O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


Tur, ey millat, qo’y emdi, chiq buyon uyqu kanorindan



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə6/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

Tur, ey millat, qo’y emdi, chiq buyon uyqu kanorindan,
Ko’zing och, ibrat ol, sen o’zga millat koru borindan.
Jaholat chodiriga burkalib yotmoqni tark ayla,
Yur emdi, qolma shunda o’zga millatlar qatorindan.
SHoir o’zining «Turkiston viloyatining gazeti»da bosilgan «Ibrat olmoqni vaqtu yetmadimu?» maqolasida yana yuqoridagi muammolarni oddiy xalq tilida rivojlantiradi; «...Telegramm (telegraf), telefon, ayroplan, gramofon va g’ayri shunga o’xshash quvvati bilan ishlaydigan narsalarni inson aqli ila bunyod etib, vujudga keltiradimi yoki o’z-o’zidan paydo bo’ladimi, albatta yo’q, hammasi ilm tufayli va hunardandur. Bas, shundog’ bo’lgandan keyin nima uchun bizlar ilmdan bezormiz. Boshqa millatlar qancha ilmga rag’bat etsalar, bizlar hamon qochamiz». Xullas shoir Tavallo ilgari surgan ajoyib g’oya va chaqiriqlar bugungi kunda ham dolzarb muammo sifatida o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
XX asrning boshlarida Turkistondagi demokratik harakatlarning oldingi saflarida o’zbek hotin-qizlarining vakillari ham faol qatnashganlar. Bular orasida Nozimaxonim (1869-1924) alohida o’ringa egadir.
Nozimaxonim o’zbek ma’rifatparvar-demokrat shoirasi. U arab, fors, ozarbayjon, tatar va rus tillarini yaxshi bilgan. U 1900 yillardan boshlab she’r va publitsistik maqolalari bilan matbuotda ko’rina boshladi. 20 yoshlarga kirganda «Beshyog’ochlik Nozimaxonim» nomi bilan el-xalq o’rtasida shuhrat topdi. Nozimaxonim «Turkiston viloyatining gazeti», «Osiyo», «SHuhrat», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalar va «Oyna» jurnalida o’z asarlarini chop ettirdi.SHoira she’rlarida SHarq ayollarining hayoti va qismatini keng qamrovli, bir tarzda kuylaydi.
Nozimxonim o’zbek ayollaridan yetishib chiqqan birinchi publitsist jurnalistdir. U turli tillarni bilish muhim aloha vositasi sifatida inson hayotida katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan.
Yuqorida keltirib o’tilgan jadid ziyolilari yaratgan asarlar Turkiston xalqining madaniyatini yuksalishi, ma’rifatga intilishiga xizmat qilgan.
Xulosa shuki, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o’z hukmronliklarini o’tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, erksevar farzandalri jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun, mustaqil Turkiston uchun, ekspluatatsiya, zo’rlik va zo’rovonlikka qarshi xalqni otlantirdilar.
Jadid adabiyoti xalq orasiga ma’rifat va madaniyat g’oyalarini tarqatishdan, ommani zulm va istibdodga qarshi kurashga chorladi.
20-30 yillardagi badiiy ijodiyot faoliyatida jadid ijodkorlar Munavvar Qori Abdurashidxonov, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid CHo’lpon, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Aziziy, Sidqiy Xondaqliqiy, Tavallo, M.So’fizoda, Abdulla Avloniy va boshqalar Oktyabrь to’ntarishi g’oyalarini qo’llamasalarda SHo’rolar boshqaruv idoralarida ishlab milliy istiqlol manfaatlariga xizmat qilish, millatning dunyoviy siyosiy madaniyatini va saviyasini oshirish uchun kurashni o’z faoliyat maqsadlarining bosh mezoni qilib oldilar. Ana shu maqsad taqozosi bilan ular o’nlab yangi turdagi maktablar ochdilar, bu maktablar uchun turli-tuman darsliklar, qo’llanmalar yaratdilar, nashriyotlar tashkil qildilar, chet ellardagi oliy o’quv yurtlariga mahalliy yoshlardan o’qishga jo’natdilar, gazetalar, jurnallar nashr etdilar, teatr san’atini rivojlantirishda jonbozlik ko’rsatdilar, turli tumandagi ma’rifiy-madaniy to’garaklar uyushtirdilar. Albatta bu ishlarga bolьshovoy hukmdorlar hayrihoh bo’lgan emaslar. Aksincha jadid ijodkorlarning har bir qadamlarini sinchkovlik bilan kuzatib borganlar. To’garak va jamiyatlar faoliyatini ta’qib va taz’yiq ostiga olganlar, nashr ishlari ustidan qattiq nazorat o’rnatganlar. Jumladan Abdurauf Fitrat «CHig’atoy gurungi»36ning ayrim majlislari qurolli qizil gvardiyachilarning nazorati ostida o’tganligini yozadi. Xuddi shuningdek, Zaki Validiy To’g’on ham o’zining «Xotiralarim»ida 20-yillarning boshida ziyolilar ustidan qattiq nazorat o’rnatilganligi vajidan Buxoroda CHo’lpon bilan uchrasha olmaganligini eslaydi. Ammo har qanday ta’qib va ta’zyiqqa qaramasdan haq va adolat yo’lida kurashni davom ettirdilar. Buni biz jadid ijodkorlarning adabiyot sohasidagi ko’p qirrali faoliyatlarida yanada to’laroq ko’ramiz. Ular badiiy ijodning barcha yo’nalishlarida: publitsistika, she’riat, drama, proza kabi sohalarida barakali iz qoldirganlar. O’zbek adabiyotida publitsistika yangi janr (1900 yillardan so’ng paydo bo’lgan) bo’lsada, 20-yillarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu yutuq va muvaffaqiyatlar birinchi navbatda eng avvalo A.Fitrat va Abdulhamid Sulaymon nomlari bilan bog’liqdir. Ular vaqtli matbuot sahifalarida o’nlab publitsistik maqolalar bilan chiqdilar va ularda millat, Vatan taqdiri bilan bog’liq o’ta ehtirosli va dolzarb masalalarni ilgari surdilar. Publitsist jadidlar bosh maqsad qilib xalqni g’aflat uyqusidan uyg’otishni ilgari suradilar, milliy ongni, milliy vijdonni charx urishini istaydilar, xalqqa o’zligini tanitmoqni orzu qiladilar. Birgina misol: Abdurauf Fitrat 1917 yil 5 dekabrda «Hurriyat» gazetasida e’lon qilingan «Muxtoriyat» maqolasida bunday deb yozadi: «Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo’limiz bog’landi, tilimiz kesildi, og’zimiz qoplandi, yermiz bosildi, molimiz talandi, sharafimiz yemirildi, nomusimiz g’asb qilindi, huquqimizga tajovuzlar bo’ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi, to’zimlik turdik, sabr etdik, kuchga tayangan har bir buyruqqa bo’ysundik, butun borlig’imizni qo’ldan berdik. Yolg’iz bir fikrni bermadik, yalintirdik, imonlarimizga avrab saqladik: «Turkiston muxtoriyati!»»
Xuddi shuningdek Abdulhamid Sulaymon o’g’li CHo’lpon ham 20- yillarda yozgan publitsistik asarlarida dolzarb muammolarga qalam urdi, mustamlakachilar olib borgan jirkanch siyosatni fosh qildi.
Xalqni ilm ma’rifatga chorlash, milliy mustamlakachilikka nafrat, milliy o’zlikni anglashga da’vat, xalqni g’aflat uyqusidan uyg’otish istagi 20 yillardagi jadidchilik adabiyotining bosh va yo’naltiruvchi mavzusi bo’lgan.
S.Ayniy 1919 yilda yozilgan «Turon marshi» deb nomlangan she’rida ham Turonni uyg’otishga chorlaganligining guvohi bo’lamiz.
Oktyabrь harbiy to’ntarishidan so’nggi davrda H.Hakimzoda Niyoziyning poeziya bobidagi ijodi ko’zdan kechirilsa, u tag’in ham barkamollik sari rivojlanib borganligini kuzatamiz. Bu davrga kelib shoir ilgarigidek faqat ma’rifatga chorlash bilangina cheklanmaydi. U endi qadimiy Turkistonning ijtimoiy-siyosiy taqdiri to’g’risida bosh qotiradi. Turkiston muxtoriyati g’oyalarini ulug’laydi. SHoirning muxtoriyat g’oyalarini ulug’lovchi va naqoratida «Qutlug’ bo’lsin Turkiston muxtoriyati!» deya kuylanuvchi she’ri 1918 yil 2 yanvarda «Ulug’ Turkiston» gazetasida chop etilgan edi.
SHoir Tavallo she’riyat bobidagi o’z ijodida hajviya uslubining keng imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalandi, undan yangi tasviriy imkoniyatlar izladi. U poeziyaning shiru shakar janridan mohirona foydalanganholda o’z she’rlarini bir vaqtning o’zida ikki tilda (shu paytga qadar forscha-o’zbekcha yozib olib kelingan)-o’zbek va rus tilida yozib jamiyatdagi voqea-hodisalarga o’z munosabatini bayon etadi.
20-yillardagi jadid poeziyasi haqida gap borganda, so’zsiz suratda Abdulhamid CHo’lponni chetlab o’tib bo’lmaydi. U shu yillar davomida o’zining «Uyg’otish» (1922), «Buloqlar» (1924), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) kitoblarini chop ettirdi. SHoirning ko’pgina she’rlari «o’zbek yosh shoirlari» to’plamida, «Adabiy parchalar», «Go’zal yozg’ichlar» kabi kitoblardan joy oldi va xalqning ma’naviy mulkiga aylandi. Bu ijod durdonalari SHo’roviy ruhiyatdan ancha uzoq bo’lib, aksilsho’roviy ohanglar bilan yo’g’irilgan edi. Buni biz shoirning 1921 yilda yozilgan «Xalq» she’ridagi quyidagi isyonkor satrlarda yaqqol ko’ramiz:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin