Prokariotlarning o`sishi va ko`payishi
Ko`pchilik bakteriyalar ikkiga bo`linib ko`payadi. Kurtaklanish yo`li bilan ko`payadiganlari ham bor. Aktinomitsetlar esa sporalar yoki mitseliy bo`laklari bilan ko`paydi. Bir qator sianobakteriyalar ko`p qismlarga bo`linib ko`payadi. Ko`p hujayrali prokariotlar trixomdan bir qancha hujayra ajrashi yo`li bilan ko`payadi.
1.2. Eukariotlar
Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarga mikro va makroorganizmlar kiritiladi. Eukariot mikroorganizmlar tarkibiga zamburug`lar, bir qator suvo’tlari va sodda hayvonlar kiradi.
1.2.1. Zamburug`lar
Zamburug`lar tabiatda keng tarqalgan geterotrof mikroorganizmlar bo`lib, ularning aksariyati saprofitlar. Lekin parazitik turlari ham uchraydi. Ko`pchilik zamburug`larning asosiy xususiyati - mitseliyning hosil bo`lishi. Mikroskopik zamburug`larning 3 guruhi mavjud: zigomitsetlar, askomitsetlar va deyteromitsetlar. Mikrobiologlarning asosiy obyektlaridan biri bo`lmish achitqilar askomitsetlarga kiritiladi. Achitqilar harakatsiz yakka-yakka hujayralar bo`lib, asosan, kurtaklanib ko`payadi. Mikrobiologik tadqiqotlarda keng qo`llaniladigan achitqilar - Saccharomyces avlodiga kiruvchi achitqilardir, masalan, S.cerevisiae.
1.3. Mikroorganizimlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Mikroorganizmlarga ta'sir etuvchi omillardan biri harorat. Mezofillar uchun optimal harorat 25-400S tashkil etadi. Okeanlar tubida, tundrada psixrofil mikroorganizmlar yashaydi, ular uchun optimal harorat 5-150S tashkil etadi. Ekstremal termofillar 70-1100S da yashay oladi.
Osmotik bosim mikroorganizmlarning o`sishiga ta'sir etuvchi omillardandir. Ko`pchilik organizmlar 0,5 M NaCl konsentratsiyasiga ham chiday olmaydi, ekstremal galofillar esa NaCl ning 2,5 M va undan baland konsentratsiyalarida yashay oladi.
Mikroorganizmlar muhitning nordonligiga ham sezgir. Ekstremal atsidofillar pH 0,5-1,0, alkalofillar esa pH 10,0-11,0 gacha bo`lganda yashaydi, lekin mikroorganizmlarning asosiy guruhlari neytral pH li muhitlarda yashaydi. Ular neytrofillar deb nomlanadi.
Molekular kislorodga nisbatan chin aerob va anaeroblarga ajratiladi. Kam kislorodli (1,0-5%) muhitda yashay oladigan mikroorganizmlar mikroaerofillar deb ataladi. Anaerob mikroorganizmlar fakultativ, aerotolerant va chin anaeroblarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |