O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


-Mavzu: XX asr boshida Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy–siyosiy jarayonlarda jadid matbuotining ahamiyati



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

3-Mavzu: XX asr boshida Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy–siyosiy jarayonlarda jadid matbuotining ahamiyati
Reja.
1.Jadidlar millatni uyg’otish uchun, ma’rifatga chorlash uchun dastlab milliy matbuotni tashkil qildilar.
2.Birinchi bor o’zbek tilida «Taraqqiy», «SHuhrat», «Xurshid» gazetalari chiqa boshladi.
3. «Sadoi Turkiston» gazetasi Toshkentda chiqa boshladi.
Farg’ona vodiysida jadidchi Obidjon Mahmudov muharrirligida 1914 yildan «Sadoi Farg’ona» gazetasi chiqib turdi. Uning sahifalarida butun vodiyda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy hayot o’z aksini topib borgan. Bu vaqtda Andijonda gazeta chiqarish imkoni bo’lmadi. Andijon taraqqiyparvarlari Toshkent, Qo’qonda chiqayotgan jaridalarda hamkorlik qilib turdilar. Bu borada CHo’lpon ijodini ko’rsatish mumkin. Uning matbuot yuzini ko’rgan ilk she’r, hikoyalari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalarida e’lon qilingan. «Turkistonlik qardoshlarimizga» nomli she’ri «Sadoi Turkiston» gazetasining 1914 yil 3-sonida chop etildi. CHo’lponning «Qurboni jaholat», «Doktor Muhammadiyor» nomli hikoyalari va boshqa maqolalari «Sadoi Farg’ona» sahifalarida chop etilgan. CHo’lpon bu gazetaning Andijondagi obunachi va e’lon qabul qiladigan vakili ham edi. Jadidchilar Obidjon Mahmudov, Ashurali Zohiriy rahbar bo’lgan «Sadoi Farg’ona»da andijonlik taraqqiyparvarlar faol ishtirok etdilar. Turmushda mavjud bo’lgan xilma-xil kamchilik, nuqsonlarni fosh etish orqali mahalliy aholi milliy ongining o’sishiga xizmat qiluvchi xat va xabarlar ham muntazam gazetadan o’rin olib turgan27.
Gazetaning 1 may sonida Ashurali Zohirning «Turkistonda birinchi yurist» maqolasi chiqadi. Toshkentdan Qo’qonga kelib qolgan Toshpo’latbek afandi Norbo’tabek o’g’li haqida gap borgandi. O’zbeklardan birinchi bo’lib dunyoviy fanlar bo’yicha Ovrupacha usuldagi oliy ma’lumotga ega bo’lgan bu ziyolining hayoti va faoliyati o’zgalarga namuna sifatida yoritilgandi.
Qo’qonda chiqib turgan «Utro Ferganы», «Ferganskaya jiznь», «Turkestanskiy kray» nomli ruscha gazetalarda ham andijonlik ilg’or yoshlar rus tilida xat va xabarlar chiqarib turganlar. 1916 yil 1 iyuldan Andijonda birinchi bor rus tilida «Turkestanskiy golos» gazetasi chiqa boshlagach, taraqqiyparvarlar bu gazeta tevaragida mustahkam jipslashib ish olib bordilar.
Bu gazeta Andijondagi rus demokratlari bilan mahalliy millat jadidchilarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli dunyo yuzini ko’rdi.
A.A.CHaykin bilan Ubaydulla Xo’jaevlar gazetaning asoschilari edi. 1914 yil fevralida Toshkentda Ubaydulla Xo’jaev tashabbusi bilan va uning muharrirligida «Sadoi Turkiston» gazetasi chiqa boshlagan va 1915 yili u yopilgan, shundan so’ng uning muharriri Andijonga kelib faoliyat ko’rsata boshlaganini eslasak, Ubaydulla Xo’jaev «Sadoi Turkiston»ni rus tilida «Turkestanskiy golos» nomi ostida chiqarishga muvaffaq bo’lgani ma’lum bo’ladi. Gazeta jadidchilik ruhida bo’lgani uning sahifalarida ko’tarilgan mavzular, muammolar, xat va xabarlarda ham yorqin o’z ifodasini topgan. Gazetada 1916 yilgi voqealar tafsilotiga katta o’rin berilgan. «Mardikorlar talabi», «Ishchi-tuzemetslar yo’lda», «Ishchilarni jo’natishga doir», «Tuzem ishchilar maktublari», Andijon shahar ariq oqsoqoli Rustam Toshmatovning front ortidagi andijonliklardan hol-ahvol so’rab kelganligi haqidagi hisoboti, «O’sh eshelonini jo’natish», «Joylardan salomlar», «Yo’ldan bizning muxbirimiz Abdulla Qorievdan», «O’zbek harbiy ishchilarining yo’ldan yuborgan maktublari», «Palovni sog’inmoqdalar», «Ishchilar uchun ketmonlar», «Orenburgdan xatlar», «Harbiy sud», «Ajralib qolganlar», «Sud xabarlari», «Sud zalidan», «Ro’zi Oxun Muhammad Nazarboevning ishi bo’yicha», «Dalvarzin ishi» kabi ruknlar ostida xabar va maqolalarda 1916 yilgi CHor hukumatining mardikor oldi tadbirlari, mahalliy aholining og’ir kechmishi tasvirlangan28.
Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqardi. Gazeta dastlab 2, so’ng 4 betlik bo’lib haftada 2 marta chiqqani va moddiy tanglik tufayli 45 sonidan keyin to’xtagani ma’lum. «Oyina» o’lkadagi o’zbek tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo’lgan. Boshida haftada bir, 1914 yildan esa har o’n besh kunda chiqqan. Ziyo Said «O’zbek vaqtli matbuoti tarixiga doir materiallari»da bu jurnalning 2 yil davomida 68 soni (jami 1720 bet) dunyo yuzini ko’rib, 1915 yil 15 iyunda29 to’xtagani ma’lum qilgan.
Xullas, jadidlar chiqargan gazetalar 1917 yil fevralь inqilobiga qadar faoliyat ko’rsatdi va Turkiston xalqlarini dunyoviy va diniy ilmdan xabardor qilib turgan.
Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keldi, mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va jaholatdan kutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish, istiqlolni qo’lga kiritish g’oyalari bilan to’lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllandi.
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo’ja Behbudiy (1875-1919)30 “Turkiston jadidlarining otasi” deb tarixda nom olgan. U istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo’jaev Behbudiy haqida bunday degandi; “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o’sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo’lmasa kerak”31.
1912 yilda yozilib 1913 yilda bosilgan «Padarkush» dramasi Behbudiyga juda katta shuhrat keltirdi. Garchi birinchi o’zbek dramasi («Mahramlar») xronologiyaga ko’ra bir yilcha oldin Namanganda Abdulrauf SHahidiy tomonidan e’lon qilingan bo’lsa, bu sohada ham karvonboshi bo’lib Behbudiy tarixga kirdi.
Asar jamoatchilikka, ayniqsa, adabiyotga kirib kelayotgan yoshlarga qattiq ta’sir ko’rsatdi. «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» pьesasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborganimni o’zim ham payqamay qoldim»,-qayd etadi Abdulla Qodiriy o’z tarjimai holida.
1916 yilda Toshkentga-navbatdagi safarga kelgan taniqli sharqshunos akademik A.N.Samoylovich «Kolizey»da Avloniyning Jalil Mamadqulizoda asari asosida tayyorlangan «O’liklar» spektaklini ko’radi. Bosilib chiqqan barcha o’zbek dramalarini ko’zdan kechiradi. «Sartlarning dramatik adabiyoti» nomli maqola yozadi. 7 drama-«Padarqush», «To’y», (Nusratulla Kudratulla), «Baxtsiz kuyov» (A. Qodiriy), «Ahloq», «Juvanmarg» (Abdulla Badriy), «Ko’knori», «Eski maktab-yangi maktab» (Hoji Muin) asosida Turkistonda «Yangi adabiyot» maydonga kelganini ma’lum qiladi. U yozadi: «Turkistondagi yangi adabiyotning markazi Samarqandda bo’lsa kerak, yosh adiblarning bosh ilhomchisi sifatida esa, na tojik, na turk asli «xo’ja» samarqandlik mufti Mahmud Behbudiyni e’tirof etish kerak bo’ladi».32
Marhum sharqshunos olim Laziz Azizzoda Behbudiyning sobiq Turkiston o’lkasining ijtimoiy, madaniy va adabiy rivojidagi o’rni, roli va ahamiyatiga juda katta baho berib, uni hatto frantsuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo, rus inqilobchi demokratlari N.G.CHernishevskiy, Dobrolyubovlari, tatar va ozarboyjon ma’rifatparvarlari-SHaxobiddin Marjoniy, Qayum Nosiriy, Mirza Fatxali Oxundov, Naxafbek Vazirovlari bilan qiyoslagan. O’zbekistonda Navoiy, Ulug’bek kabi buyuk zotlar bilan birga Behbudiyga ham haykal o’rnatish kerak”33,deb yozgan edi.
Jadid adabiyotini shakllanishida Abdurauf Fitrat (1886-1938)34ning alohida xizmatlari bo’lgan. U 1909-1913 yillarda Istanbulda o’qib yurgan kezlarida F.Xo’jaevning bergan ma’lumotiga ko’ra hamyurtlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati»ni tuzgan. Bu jamiyat Buxoroliklarning o’zaro moddiy-ma’naviy uyushmasi vazifasini bajargan.
Bu davrda Turkiya «Yosh turklar» inqilobidan mast davrni o’z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. U siyosat maydoniga sho’ng’ib ketdi. Bu yerda Fitrat SHarq adabiyoti, san’ati, tarixini chuqur va atroflicha o’rganadi. Ilg’or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari turk adabiyoti orqali esa G’arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G’arb va SHarq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o’rtasida farqlarni o’z ko’zi bilan ko’radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.
Fitrat adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib keldi. Ko’p o’tmay o’zini dramaturgiya va prozada ham sinab ko’rdi. U «Munozara» (dastlabki nomi «Hindistonda bir farangi ila Buxorolik bir muddarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi») asarini Turkiyaga borishidan oldin, 1905-1907 yillarda yaratgan. «Sayha», «Sayyohi hindi», «Rahbari najot», «Tarixi Islom» asarlarini esa Turkiyada tahsil paytida yozgan va «Munozara» 1908 yilda, «Sayha» 1910 yilda «Sayyohi hindi» 1913 yilda Istanbulda bosilib chiqqan. «Rahbari najot» va «Oila» 1915-1916 yillarda Bokuda nashr qilingan. Bu asarlar o’sha davrdayoq xalq orasida keng tarqaldi.Boshqa tillarga ham ugirildi. Masalan, «Munozara» 1909-1914 yillar orasida turk, ozarboyjon tillarida, «Sayyohi hindi» rus tilida chop etilgan. «Rahbari najot»ni esa do’sti, shoir va noshir Abdulvohid Burhonov Sankt-Peterburgda nashrdan chiqargan. Bulardan tashqari, uning «Mavludi SHarif», «Abo Muslim», «Begijon» asarlari va dastlabki she’rlari «Oyna», «Taraqqiy», «Sadoi Turkiston», «Turon», «Hurriyat», «Buxoroi SHarif» kabi gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan.
Fitrat Buxoro jadidchilarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi. Lekin bu harakat sharoitga qarab turli yerda turlicha sodir bo’ldi. Jumladan, 1915-1916 yillarga qadar Buxorolik jadidlar yakdil va yagona javha bo’lib, ish olib borgan bo’lsalar keyinchalik ular ikkiga bo’linib ketdilar. Jadidlarning bir qismi (Abdulvohid Burhonov boshchiligida) eski tarzda faqat madaniyat tarqatish yo’lini tutgan bo’lsa, ularning yana bir boshqa bo’lagi Fitrat, Fayzulla Xo’jaev kabi chet ellarda o’qib kelgan yoshlar omma o’rtasida ma’rifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashni ham yoqlab chiqdilar. Bu guruh tarixda Yosh Buxoroliklar« degan nomini oldi. Bunday bo’linishning asosiy sabablari: Birinchidan, Turkiston o’lkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning og’irligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati, ikkinchidan, bolьshevoylarning mahalliy xalq o’rtasida yurgizgan tashviqot va targ’ibotlari ta’siriga ishonuvchanlik va nihoyat uchinchidan mahalliy xalq vakillarining siyosiy qorang’ulikda saqlanganligi, ularning g’oyaviy nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligidir.
Fitrat o’z ona diyorini ozod va hur ko’rishni orzu qiladi. O’z niyatlari, ezgu armonlarini amalga oshirishda ojizlik qilgan Abdurauf Fitrat ulug’ bobokolonimiz sohibqiron Amir Temurlar singari millat fidoyilarini qo’msaydi. U «Temur sag’anasi» dramasida o’z qahramoni tilidan Amir Temurga murojaat qiladi: "«Hoqonim, ezilib talangan, talanib yiqilgan, yiqilib yaralangan turk elining bir bolasi sendan ko’mak istarga keldi. Bog’lari buzilgan, gullari so’lgan, bulbullari uchirilgan Turonni bir qorvuli senga arz etarga keldi».
Bunday murojaat Fitratning boshqa asrlari mazmuniga ham singib ketgan. Ulardagi asosiy g’oya-ona yurtni, Vatanni ulug’lash, xalq, millatning ozodligi va erkinligidir. Zero, ma’rifatga intilgan inson uchun, ayniqsa shoir uchun bir tomondan amir istibdodi, ikkinchi tomondan chor mustamlakasi zulmi ostida ezilgan xalqni, toptalgan yurtni ozod ko’rishdan ham ulug’ niyat bo’lishi mumkinmi? U «Sayha» to’plamiga kirgan «Mening Vatanim» she’rida bunday deb yozadi;

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin