O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə30/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

7.2. Sterillash usullari 


Sterillash (lotincha sterilis - naslsiz) fizik va kimyoviy usullar yordamida mikroorganizmlarni o`ldirishdir. 
Mikrobiologiya amaliyotida sterillash eng asosiy va zarur usullardan biridir. U faqat sterillanayotgan obyektning 

sirtidagi mikroorganizmlarni o`ldiribgina qolmay, balki obyekt ichidagi mikroorganizmlarni ham o`ldiradi. Oziqli


muhitlar, idishlar, har xil asboblar va boshqa narsalar sterillanadi. Klinik va profilaktik tibbiyot uchun sterillashning 
ahamiyati katta. Mikroorganizmlarni o`ldirish oziq moddalarni konservalashning asosidir.
Mikrobiologiya amaliyotida shisha idishlar (Petri likopchasi, kolba, pipetka, probirkalar) oziqli muhitlar, asboblar 

va boshqa materiallar (masalan: qog`oz, paxta, doka va boshqalar) sterillanadi.


Sterillanadigan material mikroorganizmlar qayta tushmasligi uchun sterillashdan oldin quyidagicha ma'lum bir 

usul bilan himoyalanadi. Petri likopchalari ayrim-ayrim qilib yoki 2-5 tagacha qog`ozga o`raladi, probirka va


kolbalarni og`zi paxta dokali tiqin va qog`oz qopqoqlar bilan yopiladi. Pipetkaning uchi paxta tiqini bilan bekitiladi, 
qog`oz lentalar (kalka va shunga o`xshash) bilan o`raladi, bir nechtasini birlashtirib, bitta qog`ozga yoki, maxsus




14

metall penallarga solib sterillanadi. Probirkalar 10-20 tadan qilib bitta qog`ozga o`raladi. Sterillashda har xil o`lcham 
va shakldagi (dumaloq yoki kvadrat) metall qutichalar keng ishlatiladi.
Kulturani ekishda Petri likopchalariga oziqa muhitini quyganda va boshqa ishlardagi kulturalarga 

mikroorganizmlar tushib qolmasligi uchun xona, kiyim va atrofdagi narsalar toza bo`lishi shart. Mikrobiologik


ekishlarni shunday sharoitda olib borish zarurki, bu kulturalarning tashqi muhitdan zararlanmasligi lozim, ya'ni aseptik 
sharoit yaratish lozim.
Sterillashning turli usullari bor: bug`, havo, kimyoviy, ion nurlanish va boshqa usullar. Qaysi usulni tanlash 

o`rganilayotgan obyekt, uning qo`llanilishi va qanday apparatura borligiga bog`liqdir.


Sterillash usuli asosan 2 guruhga bo`linadi: 


Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin