrol va tekshirilayotgan bakteriya biomassasidan ayrim-ayrim solinadi. Gram+ bakteriyalar biomassasi emulsiyalanmasdan parcha-parcha bo`lib qolsa, Gram- larniki esa to`liq erib ketadi, eritma tiniqlashadi.
Adabiyotlar

1. Егорова Н.С. Руководство к практическим занятиям по микро-биологии. М.: Изд-во МГУ, 1983. С. 63.


2. Работнова И.Л, Общая микробиология. М.: “Высшая школа”: 1969, С. 39.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin