O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti “ijtimoiy-iqtisodiyoT” fakulьteti


-Mavzu: Jadid ziyolilarining o’zbek madaniyati rivojidagi roli



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/49
tarix12.05.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#112427
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Жадидчиларнинг маърифатчилик харакати

4-Mavzu: Jadid ziyolilarining o’zbek madaniyati rivojidagi roli.
Reja:
1.XX asr boshlaridagi tarixiy vaziyat va jadidlar faoliyati.
2.Jadid adabiyotining milliy madaniyat rivojidagi o’rni va roli.
3.Jadid ma’rifatparvarligi va teatr. milliy g’oya va mafkura, ijtimoiy hayot bayoni.

Rossiyadagi 1905-1907-yillar inqilobi Turkiston axolisi siyosiy faolligini kuchaytirib yubordi. Har qanday qatag’on ham milliy ozodlik harakatini to’xtatib qola olmadi. O’lka aholisining mustamlakachi ma’muriyatga qarshi chiqishlari – o’z hukmronligini saqlab qolish uchun Turkistonda yirik harbiy kuchlarni ushlab turishga majbur bo’lgan chor hukumatiga katta ko’mak edi.


Bu davrda jadidlar ijtimoiy – siyosiy kuch sifatida ko’rindilar. Xalq ularda o’z himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda o’tadigan Davlat dumasiga a’zolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqorievga Toshkent, CHimkent va boshqa joylarning aholisidan 12-moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda ko’pgina ijtimoiy talablar ko’rsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy (1879-1957), Muso Jorilloh, Alimardon To’pchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fransiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini etkazdi. Biroq Abduvohidqori, orasidan ko’p o’tmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi.
SHu tarzda, Jadidchilik harakati 1906-1916–yillarda o’zining asosiy yo’lini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, o’zligini anglab, uyushishga chaqirdi. O’lka moddiy va manaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. CHo’lpon she’r va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashxur advakat U. Xo’jaev oliy o’quv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy etibor qilish masalasini bayon qildi. Lev Talstoy bilan fikrlashish chog’ida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan U. Xo’jaev chor hukumatini ma’murlarining poraxo’rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlashtirishga erishishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntirib bordi.
Jaded matbuoti o’z vakillarining fikrlarini e’lon qilar ekan xalqni “har vaqt g’aflat uyqusidan uyg’otuvchi”, “millat ongining ochqichi” ekanligini namoyon qilish bilan birga Turkiaton xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda “Erk”, “Turon”, “O’qituvchilar jamiyati” kabi uyushmalar paydo bo’ldi. Munavvarqori aytganidek “Ularni butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy, cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularni haq-huquqlarini ovro’pa bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab, matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi.”
Turkiatonda XX asr boshlarida inqilob yildan-yilga kuchayib bordi. Masalan 1911-1914-yillarda Turkiatonda, geniral – gubernatorga ma’muriyatlarga maxfiy bildirishlarda yozilishicha “qo’zg’alon ko’targan dexqonlar guruhlarining mustamlaka ma’muryatiga, boylar va savdogarlarga nisbatan 1136 ta qaroqchilik hujumlari” qilinganligi qayt etilgan38.
Jadidlar bu davrda “Ozodlik tenglik va adolat” shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yili mardikorlikga olish voqeasiga munosabati etiborga molikdur. Mardikorlikga olish – Birinchi jahon urushi ketayotga joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutulmagan tadbir, birinchidan, 1965-yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan general Kuropatkin (1848-1925) ning xulosasiga qaraganda, “Axoli va ma’muriyat turar joydan tashqarilarda ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir og’ir tartibsizliklarni keltirib chiqargan”. Axoli uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri U. X o’jaev (“Turkiston mardikorlikga olish qo’mitasi” raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmo’minboev Rossiya jamoatchiligi-
ning etiborini bu masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yo’l oldilar. Davlat Dumasining 1916-yil 13-15-dekabr kunlari o’tgan majlisda Nikolay II ning 25-iyun farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida ko’rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilinganligi tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun-avgust oyida jadidlar harakati orqali bir necha esh e’lon to’htatib qolindi. Jadidlarning mardikorlikni qaytarishga urunishlari, 1917-yil fevral inqilobi boshlanishi bilan to’la amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obro’sini ko’tardi. Mazkur holat jadidlar marifatparvarligidan siyosiy kurashga o’tganligini allaqachon bildirar edi.
1917-yil jadidchilik harakati o’zining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Fevral inqilobidan so’ng o’zbek, tatar va qozoqlar birlashishga axd qiladilar va “Turon” uyushmasi zaminida “SHo’roiy Islomiya” jamiyati tuzildi (asoschilari Munavvarqori, Abduvohidqpri, Abduraufqoriev, U. Xo’jaev). 1917-yil 14-martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaxarlarga targ’ibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borib, saylov to’g’risida ma’lumot berish bilan shug’ullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar joylarda “SHo’roi Islomiya” tuzumi yaratilishining tashabbuskori bo’ldilar. Turkistonga muhtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylanib ketdi.
Turkiy xalqlarni birlashtirish g’oyasi kun tartibidan mustaxkam o’rin oldi. O’zbek, qozoq, qirg’iz, qaraqalpoq, boshqird, totar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federatif yoki muhtoriyatli davlat qurish masalasi bo’y ko’rsata bordi. Ammo Munavvarqori so’zi bilan aytganda, ko’pgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat o’rtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan Turkiston namoyondalari chin manodagi Respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga to’liq tayyor bo’lishmagan. Qozoq va boshqird namoyandalaridan– Mustafo CHo’qay, Zokiy Validiy va boshqalar Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib mahalliy jadidlar bilan ish boshladilar.
Toshkentda “SHuroi Islomiya”, “Turon”, “SHuroi Ulamo”, “Ittifoqi muslimin”, Qo’qonda “G’ayrat”, Buxoroda “Yosh buxoroliklar”, Xiva da “Yosh xivaliklar”dan tashqari, Samarqandda “Ittifoq”, “Mirvaj ul-islom”, “Miftah ul-maorif”, kabi tashkilotlar faoliyat ko’rsata boshladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yo’nalishini belgilashda, Munavvarqori, U. Xo’jaev, M. Bexbudiy, A. Zohiriy, A. Z. Vaidiy, Mustafo CHo’qay, Fitrat, F. Xo’jaev, U. Po’latxo’jaev, SHerali Lapin, M. Mipmo’minboev, O. Maxmudov, Polvonniyoz hoji Yusupov, T.Notbo’tabekov va boshqalar faollik ko’rsatdilar.
“SHuroi Islomiya”ning tashabbusi bilan 1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qator masalalar qatorida Turkiston o’lkasini davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston o’lka musulmonlari SHurosi (Kray mussovet)-milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais bo’lib Mustafo CHo’qay unga o’rinbosarlar qilibValidiy va Xo’jaev saylandi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirilar edi.
Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda bo’lib o’tgan yig’ilishida barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari SHurosiga bo’ysunishi haqida Nizom qabul qilindi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari – mardikor va dehqonlarga to’liq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va g’oyaviy tarbiyalash edi.
1917-yil aprel – iyun oylari orasida jadidlar ko’pgina siyosiy masalalarni va ularga o’z munosabatini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun siyosiy vaziyat pishib yitilganini anglab yetdilar39.
1917-yil 1-11 mayda Moskvada bo’lgan Butun Rossiya musulmonlarining birinchi qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. 1917-yil 12-14-iyulda Farg’onada bo’lib o’tgan musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar ko’rib chiqildi. Unga “Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)” firqasining dasturi (maromnoma) va 22 moddadan iborat Nizomi qabul qilindi.
1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’izton musulmonlarining qurultoyida “SHo’roi Islomiya” va “SHo’roi ulamo”, “Turon” va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo’li bilan “Ittifoqo muslumin” siyosiy partiyasini tuzushga kelishildi.
Turkistonni boshqarish shakli to’g’risidagi masala 1917-yil 26-28-noyabr Qo’qonda bo’lgan Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda 4- qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni e’lon qilish fikrini hamma qo’llab – quvvatladi.Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi – Muhammadjon Tinishboev, so’ngra Mustafo CHo’qay) tashkil qilindi. Fitrat, CHo’lpon, Hamza singari otashqalb jadid shoirlari Turkiston Muxtoriyatini oqlab o’tli satrlar bitishdi.
1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati bol’sheviklar tomonidan qonga botirilgach, jadidchilik harakati kuchli o’zgarishga uchradi. Sovet rejimi bilan murosa qilishni hohlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur bo’ldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol sal boshqacharoq kechdi, 1920-yilda qizil armiya har ikki davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzulib, jadidlar hokimiyat teppasiga kelishdi. Demak 1920-yildan jadidchilik harakati o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga, yani Sovetlar bilan murosa yo’liga qadam qo’ydi.
1920-yil 1-7-sentabrida Bokuda SHarq xalqlari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol o’ynadi. Unda Munavvarqori, Turop Risqulov, CHo’lpon, Salimxon Tillaxonov, Rajab Muhammedov, Qudratulla Yunusov, Toshpo’latbek Norbutabekov, Obidjon Mahmudov, To’raqul Jonuzoqov, Zayniddin qori Nasriddinov, Hoji Safo SHuraboev, G’ozi Yusuf kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan va shaxsan Leninning o’zi yuborgan Anvar podsho ham qatnashdi. Biroq mazkur qurultoy bol’sheviklarning Angliyaga qarshi qaratilgan do’q-po’pisasi ekanligi majlislarda ayon bo’ldi. SHu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagach o’zaro qurultoy o’tkazib, unda “Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari”ni avj oldirishga va “Oktyabr inqilobining uch yilligi kuniga umumxalq qo’zg’aloni ko’tarish”ga ahd qildilar. Biroq ularning bu rejasi to’liq amalga oshmadi.
Turkiston jadidlari faoliyati butun o’lkani qamraydigan, inglizlarning skautin maktab dasturiga yaqin dastur asosiga ishlaydigan “Turon kuchi”, “Turk kuchi”, “Temur”, “Izchilar”, “Lochin” kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruhlar o’rta maktab ta’limi, hunar, san’atdan tashqari, harbiy mashqlar bilan shug’ullanib, shurolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida ko’rina boshladi. 1920-yilda sovet rejimi bu guruhlar faoliyatini tugatdi.
Farg’ona va Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidini so’ndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib, ish boshladilar Buxoroda jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzuldi. Bu firqa dasturiga ko’ra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi ko’zda tutilgan edi.
1921-yil 2-5 avgustda Buxoro Validiy boshchiligida Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishgda muhim rol o’ynadi. Turkiston milliy birligi tashkiloti bilan Munavvarqori rahbarligidagi “Milliy ittifoq” (1919-yilda tuzulgan) tashkiloti o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatdi. Har ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi umuman Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish ta’siridan saqlab qolish, Turkistonning mustaqilligiga erishish bo’lgan. 1925-yilda “Milliy ittixod” tashkiloti asosida milliy istiqlol” tashkiloti tuzildi.
Jadidchilik harakatining so’ngi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet turli siyosiy ishlar (“O’n sakkizlar guruhi”, “Inog’omovchilik”, “Qosimovchilik”, “Badriddinov-
chilik” va b) tuzub, milliy ziyolilarni ommaviy qatag’on qilishga kirishdi. 1929-yil noyabr Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga etgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi40. Biroq istiqlol g’oyasi o’z kuchida qolaverdi.
Jadidchilik harakati siyosiy marifatparvarlikdan jaded taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga ko’tarila oldi. Bu harakat hamda firqa a’zolari o’z faoliyati va boshqa dasturiga ko’ra, sho’ro adabiyotlarida aytilganidek, “bir hovuch boylar manfaatlariga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari” emas balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini o’ylab ish ko’rgan demokratik jarayonni eng savodli, olijanob namoyandalari edi.
Turkistonda sovet hokimiyati zo’ravonlik yo’li bilan o’rnatilgach, jadidlarning bir qismi faol siyosiy hayotdan chetlashib faqat badiy ijod bilan shug’ullandi (A.Burxonov, A.Avloniy, S.Ayniy va boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-ma’rifiy shaxobchalarida xizmat qilishdi. (U.Xo’jaev, Munavvarqori, Hamza, S.Tursunxo’jaev, T.Norbutabekov va b). ba’zi jadidlar “mahalliy kommunistlar” sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida ishlashni davom ettirdi (F.Xo’jaev, A. Muhiddinov, N. Xo’jaev va b). ayrim jadidlar bo’lsa, Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qo’shildi va horijga muhojirlikka jo’nab ketdi. (U. Po’latxo’jaev, S. SHarifxo’jaev, A. Oripov va b).
Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (S. Ayniydan tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirg’in natijasida halok bo’ldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida “millatchilik”, panturkizim, panislomizm tamg’alari bosilib, nohaq qoralandi. Jaded adabiyotini o’qish taqiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomiga yopishtirilgan tavqi la’nat va sohta yorliqlar olib tashlanib, ularning asl nomlari qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, san’atshunos va pedagog olimlar jadidlarning boy ilmiy va adabiy merosini o’rganishda dastlabki natijalarni qo’lga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, CHo’lpon, Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Qodiriy, S. Xondaliqiy, Ibrat, Ajziy, So’fizodaning 1jildli, shuningdek F.Xo’jaev, Munavvarqori, P.Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan “Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari” (T.1999) albom kitobi nashrdan chiqdi. Ularning serqirra faoliyati darslik va qo’llanmalarga kiritildi. 1999-yil 16-18-sentyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyo XX asr boshida; islohotlar, yangilanish taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferentsiya o’tkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari to’g’risida jahon ilm-fanida to’plangan so’ngi xulosalar yuzasidan o’zbekistonlik hamkasblari bilan o’zaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi e’tirof qilindi. Konferentsiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro kengash tuzildi.
Jadidlar Alisher Navoiy, Mirzo Bedil va Mashrab g’oyalariga asoslangan milliy – demokratik va taraqqiyparvar jamoatchiligi ilg’or qismining eng yaxshi an’analarini davom ettirdilar. Ular Turkistonda tobora o’ziga yo’l ochib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni ifoda etuvchilari edi. Jadidlar dunyoqarashi moddiy o’zgarishlar va o’sha davrda shakllangan yangi muhit bilan chambarchas aloqada bo’lgan. Jadidlar marifatparvarlar sifatida frantsuz va ingliz ma’rifatchilari bilan g’oyaviy jihatdan yaqin maslakdosh edilar.
Jadidlarning asosiy xizmati shundan iborat bo’ldiki, ular milliy istiqlol g’oyasiga asos soldilar, Turkiston tarixining unutilgan qahramonona sahifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatib berdilar. Ularning yana bir xizmati shundan iborat ediki, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tinch yo’l bilan hal qilish usullarini ishlab chiqdilar, mavjud tuzumni yaxshilashning samarali usuli xalq maorifini isloh qilish ekanligini, bilim olish va ularni hayotga tadbiq etish zarurligini ko’rsatib berdilar.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin