O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Tayyorgarlik qismi (8-10 daqiqa)



Yüklə 282,28 Kb.
səhifə6/18
tarix02.01.2022
ölçüsü282,28 Kb.
#38992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 javob

Tayyorgarlik qismi (8-10 daqiqa).

Vazifasi – o’quvchilarni uyushtirish, dars vazifasini tushuntirish, shug’ullanuvchilar organizmini bo’lajak jismoniy harakatga va mashqlarni bajarishga tayyorlash.

Mazmuni – saflanish elementlari, gimnastik qayta saflanishlar, qo’llar, oyoqlar, gavda bilan qo’shimcha harakatlar qilib yurish, yugurish, sakrash, umumrivojlantiruvchi va raqs mashqlari, o’yinlar. Asosiy qism (25-30 daqiqa).

Vazifalari – darsning asosiy vazifalarini hal etish, ya'ni yangi materialni o’rgatish, o’tilgan materialni mustahkamlash maqsadida takrorlatish, o’quvchilarning harakat, malaka va ko’nikmalarni egallashlariga erishish, ularda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilikni rivojlantirish.

Asosiy qismdagi mashqlar tayyorgarlik qismidagi mashqlarning izchil davomi bo’lishi lozim.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu yerda ham o’rtacha fiziologik samaraga erishish hamda boshqa mashq turlariga tayyorlash uchun qo’llaniladi. Buyumlar bilan bajariladigan va qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlar darsga xususiy vazifani hal etish – bu harakat turlarini o’rgatish uchun kiritiladi.

O’quvchilarga har tomonlama ta'sir ko’rsatish va ularning ko’p miqdordagi harakatlarni egallashlari uchun darsning asosiy qismiga uch- to’rtta jismoniy mashq kiritiladi, asosan, ulardan harakatchanlikni talab qiluvchi o’yinlar (yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish va oshib o’tish) o’tkaziladi.

Mazmuni – muvozanat saqlash mashqlari, to’plar bilan bajariladigan mashqlar, akrobatik mashqlar, ko’p harakat talab qiluvchi o’yinlar va h.k.

Darsning asosiy qismiga mazkur bosqich dasturida berilgan har qanday material kiritilishi mumkin.

Organizmni zo’riqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan so’ng o’tkaziladi. Bu bilan yuklamani asta-sekin oshirish qonun-qoidalariga rioya qilinadi. Yakunlovchi qism (3-5 daqiqa).

Vazifalari – darsning asosiy qismidagi mashg’ulotlarda yuzaga kelgan taranglik va qo’zg’alishdan sekin-asta nisbatan xotirjam holatga o’tish, ijobiy jihatlar va kamchiliklarni ko’rsatish, darsni yakunlash, uyga vazifa berish, uyushgan holda yangi faoliyatga o’tish.

Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini to’g’ri o’tkazish tufayli o’quvchilarning barcha a'zolarida bir oz qo’zg’alish yuzaga keladi, ularning tomir urishi, nafas olishi tezlashadi. Endi o’quvchilarni boshqa faoliyat turiga tayyorlash uchun ular organizmini vazmin holatga keltirish zarur.



Mazmuni – saflanish, yurish, ritmik va raqs mashqlari, nafas olish mashqlari, tinch o’yinlar, o’qituvchining yakunlovchi so’zi, uyga vazifa.



Yüklə 282,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin