O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


-MAVZU: Jadidchilik harakati va uning Turkiston mintaqasidagi siyosiy muhitga ta’siri



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

2-MAVZU: Jadidchilik harakati va uning Turkiston mintaqasidagi siyosiy muhitga ta’siri.
Reja.
1.Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari.
2. Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati.
3. XX asr boshlarida Xiva xonligida shakllangan jadidchilik
harakati.
4.Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashidagi ustuvor
yo’nalishlari.
Jadidchilik harakati XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan favqulodda qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatli qilish jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish, pirovarida, milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tatbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida tarixiy vaziyat taqozosi bilan vujudga keldi. Bu harakat o’zining shakllanish yo’lini bosib o’tar ekan, asr boshlaridan 1917 yil fevral inqilobiga qadar bo’lgan dastlabki bosqichlarida milliy ozodlik harakati sifatida uzil-kesil rasmiylashdi.
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarini zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va Vatanni mustaqil ko’rishni orzu qildilar va shu yo’lda fidoiylarcha kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo’nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish; turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr gruppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish; xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o’rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin tuzish. Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan olingan madaniy-ma’rifiy yo’nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir SHakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy (Samarqand), Munnavarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydulla xo’ja Asadullaxo’jaev (Ubaydulla Xo’jaev), Toshpulatbek Norbutabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xo’jaev, Usmon Xo’ja (Usmonxo’ja Po’latxo’jaev), Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhitdinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, CHo’lpon, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So’fizoda (Farg’ona vodiysi), Polvonniyoz Hoji, Yusupov, Boboxun Salimov (Xorazm) turardi.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va o’ynalishiga ko’ra uchga bo’linadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidlari o’rtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston o’lkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qilgan. Ular podsho Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, so’ngra mustaqil davlat bo’lishini yoqlab chiqdilar.
D.Alimovaning yozishicha jadidlar mafkurasida hozirgi kunda jamiyatni tashvishiga solayotgan-dinning inson ma’naviy kamolotidagi o’rnini to’g’ri tushunish, bozorni shakllantirish, jarayonlarini faollashtirish, taraqqiy-
parvar demokratik institularni vujudga keltirish, o’lkada o’ziga xos milliy rivojlanishni shakllantirish kabi tarixiy vazifalar jamlangan edi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun muhim shartlar bo’lib, islom tushunchasini yangilash, uni mutaassiblikdan tozalash, fan yutuqlari va ilg’or texnologiyani egallash muammolarini hal etish lozim edi.
Jadidlar islomning taraqqiyparvar rolini tushun-tirish bilan ta’lim, iqtisod, madaniyat va umuman, jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh etish zaruriyatini tushun-tirishga intilganlar. Qurg’on va uning tafsirini juda yaxshi bilgan muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy o’z maqolalaridan birida Qur’on oyatlari va payg’ambarimiz hadislaridan namunalar keltirish, bilan islom ta’lim maorif va barcha fanlarga, shu jumladan tarix faniga qay darajada katta ahamiyat berganligini isbotlab bergan. U islom tarixini bilmasligi oqibatida aksariyat hollarda o’ng’aysiz vaziyatga tushib qoladigan din peshvollarini tanqid qiladi.
Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi turli taraqqiyparvar oqimlar dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar va muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy harakatlar Turkistonga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Progressiv kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar.
Jadidlar Rossiyadagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar, vujudga kelayotgan rus siyosiy partiyalari dusturlarini o’rgandilar. Lekin milliy mentalitetning o’ziga xos xususiyati bo’lgan o’zbek xalqining tinchliksevarlik, bosiqlikka moyilligidan kelib chiqib, ular tinchlik yo’li bilan, jamoatchilikning murojaatlari, Davlat Dumasidagi ommaviy bahslar va boshqa legal vositalar bilan podsho hokimiyatidan o’z maqsadlarini amalga oshirish yo’lida yon berishga erishishga intildilar. Behbudiyning 1906 yil 11 oktyabrda «Xurshid» gazetasida chop etilgan maqolasida ta’kidlanishcha, jadidlar birlashib yagona musulmon partiyasi tuzish va Butunrossiya musulmonlari ittifoqi tarkibiga kirishlari zarur.
SHu bilan ular Rossiyadagi barcha turkiy xalqlar orasidagi progressiv kuchlarga taxnishga intildilar. Behbudiy ushbu maqolasida sotsial – demokratlar partiyasiga nisbatan o’zining salbiy munosabatini bildiradi va bolьsheviklar partiyasi dasturining musulmonlar turmushi talablariga muvofiq kelmaydigan xayoliy (utopik) qarash ekanligini 1906 yildayoq bashorat qilgan edi. XX asr tarixi Behbudiy fikrlari to’g’ri ekanliginini to’liq isbotlab berdi.
XX asr boshqaridayoq milliy ozodlik harakati bayrog’ini dadil ko’tarib, milliy kuchlar birligini ta’minlash borasida salmoqli faoliyati ko’rsatgan Turkiston jadidlari jahon jamoatchiligi e’tiborini o’ziga tortganligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Taniqli adabiyotshunos olim N.Karimovning yozishicha, Turkistonda siyosiy partiyalar faoliyatini yaxshi o’rgangan frantsuz razvedkachisi mayor Lyakosta, 1906 yilda o’z mamlakatiga yo’llagan yashirin ma’lumotiga bunday yozgan edi: «Turkiston o’lkasidagi eng e’tiborli va kelajagi porloq siyosiy kuch sotsial demokratlar (bolьsheviklar va menьsheviklar) yoki sotsial inqilobchilar (eserlar) yohud kadetlar va liberallar emas, balki o’zbek jadidlaridir». O’z oldilariga Turkiston xalqlarining taqdiri uchun muhim ahamiyatga molik vazifani qo’ygan jadidlar 1906 yil yanvar oyida Peterburgda bo’lib o’tgan Butunrossiya musulmonlar Burultoyiga (o’z vakillarini yuborib, Rossiya tasarrufida yashagan boshqa msulmon xalqlar va ularning peshqadam arboblari bilan aloqa o’rnatganlar. Xususan, Rossiya Davlat dumasiga Turkistondan saylangan birinchi deputat Toshkentlik Abduvohidqori Abduraufqorievning bu sohadagi katta tashkilotchilik qobiliyati diqqatga sazovordir. U keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov bilan birgalikda «SHuroi Islom» jamiyatini tashkil qilgan edi.
Rossiyaning Turkistondagi maxfiy politsiya idorasi ham jadidlarni o’zbek savdo–sanoat ahli qo’llab-quvvatlashi va ular shakllanayotgan o’sh avlodga yomon ta’sir ko’rsatiyotganidan xavotirlanib, Markaziy jadidlar bilan jiddiy hisoblashishga chaqirgan edi. 1916 yildagi milliy ozodlik qo’zg’oloni va 1917 yilgi Rossiya Fevral inqilobining o’lkadagi jadidchilik harakatining yanada keng avj olishida va jadidlar faoliyatida keskin sifat o’zgarishi yuz berishida o’rni va roli katta bo’ldi. Jadidlarning ma’rifiy–mafkuraviy jabhadagi kurashi aniq ifodalangan siyosiy kurash tusini oldi va bu harakat sifatidan yangi bosqichga ko’tarildi.
Buxorodagi jadidchilik harakati Turkiston o’lkasiga nisbatan og’ir ijtimoiy–siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullavachchalar, mayda do’kondorlar va ma’murlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va sarbozlar o’rtasida nufuzi avvaliga past bo’lgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi bo’lishdi. 1900 yili Buxoroda vobkentlik dehqon Jo’raboy ilk yangi uchun maktabini ochdi.
Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo’lgan qadimiylar oqimi qarshi chiqdi. Sadriddin Ayniyning yozishicha, XX asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiylarga bo’lingan edi. 1908 yilda «Buxoroi sharif shirkati» tuzilib, u darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug’ullanadi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmon Xo’ja, Hamidxo’ja Mehriy, Abdulvohid Bo’rxonov, Abdulqodir Muhitdinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa’diy shirkatning tashkilotchilari edi. 1909 yil dekabrda jadidlar Buxoroda «Tarbiyai atfol» (Bolalar tarbiyasi) maxfiy jamiyatini tuzishdi. Unga Abdulvohid Burhonov, Hamidxo’ja Mehriy, Ahmadjon Hamday, Mukammil Burhonov, Xoji Rafe kabi mashhur jadidlar asos solishgan. Bu jamiyat buxorolik va turkistonlik yoshlarni Istanbuldagi «Buxoro ta’limi maorif jamiyati» bo’limiga o’qishga jo’natdi. Xorijdagi ta’lim yoshlar dunyoqarashida tubdan burilishi yasadi. Jadidchilik harakati Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boshlangan bo’lsa ham, amirlikdagi og’ir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi. (910 yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus oldi va «Tarbiyai atfol» maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi. Buxorodagi jadidchi-
lik harakatiga taraqqiyparvar ulamolardan, muftiy va mudarris Ikrom domla (Ikromcha nomi bilan mashhur bo’lgan) muhim o’rin tutadi. U yaqin va O’rta SHarq mamlakatlarida sayohatda bo’lib, «Uyqudagilarning uyg’onishi va nodonlarning ogoh bo’lishi» (1910) nomli risolasida Buxorodagi amirlik tuzumidan norozilik kayfiyatlarini ochiq aks ettirgan. Bu risola buxoroliklar o’rtasida juda mashhur bo’lgan. Ushbu risoladan so’ng Ikrom domla Buxorodan surgun qilinib, Peshko’ tulaniga qozi qilib jo’natilgan (1912–1914 y.).
1914 yil 25-26 yanvarda Buxoro shahrida bo’lgan ulamolar yig’ilishida muftiy Ikrom domla yangi usul (jadid) maktablari ochishga ruxsat berish to’g’risidagi o’zi tayyorlagan dasturni ma’lum qiladi. Bu yig’inishda Buxoroning eng nufuzli ulamolari shayxulislom, a’lam, rais, qozikalon, okun, muftiy askar va boshqalar ishtirok etishadi. Bu paytda Ikrom domla o’z atrofiga yangi usuldagi maktablarni qayta tiklash tarafdori bo’lgan mingga yaqin mullavachchalarni birlashtirgan edi.
Bu paytda Fitrat, S.Ayniy, Usmon Xo’ja, A.Burhonovdan tashqari buxorolik jadidlar o’rtasida katta hurmatga ega bo’lganlardan biri mashhur tabib, sayohatchi va jamoat arbobi Mirzo Siroj hisoblanadi. U «Buxoro xalqiga tuhfa» degan asari bilan mashhur bo’lib, unda o’zining Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alariga safari haqida keng ma’lumotlar beradi. Ba’zi manbalarga qaraganda, Mirzo Siroj oliy ta’limni XX asr boshlarida SHveytsariyada olgan.
Buxoro amirligi va Turkistonda ish ko’rayotgan o’zbek ma’rifatparvarlarining qudratli to’dasining faoliyati haqida rus maxfiy politsiyasi–Turkiston rayon muhofaza bo’limi (TRMB) keng ma’lumotlar to’llagan edi. U Turkiston yoshlarining Turkiya bilan aloqasidan chyochigan va yosh turklar ta’sirini yo’qotish choralarini izlagan. SHu jihatdan amalga oxranka fondlarida saqlanib qolgan Mirzo Ahmad qushbegining «Taraqqiyparvarlar jamiyati g’oyalari ocherki» deb nomlangan ma’lumotnomasi diqqatga sazovordir. Mazkur Hujjatda quyidagilar alohida ta’kidlangan edi: «Taraqqiyparvarlar jamiyatining bosh g’oyasi yosh turklar taraqqiyotiga tahdid etishdir. Ularning rejasi xalqqa siyosiy va ichki erkinlik berish. Aholi o’rtasida o’z e’tiborlarini ular siyosat va din zaminidagi harakatlari bilan amalga oshirishni rejalashtirishgan edi. Ular o’zlarini xalqni ruslar va mahalliy ma’muriyat zulmidan xalos etishga qaratilgan siyosatni olib boruvchilar, qilib ko’rsatishga intilishadi. Rus tili va ma’lumotini egallagan hamda rus unsurlari (elementlari) doirasida yuruvchi yoshlarning ko’pchiligi ularga xayrixoh bo’lib, bu g’oyalarni tarqatishda yaqindan yordamlashmoqda».
Buxorodan Turkiyaga o’qish uchun yuborilgan talabalar soni asta – sekin oshib boradi, masalan, 1911 yilda Istanbulga o’qish uchun 15 kishi, 1912 yilda 20 kishi jo’natilgan edi. Bu talabalarning eng ko’zga ko’ringani Fitrat bo’lgan. Biroq Rossiyada aksilturk kayfiyatini kuchayishi munosabati bilan Turkiyada, shuningdek, Orenburgda tahsil olayotgan talabalar Buxoroga qaytariladi. Bu holatni Fayzulla Xo’jaev «Jadidlarning avvalgi xayolparastligi endi vaziyatga to’g’ri kelmay qoldi», deb baholaydi.
SHunday qilib, XX asrning boshlarida Buxoro amirligidagi jadidlar va boshqa taraqqiyparvar kuchlar vaziyatga tanqidiy yondashgan holda davlatning ichki boshqaruv tizimi zamon talablariga javob bermasligini, mehnatkash xalqning turmush darajasi nihoyatda past ekanligini va siyosiy–ma’muriy tuzumni o’zgartirish lozimligini chuqur onglay boshlashgach. Ana shu zaminda jadidchilik harakatidan siyosiy partiyalar va milliy tashkilotlar o’sib chiqdi.
XX asr boshlarida Xiva xonligida shakllangan jadidchilik harakati esa bir qadar boshqacharoq tarixiy shart–sharoitda vujudga kelgan edi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning o’ng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo–sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini o’ziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfondiyorxonning Bosh vaziri Islomxo’ja boshchilik qilgan.
Jadidchilikning o’n oqimi o’z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar o’tkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yo’l ochib berishni maqsad qilib qo’ygan edi. Xiva xonligida jadidchilik harakatining yo’l oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va halqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan bo’lib, Qozikalon Bobookun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish, orqali xalq ommasining siyosiy faolligini o’stirishi maqsadini qo’yishgan edi. 1904 yilda «Jamiyati xayrir» tuzilib, uning ko’magi bilan o’sha yili 10 noyabrda Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Xiva jadidlari ma’rifiy kurash ham olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari bo’lmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy–siyosiy kuchga aylaniy, 1914 yil avgustda u partiya shaklini olgan.
Xiva xonligidagi jadidchilik harakati yangiliklar tarafdorlari bo’lgan amaldorlar, mahalliy boylar va savdo ahli, taraqqiyparvar musulmon ruhoniylari, madrasa mudarrislari va toliblari, ma’rifatparvar. SHoirlar maktablar va madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni joriy etish savodxonlik usullarini soddalashtirish o’quvchilarni o’z ona tilida ko’proq o’qitish va xorijiy tillarni o’rganish kabi ma’rifatparvarlik islohotchilik g’oyalari bilan chiqqan kishilar harakati hisoblanadi. Ular sifatida bosh vazir Islomxo’ja, Qozikalon Bobooxun Salimov, shoir Avaz O’tar, devonbegi Husainbek Matmurodov, Savdogar Polvoniyoz Hoji Yusupov, sanoatchi boy Nazar SHolikorov, matbaachi–hunarmand Otajon Abdalov, birinchi o’zbek kinooperatori Xudaybergan Devonov, mirzaboshi Muhammad Rasul, xonanda–musiqashunoslar Matyoqub podachi, Otajon Safaev, Bobojon Yoqubov, Hakimboy Jonmuhamedov, Muhammadyor Hoji Abdullaev, Otajon Xo’janiyozov va boshqalar kirgan. Ularning safi 40 nafardan ziyod kishini tashkil etardi. Har payshanba kechasi choq Qalandarxonada, choq Qorako’z masjidida, ko’pincha Xusainbek Matmurod devonbegi o’g’lining o’yida yig’ilishlar (o’tkazilib, qo’shiqlar aytishgan, she’rxonlik qilishgan, erk, adolat, madaniyat va islohotga doir suhbatlar olib borilgan. Ular jadid adabiyoti va san’atini yaratish bilan cheklanib qolmay, madaniyat va maorif muassasalari tashkil etish, ya’ni yangi usul maktablari, kasalxona, pochta–telegraf ochish, o’quv qo’llanmalari yozish va nashr etish ishlari bilan shug’ullanganlar.
Islomxo’ja 11 moddadan iborat hokimlarga ko’rsatmalar berish bilan bir qatorda 10 moddadan iborat islohotlar dasturini ham ishlab chiqadi. Bu islohotlar dasturi quyidagilardan iborat bo’lgan:
1.Xonlikdagi mansabdor va xizmatchilarga lavozimiga qarab oylik maosh belgilash;
2.Dehqonlardan soliq olishni tartibga keltirish va soliq oluvchilarni uch tabaqaga ajratish;
3.Zakot,boj, xiroj kabilarni tartibga solish;
4.Aholidan savdo–sotiq uchun olinadigan soliqlarni tartibga solish;
5.Erlarni sug’orish ishlarini tartibga solish;
6.Yo’llar, temir ko’priklar qo’rish va pochta–telegraf xizmatini tashkil qilish;
7.SHaharlarda kasalxonalar qurish, qishloqlarda felьdsherlik xizmatini ochish, tibbiy xizmatchilarni taklif etish;
8.Barcha vaqf yerlarini markazlashtirish va daromadlarini maorif ishlariga sarflash;
9.Barcha maktablarda yangicha o’qitish usuliga o’tish, maktublar dasturiga rus tili, geografik, tarix fanlari majburiy qilib kiritish;
10.Xon hazinasi hisobini yuritish, kirim-chiqim kitoblarini olib borish.
Bu dastur tezda hayotga tatbiq qilina boshlandi. Biroq yuqorida aytib o’tilganidek, Islomxo’janing o’limi bilan islohotlar dasturi ham to’xtab qoldi. Bu davrda jadidlar ijtimoiy–siyosiy kuch sifatida ko’rindilar. Xalq ularda o’z himoyachilarni his etdi. Siradryo viloyatidan Peterburgda o’tadigan Davlat dumasiga a’zolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqorievga Toshkent, CHimkent va boshqa joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda ko’pgina ijtimoiy talablar ko’rsatilgan edi. A. Abduraufqoriev 1907 yil 20 fevral–3 iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy, Muso Jorilloq, Alimardon To’lchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraktsiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori oradan ko’p o’tmay qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.
Jadid matbuoti o’z vakillarining fikrlarini e’lon qilar ekan, xalqni «har vaqt g’aflat uyqusidan uyg’otuvchi» millat ongining ochqichi» ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda «erk», «Turon», «O’qituvchilar jamiyati» kabi uyushmalar paydo bo’ldi. Munavvarlari aytganidek, Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haq-huquqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi».
Jadidlar bu davrda «Ozodlik, tenglik va adolat» shafi ostida ishladilar. Ularning 1916 yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati g’oyatda e’tiborga molikdir. Mardikorlikka olish-Birnchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916 yil 25 iyunь farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865 yil shartnomasiga zid edi.
Ikkinchidan, general Kuropatkinning xulosasiga qaraganda, «Ahomyo va ma’muriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir og’ir tartibsizliklarni keltirib chiqargan». Azosi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning ko’zga ko’ringan namoyandalaridan U.Asadullaxo’jaev («Turkiston mardikorlikka olish qo’mitasi» raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmuminboev Rossiya jamoatchiligining e’tiboriga bu masalani jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yo’l oldilar. Davlat dumasining 1916 yil 13 va 15 dekabr kunlari o’tgan majlisida Nikolay II ning 25 iyunь farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida ko’rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilinguncha qadar iyunь–avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha eshelon to’xtatib qolindi.
Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917 yil fevral inqilobi boshlanishi bilan to’la amalga oshdi. Bu hadisa el orasida ularning obro’sini ko’tardi. Mazkur holat jadidlar ma’rifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon o’tganliklarini bildilar edi.
Xulosa qilib aytganda, XX asr boshida Turkistondagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlarda jadidlar muhim rolь o’ynashi. Ularning diqqat markazida ma’rifiy masalalar asosiy yo’nalish kasb etganligini ko’ramiz. Jadidlar mintaqa hayotini tahlil qilish natijasida shuni tushunchalarki, Turkiston – bu muhiyatin mustamlaka va Rossiya ma’muriyatining boshqaruv tizimi, milliy ehtiyojlariga javob bermaydi. Bu masalalar fevral inqilobi arafasida, ayniqsa, keskin qo’yilgan. SHu yillarda yangi uslubdagi dunyoviy ta’lim, milliy o’ziga xoslikning eng yaxshi tomonlarini mustahkamlash, madaniyatni joriy etish uchun harakat jadid-chilikning negiziga qo’yilgan siyosiy mustaqillik, demokratik boshqaruv shakllari uchun kurash g’oyalari bilan birga sodir bo’ldi.
Jadidlar rivojlangan jamiyat yaratishdek o’z g’oyalarini amalga oshirishda mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurashga alohida ahamiyat berganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ular taraqqiyparvar, bilimni yoshlarga tayanganlar. Ular o’z ishlarida Yevropa davlatlari taraqqiyotga qanday yo’llar bilan yetib kelganligini aks ettirib, tarixiy misollar keltirganlar. Jadidlar til o’rganish va fan-texnika taraqqiyotining ahamiyatiga alohida e’tibor berib, Turkistonning o’tmishdagi hamda zamonaviy holatining o’ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda, uning kelajagini quyidagicha tasavvur qilganlar: kuchli dunyoviy hokimiyat, xususiy mulkning daxlsizligi. Ular qurmoqchi bo’lgan davlat islomga hurmatini saqlagan holda barcha yo’nalishdagi madaniyatlarning erkin rivojlanishiga xayri xoh bo’lishi lozim edi.
Jadidlar xalqning madaniyat darajasini xalqaro saviyaga ko’tarishni orzu qilganlar, buning uchun esa yoshlarni Yevropaning eng yaxshi o’quv maskanlarida o’qitish zarur, deb hisoblaganlar. Ular davlat kelajagi yoshlar qo’lidaligini juda yaxshi anglaganlar.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin