O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


«Vatan, u mening jonim tanim, sajdagohimdir



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

«Vatan, u mening jonim tanim, sajdagohimdir.
U mening to’lin oyim, tinch omonligim, izzatim-sharafim.
Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdir». Yoki boshqa bir she’rida: «Yig’la bir oz, o’ksizlangan tilagim, men ham senday baxtsizlikka tug’ildim», deb yurt taqdiridan kuyunadi.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan CHo’lpon (1898-1938)35 shaharda «Turon kutubxonasi» va uning yonida katta bir qiroatxonani tashkil qilgan.
Xorijiy manbalardan birida shunday yozilgan; «Keng ma’ruza zali bo’lgan bu qiroatxonaning boshqaruv hay’atiga Turkiston Milliy birligining Andijondagi vakillari Xusanxo’ja Niyoziy, Usmonxon Eshonxo’ja o’g’li, Vali Maqsudiy, Zohiriy A’lam, Fozilbek Otabek o’g’li, Abdulhay Maxsumlar saylandilar. Qiroatxona maktab vazifasini bajarar edi. Har oqshom turk usmoniy zobitlari kundalik masalalar, madaniy-siyosiy va tarixiy mavzularda ma’ruzalar qiladilar».
CHo’lponning ochiq ifodalangan, go’zal turkcha, toza uslub bilan bitilgan da’vatkor, isyonkor she’rlarida Rusiya mustamlakachilarini ayovsiz qoralovchi, Turkiston istiqlolini madh etuvchi she’rlari o’lka aholisning milliy his-tuyg’usini, milliy o’zligini uyg’otgandi. Uning «Isyon» nomli mana bu she’rida shunday deyilgan;
Ey, sen meni haqir ko’rgan, tuban ko’rgan afandi.
Ey, ustimda bir umrga xo’ja bo’lmoq istagan
Ey, bo’ynimga kishan solib halokatga sudragan
Ko’zlarimni zaharlatib o’ynamagil, bas endi...
Kishanlaring zang bosgandir, sergak bo’lkim uzilur;
Tomirimda qo’zg’olishning vahshiy qoni ko’pirdi.
Eski fikr, an’analar endi butkul uzildi.
Yo bitarman, yoki sening saltanating buzilur.
Ey, sen meni qul o’rnida ishlatuvchi afandi
Titra, qo’rqqin bog’liq qo’lin bosh ko’targan kuch indi.
Jadidchilik harakatiga faol qatnashib Turkiston milliy istiqloli uchun kurashgan xalqimizning ajoyib farzandlari Saidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Karimbek SHarifbek o’g’li Komiy (1865-1922), Tavallo (1883-1959), Ishoqxon Ibrat (1862-1937), Xislat (1880-1945) va boshqalar ham o’zlaridan so’ng boy ijodiy meros qoldirganlar. Ana shu ulug’ zotlar orasida uzining betakror va ibratomuz ijodi bilan Tavallo alohida o’rin egallaydi. Uning ijodida jadidchilik harakati va adabiyotining ta’siri kuchli bo’ldi. SHoirning 1913 yilda «Bayoz», 1917 yilda «Ravnaqul islom» to’plamlari bosmadan chiqqan. Tavallo asarlari asosan, Vatanni sevishga, ardoqlashga, xalqni, millatni hurmatlashga, ilm-ma’rifatni, san’atni sevishga dav’at etadi.
Tavallo «Olamga bir nazar» she’rida xalq orasidagi ilm ma’rifatga to’siqinlik qilayotgan chirkin illat, noinsoniy urf-odatlarni ayovsiz fosh qiladi va ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlardan namuna-o’rnak olishga xalqni chorlaydi.
Tavallo xalqni ma’rifatga chorlab «So’q taraqqiy» she’rida g’aflat va loqaydlikni tark etishga da’vat qiladi;

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin