2. MIKROSKOPNING TUZILISHI. FIKSIRLANGAN VA BO`YALGAN PREPARAT TAYYORLASH
Mikroorganizmlar juda kichik o`lchamga ega bo`lganligini nazarda tutib, mikroorganizmlar mikrometrlar (mkm) va ularning qismlari bilan o`lchanadi, ularning turli tumanligi, morfologiyasi va hujayrasining tuzilishi mikroskop vositasida o`rganiladi. Mikroskoplar o`rganilayotgan ob'ektlarni yuzlab (yorug`lik mikroskoplari) va yuz minglab (elektron mikroskoplari) kattalashtirishi mumkin.
Mikrobiologiyadan amaliy mashg`ulotlarda odatda MBI-I, MBR-I kabi yorug` maydonli mikroskoplar qo`llaniladi. Bulardan tashqari faza-kontrast qurilmali, qorong`u-maydonli va lyuminestsent mikroskoplar yordamida ham ko`riladi.
2.1. MBR-I mikroskopining tuzilishi
Mikroskopning mexanik va optik qismlari mavjuddir.
Mexanik qismiga buyum stolchasi va tubus mahkamlangan shtativ (tutqich) kiradi (1-rasm). Buyum stolchasiga preparat o`rnatiladi. Preparatni qisqichlar yordamida qisish, o`ng va chap tomondagi ikki vintlar yordamida gorizontal tekislikda harakatga keltirish mumkin. Buyum stolchasi tagida kondensor kronshteyni mahkamlangan. Shtativni yuqori qismi tubus tutqichni makrometr va mikrometr vintlar yordamida harakatlantirish mumkin. Bu vintlarni soat mili yo`nalishida buralsa tubus tutqich pasayadi, soat miliga teskari tomonga burilsa - ko`tariladi. Mikrometr vintni bir aylanishi tubusni 0,1 mm ga suradi. Mexanik qismiga yana obyektivlar buralib joylashtiriladigan revolver kiradi. Tubusni yuqori uchiga okulyar mahkamlanadi. Optik qismiga yoritgich apparat, obyektiv va okulyar kiradi. Yoritgich apparat esa kondensor va ko`zgudan tuzilgan bo`ladi. Ko`zguni bir tomoni yassi va ikkinchi tomoni botiq ko`rinishga ega.
rasm. MBR – 1 mikroskopi
1 - ko,zgu, 2 – kondensor, 3 – buyum stolchasi, 4 – obyektiv, 5 – revolver, 6 – okulyar, 7 – tubus, 8 – tubus ushlagich, 9 – buyum stolchasining harakatga keltiruvchi murvat, 10 – makrometrik murvat, 11 – mikrometrik murvat, 12 – taqasimon taglik.
Kondensor linzalar tizimidan tashkil topgan bo`lib, yorug`lik manbaidan keluvchi va ko`zguda qaytarilgan parallel nurlarni to`plab berish vazifasini bajaradi. Yorug`lik o`tishi jadalligi, iris diafragma orqali boshqarilishi mumkin. Diafragma ostida nurfiltrlar uchun gardish joylashgan. Kondensorni tik yo`nalishda maxsus vint yordamida harakatga keltirish mumkin. Kondensor bilan ishlanganda ko`zguning faqat tekis tomonligidan foydalaniladi.
Obyektiv metall gardishda joylashtirilgan linzalar tizimidan tuzilgan bo`lib, ularning eng asosiysi tashqi (frontal) linzadir. Obyektivni kattalashtirishi uni fokus masofasi va egriligiga bog`liqdir. MBR-1 mikroskopida 8x, 40x (quruq) va 90x (immersiya yoki moy) marta kattalashtiruvchi obyektivlar bor. Quruq obyektivlarning frontal linzasi bilan obyekt orasida havo bo`ladi, moy (immersiya) obyektivlarda esa mahsus moy bo`lib, uning nur sindirishi buyum oynanikiga teng bo`ladi (n = 1,5). Natijada, yorug`lik nurlari obyektdan va moydan o`tib tarqalib ketmaydi. Mikroorganizmlarni kuzatganda ko`pincha immersiya obyektivi ishlatiladi.
Okulyarlar ikki linzadan tashkil topadi: yuqori - ko`z va quyi - to`plagich. Ular orasida umumiy gardishda diafragma joylashadi. Kattalashtirish imkoniga ko`ra okulyarlar har xil bo`ladi: 5x, 7x, 10x, 12x, 15x va 20x marta kattalashtiruvchi okulyarlardir. Eng muhimi mikroskopning kattalashtirishi va ko`rsatish imkoniyatidir.
Mikroskopning umumiy kattalashtirishini topish uchun obyektiv kattalashtirishini okulyar kattalashtirishiga ko`paytirish kerak. Masalan: immersiya obyektivi ishlatilganda (90 x) okulyar 7x bo`lsa, umumiy kattalashtirish 630 martaga teng bo`ladi.
Mikroskopning ko`rsatish imkoniyati deb ma'lum mikroskopda ikki nuqta orasidagi eng kichik ko`ra oladigan masofaga aytiladi. Bu masofa ko`ra bilish masofasi (d) deyiladi. Uning kattaligi nurning to`lqin uzunligiga ( ), obyektivning appertura soniga (A1) va kondensorning appertura soniga (A2) bog`liq.
Agar A1 = A2 ,
Appertura soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |