O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy guruhga kirgan o’quvchilarga quyidagilar ruxsat etiladi



Yüklə 282,28 Kb.
səhifə3/18
tarix02.01.2022
ölçüsü282,28 Kb.
#38992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 javob

Asosiy guruhga kirgan o’quvchilarga quyidagilar ruxsat etiladi:

a) dastur bo’yicha jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga keng ko’lamda qatnashish; b) jismoniy tarbiya jamoasi seksiyalari mashg’ulotlarida qatnashish; v) musobaqalarda ishtirok etish.

Tayyorlov guruhidagi o’quvchilarga umumiy jismoniy tarbiya dasturi bo’yicha bo’ladigan mashg’ulotlarga qatnashishga ruxsat etiladi, lekin dastur materiallarini o’tishda asta-sekinlik tamoyiliga rioya qilish kerak. Shifokor ko’rsatmasiga muvofiq tayyorlov guruhi o’quvchilarining zo’riqtiradigan mashqlarni bajarishi, xususan, yugurishi cheklab qo’yiladi.

Mashg’ulotlar o’tkazish paytida bolalarga individual munosabatda bo’lish, mashqlarning izchilligi, takrorlash mashqlarining soni va bir dars hamda bir darsdan ikkinchi darsga o’tish davomidagi yuklamaning o’sib borishiga asosiy e'tibor qaratiladi.

Maxsus tibbiy guruhga kirgan o’quvchilar bilan haftada bir yoki ikki marta darsdan tashqari vaqtda mashg’ulotlar o’tkaziladi. Mashg’ulot maxsus dasturga muvofiq kerakli tayyorgarlikka ega bo’lgan tibbiyot xodimi yoki o’qituvchi tomonidan o’tkaziladi.

Jismoniy tarbiya darslarida o’qituvchi jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini yechish uchun sharoit yaratadi, o’quvchilarning mustaqil ishini boshqaradi. Darslar aniq darajada jismoniy tarbiyaning boshqa shakllari mazmunini aniqlaydi.

Har bir mashqning yuqori samaradorligiga erishishda darsning uslubi va nazariyasini chuqur bilish katta ahamiyatga ega. Nazariyani ijodiy anglash o’qituvchiga o’quvchilarning aniq harakat imkoniyatlari va o’quv vazifalariga muvofiq tarbiya va ta'limning ko’pdan ko’p uslublari, jismoniy mashqlarning barcha boyligidan foydalanish imkonini beradi.





Darsning o’ziga xos belgilari va unga qo’yiladigan

Yüklə 282,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin