O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 317,19 Kb.
səhifə33/50
tarix07.01.2024
ölçüsü317,19 Kb.
#209618
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi-hozir.org

Membranali filtrlar diametri 35mm, qalinligi 0,1 mm bo`lgan disklar bo`lib, ular nitroselluloza asosida ishlab
chiqilgan. Teshiklarning o`lchamiga ko`ra ular 1-5 raqamli bo`ladi. Membranali filtrlarning teshiklari kichik 
bo`lganligi uchun mikroorganizmlarni tutib qoladi. Bunda adsorbsiya unchalik ahamiyatga ega emas.
2) Ultrabinafsha nurlar. Ayrim paytlarda sterillash ultrabinafsha (UB) nurlar yordamida amalga oshiriladi

masalan, sentrifuga probirkalar, ular termolabil plastmassadan qilinadi. Laboratoriya bokslari, operatsiya xonalari UB


nurlar yordamida sterillanadi. Bunda maxsus kvars chiroqlaridan foydalaniladi ,eng samarali nurning to`lqin uzunligi 
260 nm. UB nurlar berish vaqti tajriba asosida belgilanadi. Gamma nurlar ham sterillashda samaralidir. Nurlanish
universal kobalt qurilmasida amalga oshiriladi. 
3) Gazli sterillash. 

Ular turli gaz aralashmasi yordamida maxsus germetik yopiladigan apparatlarda olib boriladi. Eng samarali


aralashma etilen oksidi va metil bromiddir (OB aralashmasi). Og`irligi 1:1, 44 nisbatda bo`ladi. Ko`p vaqtlarda gazli 
sterillash yuqori haroratda (45-70
0
S gacha) 24 soat davomida olib boriladi. Bunda gazning konsentratsiyasi, bosimi, 

namlik, harorat, davomiylik nazorat ostida bo`ladi. Sterillanish tamom bo`lgandan so`ng gaz kameradan chiqariladi va


tozalangan havo bilan to`ldiriladi. Gaz yordamida sterillangan buyumlar 24 soatdan keyin ishlatilishi mumkin. 
4) Dezinfeksiya. Sterillash usullaridan tashqari, dezinfeksiyadan ham foydalaniladi. Bunda kassalik tug`diruvchi 

mikroorganizmlar, spora hosil qilmaydigan ko`pgina patogen mikroorganizmlar zararsiz holga keltiriladi. Odam yoki


xona va kiyim dezinfeksiya qilinadi. Dezinfeksiyada har xil kimyoviy moddalar, uchuvchan va uchmaydigan - lizol, 


fenol, formaldegid, xloroform, xloramin, spirt, vodorod peroksid, kaliy permanganat va boshqalar ishlatiladi.


Yüklə 317,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin