Yangi mavzuni mustahkamlash.O`tilgan mavzu mustahkamlanadi 0‗ylab ko‗ring-chi, «Kimning farzandisiz? Tarbiya bergan ota- onangizga rahmat», «Qaysi maktabda o'qiysiz, sizga qoyilmiz, ustozingiz yaxshi ekan» degan e‘tirofni eshitgan vaqtingizda sizni qanday tuyg‗u qamrab oladi?
Hikoya yuzasidan qilgan xulosangizni berilgan hikmat bilan bog‗lab ko‗ring.
Matn asosida tushirib qoldirilgan so'zlarni toping va o'rniga qo'ying: «...danboshqa...yo„qvabo„lmagay Kattalar bilan quyidagi maqollarni muhokama qiling. Kitob o'qish inson hayotiga mazmun olib kiradi. Muvaffaqiyat kitob O‗qigan insonga nasib qiladi.
Bilim insonlar hayotini osonlashtiradi.
«Men Ahmad al-Farg‗oniy kabi buyuk olim bo'lishim uchun...» degan fikrni davom ettirib, 12-14 ta gap- dan iborat hikoya tuzing.
O`quvchilarnirag`batlantirish.Darsniyakunlash.
O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadi. Rag`bat kartochkalari orqali baholanadi. Guruhlar ham umumiy rag`batlantirilib boriladi.
Uygavazifa Uyga mazifa bugungi mavzuni o`qib kelish, qayta hikoyalashga tayyorlanish, xulasa chiqarish.
4-mavzu: Tarbiyada milliy g’oya asoslari bo’yicha trening
Mazkur mavzuni o‘zlashtirishda trening mashg‘ulot shakliga asoslaniladi. Trening-bu talabalarning guruhga bo‘linib mavzu bo‘yicha bahs-munozara o‘tkazishidir. Shu sababli ushbu mavzuni o‘zlashtirish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
- talabalar 3 guruhga bo‘linadi;
- 1 guruh talabalariga milliy g‘oyaning Insonparvarlik tamoyili sifatlarini yozish topshirig‘i beriladi;
- 2 guruh talabalariga milliy g‘oyaning Ezgulik tamoyili asoslarini yozish topshirig‘i beriladi;
- 3 guruh talabalariga milliy g‘oyaning Bunyodkorlik tamoyili omillarini yozish topshirig‘i beriladi.
Topshiriqni bajarish uchun 15 minut vaqt beriladi. Shundan so‘ng har bir guruh bajarilgan topshiriq bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi. Taqdimot jarayonida bajarilgan topshiriqdar bo‘yicha savol-javoblar o‘tkaziladi.
Trening jarayoni o`qituvchi tomonidan kuzatib boriladi va baholaydi:
guruhning birgalikda ishlaganligiga e‘tibor qaratiladi.
Trening mashg‘uloti guruhning ijodiy yondashuviga va mavzu bo‘yicha berilgan topshiriqni mustaqil bajarishiga asoslanadi. Shu sababli mazkur mavzuni o‘zlashtirishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
O‘zbekistonning yangi milliy g‘oyasi tamoyillarini o‘zlashtirish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy g‘oya asosida tarbiyalanganlik darajasini baholashni bilish.
Trening jarayonida guruhlardagi talabalarning faolligi va mavzuni o‘zlashtirganligiga qarab kredit beriladi.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha 3 guruhga bo‘linib, trening o‘tkazing. Bunda ta‘limning onlayn shaklidan ham foydalanish mumkin.