O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 282,28 Kb.
səhifə4/18
tarix02.01.2022
ölçüsü282,28 Kb.
#38992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 javob

umumiy talablar


Jismoniy tarbiya darslari o’z mazmuni va tashkil etilishiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular zalda, maydonchada, vestibyulda o’tkaziladi, bunday joylarda bolalar harakati kamroq cheklangan bo’ladi, bu esa bolalarni uyushtirish va dars o’tkazish uchun alohida sharoit yaratadi. Bolalar jismoniy tarbiya darslarida odatdagi maktab kiyimida emas, balki maxsus sport kiyimlarida shug’ullanadilar, boshqacha harorat sharoitida bo’ladilar. Dars paytida ular mashq bajarish uchun qayta-qayta o’z joylarini o’zgartirib turishlariga va bir-birlari bilan xilma-xil o’zaro hamkorlik qilishlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, o’quvchilar sinfga to’la bog’liq ravishda harakat qilishga majbur bo’lib qolganlarida o’qituvchi zudlik bilan darsdagi sharoitni atayin o’zgartirishi mumkin.



Jismoniy tarbiya darslari o’quvchilar organizmiga ta'sir etuvchi juda rangbarang harakat sezgilarining ko’pligi bilan farqlanadi. Shuning uchun bu yerda o’quvchilarga ko’proq individual yondashish lozim.

Jismoniy tarbiya katta amaliy ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida qo’llaniladigan jismoniy mashqlar ichida hayotiy muhim, kundalik turmushda qo’llaniladigan mashqlar ko’p. Maktabning vazifasi o’quvchilarni jismoniy tarbiya vositalaridan har kuni o’qish, mehnat, dam olishning turli sharoitlarida foydalanishga odatlantirishdir.

Bu xususiyatlarning barchasi o’qituvchining jismoniy tarbiya darslarini o’tkazish mas'uliyatini kuchaytiradi.





Yüklə 282,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin