Ta'lim vazifalarini ifodalashda, albatta, quyidagilar e'tiborga olinadi: a) o’rgatishda texnikaning negizi;
b) o’rgatilayotgan harakat faoliyatidagi texnikaning asosiy bo’lagi yoki detallari;
v) shug’ullanuvchilar oldiga qo’yiladigan jismoniy va psixik talablar darajasi.
O’rgatish vazifalari: 1. Mashg’ulot mazmuniga oid mashq bilan tanishtirish.
2. Mustahkamlash va nazorat, sinovlarni qabul qilish va boshqalar. Masalan:
oldinga o’mbaloq oshishda o’z-o’zini himoya qilishni o’rgatish;
uch harakat usulida tirmashib chiqishni takrorlash; - turnikda tortilish bo’yicha o’quv talablarini qabul qilish;
yugurib kelib granata uloqtirishga o’rgatish.
Ta'lim vazifalarini amalga oshirish, odatda, tarbiyalash va sog’lomlashtirish vazifalari bilan bog’lab olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida diqqat, intizomlilik, iroda, saranjomlik, buyumlarni ehtiyot qilish, shuningdek, do’stlik, o’rtoqlik, maqsadga intiluvchanlik, mustaqillik va qiyinchiliklarni yengishda qat'iylik tarbiyalanadi.
Axloqiy, irodaviy va estetik sifatlarni tarbiyalash darsning hamma qismlarida hal etiladi. O’qituvchi o’rgatish bilan bir vaqtda tarbiyalaydi ham. U darsning har bir daqiqasida o’quvchilar faoliyatiga kerakli yo’nalish beradi, ularning o’quv jarayoniga va bir-biriga bo’lgan munosabatini va h.k. izga soladi.
Ammo tarbiya vazifalarini hal etishga bag’ishlangan maxsus darslar ham bo’lishi mumkin.
Masalan, o’qituvchi o’quvchilarda qat'iylik va qiyinchiliklarni yenga olish xususiyatini tarbiyalash maqsadida mashqlarni yoki ularni bajarish sharoitlarini murakkablashtirib, ba'zi qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. qat'iylik va botirlik kabi sifatlarni tarbiyalash darslarda xuddi shu sifatlarni namoyon qilishni talab etadigan mashqlarni (sakrash, muvozanat saqlash) qo’llash orqali amalga oshiriladi. Masalan:
ertalabki gigienik gimnastika bilan shug’ullanish odatini tarbiyalash;
«Kun va tun» o’yinida oddiy reaksiya tezligini tarbiyalash;
ovoz signaliga muvofiq harakat yo’nalishini o’zgartira bilishni tarbiyalash;
o’rganilgan mashqlarni to’g’ri tushuna bilish va uni ijodiy tatbiq eta olishni tarbiyalash.
Sog’lomlashtirish vazifalari shug’ullanuvchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, sog’lig’ini mustahkamlash, to’g’ri qaddiqomatni shakllantirish va chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi.
Sog’lomlashtiruvchi vazifalarni belgilaganda uning yo’nalishi va harakat (mashq) xili ko’rsatiladi. Masalan:
tos-son bo’g’imining harakatchanligini oshirish;
to’g’ri qad-qomatni shakllantirish;
URM yordamida chidamlilikni tarbiyalash;
yurganda, turganda to’g’ri qad-qomatni tuta bilishga ko’niktirish.
Dostları ilə paylaş: |