O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi



Yüklə 282,28 Kb.
səhifə2/18
tarix02.01.2022
ölçüsü282,28 Kb.
#38992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 javob

Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi:

1.O’quvchilar organizmining sog’lig’ini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish.



  1. Turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo’lish uchun shu yoshga xos bo’lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish.

  2. Hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko’nikmalarini rivojlantirish.

  3. O’quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlar berish.

  4. O’quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishga qiziqtirish va shunday odatni shakllantirish.

  5. O’quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qilish.

Maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasining amaliyoti va nazariyasida barcha shakllarni ikki guruhga bo’lish qabul qilingan. Barcha darslarda amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya, asosan, o’quv-ta'lim jarayonini ifodalasa, boshqasi – darslardan tashqarida majmuali tarbiyaviy ta'sir o’tkazishdir.

Jismoniy tarbiya va ta'lim” kursi umumiy o’rta ta'limda quyidagilardan tarkib topadi:



  1. Jismoniy tarbiya darsi maktab o’quvchilari jismoniy tarbiyasini tashkil etishning asosiy shaklidir.

Jismoniy tarbiya umumiy o’rta ta'lim maktablari muassasalarining barcha sinflarida o’quv rejasida nazarda tutilgan o’quv fanidir. Fanning mazmuni davlat dasturi bilan tartibga solinadi.

  1. O’quv kuni tartibidagi jismoniy tadbirlar: mashg’ulotgacha gimnastika, jismoniy mashq daqiqalari, katta tanaffusdagi o’yinlar, jismoniy tarbiya va sport bo’yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlar.

Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishining asosiy shakli o’qituvchi tomonidan davlat dasturiga binoan, maktab o’quv rejasi va qat'iy jadval bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridir. Jismoniy mashg’ulotlar sog’lig’i tekshirilib, ruxsat etilgan hamma o’quvchilar uchun majburiydir. Maktabda o’quvchilar sog’lig’ining holati bo’yicha uch guruhga bo’linadi: asosiy, tayyorlov va maxsus.

Asosiy guruhga jismoniy rivojlanishi va salomatligi hech bir kamchiliksiz, shuningdek, salomatligida sezilarsiz darajada nuqsoni bo’lib, yetarlicha jismoniy tayyorlangan o’quvchilar kiradi.

Tayyorlov guruhiga jismoniy rivojlanishida va salomatligida sal og’ish bo’lgan hamda jismoniy jihatdan kam tayyorlangan o’quvchilar kiradi.

Sog’lig’ida doimiy yoki vaqtincha xususiyatli jiddiy nuqsoni bo’lgan o’quvchilar maxsus guruhga ajratiladi.

Ayrim o’quvchilar salomatligi yaxshilanguncha ma'lum vaqtga jismoniy mashg’ulotlardan butunlay ozod qilinadi. Zarur holatlarda muayyan ko’rsatmalarga binoan ayrim o’quvchilarga davolovchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari belgilanishi ham mumkin.




Yüklə 282,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin